Logopedik massajni o’tkazish bo’yicha ko’rsatmalar



Yüklə 7,43 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü7,43 Kb.
#210854
Logopedik massajni o’tkazish bo’yicha ko’rsatmalar

Logopedik massajni o’tkazish bo’yicha ko’rsatmalar

Abduganiyeva Komila

LogoPedik massaj

Logopedik massaj - texnik taʼsirlarning faol metodi, muskullar

axvolini oʻzgartirib, asab qon tomirlari va nutq apparati pereferik

tolalariga taʼsir koʻrsatadi. Logopedik massaj logopedik texnikalaridan

biri boʻlib, nutq talaffuz tomoni, yuzning emotsional (xissiy) tuzilishiga

taʼsir etadi.

Massajga qarshi ko’rsatmalar:

Massajga qarshi ko’rsatmalar:

-somatik kasalliklar

-infeksion kasalliklar

-teri kasalliklari

-og’iz bo’shlig’idagi yuqumli kasalliklar(stomatit)

-limfa bezlaridagi shishlar

Massaj kursini qabul qilishdan oldin nevropatolog va pediatr xulosalari kerak.

Massaj kursini qabul qilishdan oldin nevropatolog va pediatr xulosalari kerak.

Logopedik massaj toza, issiq va yaxshi takomillashgan xonada yoki binoda oʻtkaziladi.

Logopedik massaj toza, issiq va yaxshi takomillashgan xonada yoki binoda oʻtkaziladi.

Muolaja xaftada 2-marta kunora olib boriladi.

Boshlangʻich davrda muolaja 5-7 minut, tugash davrida 20-25 daqiqa davom etadi.

-Massajni boshlashdan oldin logoped ota-onalarga massajning zarurligini va saraliligini tushintirish kerak.

-Massajni boshlashdan oldin logoped ota-onalarga massajning zarurligini va saraliligini tushintirish kerak.

- Massaj davomida bola ogʻriqni sezmasligi kerak. Shuni inobatga olish kerakki til va ogʻiz

boʻshligʻini massaj qilinganda bolalarda yoqimsiz sezgi kuzatiladi.

-Agar bola tormozlangan yoki mashgʻulotga nisbatan salbiy munosabatda boʻlsa, massajning boshlangʻich davri qisqa va til uchi, lablar, yuqori va pastki jagʻlarni silash bilan chegaralangan boʻlishi kerak. Jaroxatlangan

joylardan boshlash tavsiya etilmaydi. Jaroxatlangan joyga asta-sekinlik

bilan yondashish kerak. Amaliyotdan maʼlumki muolajadan yoqimsiz sezgilar bolalarda tez yoʻqolib boradi.

Massajga tayyorlanishga doir uslubiy ko’rsatmalar

Massajni oʻtkazish uchun logoped quyidagi materiallarga ega boʻlishi

kerak:

1. Tibbiy spirt (shpatel va zontlarni dizinfeksiya qilish uchun)

2. Sterillangan salfetkalar 30x30 sm (artikulyatsion apparat

muskullari tonusi xolatini tekshirish uchun);

3. Massajdan soʻng ogʻiz boʻshligʻi muskullarini bola aralashmada

chayish

4. Sterillangan tibbiy rezinali qoʻlqoplar (ogʻiz boʻshli0ini massaj

qilishda ishlatiladi);

5. Nashatir spirti va 3 % li pereks vodorodi (tez yordam koʻrsatish

lozim boʻlganda ishlatiladi);

6. Himoya maskasi(infeksiyalarni yuqtirmaslik maqsadida taqiladi):

Bolaning terisi massaj paytida toza boʻlishi kerak. Logopedning

qoʻllari toza, tirnoqlari olingan boʻlishi va massajdan oldin krem bilan

barmoqlar yumshatiladi.

Massaj vaqtida gavda holati

Massajni boshlashdan oldin bolaning gavdasi toʻgʻri holatda boʻlishi,

muskullarning boʻshashiga, erkin nafas olishiga yordam beradi.

Logopedik massaj davomida quyidagi xolatlarda boʻlishi maqsadga

muvofiqdir:

1. Bola teks joyda toʻgʻri yotadi, qoʻllari gavda boʻylab choʻzilgan,

oyoqlari egilgan. Boshi tagida katta katta boʻlmagan tekkis

yostiq. Logoped bolaning bosh tomonida turadi.

2. Bolaning boshiga baland yostiq qoʻyilgan holda yarim yotgan

holat. Logoped bolaning bosh tomonida turadi.

Faollashtiruvchi massajni olib borish qoidalariga metodik koʻrsatmalar

1. Mushaklar tonusi pasaygan xollarda ishlatiladi.

2. Logoped xarakatlari faol va bir maromda boʻlishi kerak.

3. Asosiy usul: silashni uqalash, ezish, kuchli vibratsiya qilish bilan

almashinib turish.

4. Massaj qilinayotgan mushaklarga taʼsir etish kuchi asta-sekin

koʻpaytiriladi

5. Boʻyin mushaklariga qattiq taʼsir etilmaydi.

6. Massaj ogʻriq xissini yuzaga keltirmasligi kerak.

6. Massaj ogʻriq xissini yuzaga keltirmasligi kerak.

7. Tugʻri massajda bolaning nafasi bir maromda boʻladi.

8. Massaj ketma-ketligi.

- Mimika usullari

- Lab va til mushaklari

- Boʻyin va yelka mushaklari

Faollashtiruvchi massaj xarakatlari pastdan yuqoriga qarab amalga

oshiriladi.

Silash va ishqalash usullari qoʻllaniladi. Bu sohani urish va

titiratish taqiqlanadi.

Nuqtali massajni oʻtkazishda metodik koʻrsatmalar

1.Dastlabki paytda 3-4 nuqtadan koʻp boʻlmagan nuqta massaj qilinadi, asta-sekin ularni soni ortadi.

2.Bir seans paytida umumiy va lokal taʼsiriga ega boʻlgan nuqtalarni massaj qilish tavsiya qilinadi.

3.Simmetrik juft nuqtalarni birgalikda bir vaqtning oʻzida uqalash.

4.Nuqtali massajni mumtoz massaj bilan uygʻunlashtirish mumkin.

5.Qoida boʻyicha massaj logopedik mashgʻulot bilan bogʻlab olib

boriladi.

6.Nuqtali massajni toʻliq kursini oʻtkazish taklif qilinadi: birinchi

va ikkinchi kursi orasidagi toʻxtalish 3 oyni tashkil qilish mumkin.

Massaj kurslari har 3-6 oyda qaytariladi. Massajni kun ora

Massaj kurslari har 3-6 oyda qaytariladi. Massajni kun ora

oʻtkazilgani maʼqul. Massaj seanslari orasidagi oraliq 3 kundan

oshmasligi kerak

7.Agar massaj mushaklar boʻshashtirilishiga qaratilgan boʻlsa, nuqtali

massajni relaksatsiya fonida oʻtkazish foydalidir. Buning uchun maxsus

tanlangan musiqadan foydalaniladi. Bunday massajni autogen

trenirovkalar chogʻida oʻtkazish mumkin.


Yüklə 7,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin