Buning uchun uni grafika va multimedia, animatsiya kabi elementlar bilan
boyitish maqsadga muvofiq. ED ning muqovasida darslikning nomi, yuqori
tashkilot haqida ma’lumot (masalan, vazirlik), mualliflik huquqi, yaratilgan vaqti,
ED ni yaratgan tashkilotning nomi, mualliflari haqida qisqacha ma’lumot. Bu
ma’lumotlarni ma’lum bir qismi (mualliflar haqida ma’lumot, ED ni yaratgan
tashkilot, mualliflik huquqi) kabilar maxsus tugmalar yordamida amalga oshiriladi.
Zamonaviy elektron qo‘llanmalardan biri bo‘lgan elektron darslik
multimediali mahsulot bo‘lib, mustaqil ta’lim va mustaqil ishlarni bajarishda
o‘qitishni samarali tashkil etish va tinglovchilarning ijodiy fikrlash doirasini
kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Bunday darsliklardan uzluksiz o‘qitish
tartibida foydalanish tinglovchilar bilimi sifatini oshirishga yordam beradi. Biror-
bir fan bo‘yicha elektron qo‘llanma yaratilyotganda kursning ajratilgan qismi
amaliy (mashqlar) va nazorat (test savollari) mashg‘uloti, kursning katta bo‘limi
esa testli mashg‘ulot va sinov bilan tugashi lozim.
Dostları ilə paylaş: