Лойиха (Намуна)


SEMINAR MASHG’ULOTLARI MAZMUNI VA



Yüklə 273,45 Kb.
səhifə5/10
tarix17.10.2023
ölçüsü273,45 Kb.
#156831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
UBS Iqtisodiyot nazariyasi ishchi dastur Iqtisodiyot yo\'nalishi (3)

SEMINAR MASHG’ULOTLARI MAZMUNI VA
UNGA AJRATILGAN SOATLAR



Mavzular

Qisqacha mazmuni

Soati

1-SEMESTR

1

“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti va bilish usullari

Iqtisodiyot tushunchasi va turlari. Iqtisodiy faoliyatning mazmuni. Takror ishlab chiqarishning mazmuni va fazalari: ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste’mol. Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi. Ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni. Iqtisodiy resurslarning mazmuni va turkumlanishi. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o’rtasidagi bog’liqlik. Iqtisodiyot oldidagi muammolar.
Iqtisodiyotga oid bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti. Iqtisodiy hodisa va jarayonlar. Moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlar.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifalari. Iqtisodiyot nazariyasining boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar. Iqtisodiy qonunlarning turkumlanishi.

1

22

Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari

Ishlab chiqarish omillari va ularning turkumlanishiga turlicha yondashuvlar. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va uning iqtisodiy asoslari. Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi. Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni. Qisqa va uzoq davrdagi ishlab chiqarish.
Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari. Yalpi ijtimoiy mahsulot.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari tushunchasi. To’la bandlik. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i. Ishlab chiqarish samaradorligi. Iqtisodiy resurslarni tejash qonuni. Mehnat unumdorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar. Samaradorlikni belgilovchi ko’rsatkichlar tizimi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish omillari

1

3

Iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari

Ijtimoiy-iqtisodiyot taraqqiyot bosqichlarini bilishga turli xil yondashuvlar: tarixiy-formatsion, madaniylashish (tsivilizatsiya) darajasi, texnika va texnologik darajasi, iqtisodiy tizimlar o’zgarishi jihatidan yondashuv. Jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari. Ishlab chiqarish munosabatlari. Ishlab chiqarish usuli. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya.
Iqtisodiy tizim tushunchasi. Iqtisodiy tizim modellari: an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy-buyrukbozlik iqtisodiyoti, bozor iqtisodiyoti. Bozor iqtisodiyotining bosqichlari: erkin raqobatga asoslangan va hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni. Mulk ob’ekti va sub’ekti. Mulkchilikning iqtisodiy va huquqiy jihatlari. Mulk shakllarining tasniflanishi. Davlat mulki, jamoa mulki, shaxsiy mulk, xususiy mulk va aralash mulk.
Iqtisodiyotni isloh qilishda mulkchilikning o’rni. Mulkchilik shakllarini o’zgartirish usullari: milliylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish. Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari.
Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari. O’zbekiston Respublikasida mulkchilikni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari.

2

4

Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir

Ijtimoiy xo’jalik shakllari. Natural va tovar ishlab chiqarishning belgilari va farqlari. Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanishi sabablari. Turli iqtisodiy maktab vakillarining natural va tovar ishlab chiqarish to’g’risidagi nazariyalari.
Tovar va uning xususiyatlari. Tovarning nafliligi va ayirboshlanish qobiliyati (qiymati). Tovar qiymatining miqdori. Individual va ijtimoiy zaruriy naflilik. Qiymatning mehnat nazariyasi. Qiymat qonuni. Tovar qiymati va narxining o’zaro farqlanish shart-sharoitlari. Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi. Umumiy va aniq naflilik. Naflilikning pasayib borishi.
Pulning kelib chiqishi va mazmuni. Pulning ratsionalistik va evolyutsion kontseptsiyalari. Qiymat shakllari. Pul to’g’risidagi metallistik, nominalistik va miqdoriy nazariyalar. Pulning asosiy vazifalari: qiymat o’lchovi, muomala vositasi, jamg’arish vositasi, to’lov vositasi. Narxlar o’lchovi (masshtabi). Hozirgi zamon pulining tabiati va mazmuni. Oltin va qog’oz pullarning o’zaro bog’liqligi. Naqd va kredit pullarning xususiyatlari.
O’zbekistonda milliy valyuta — so’mning muomalaga kiritilishi bosqichlari va ularning ahamiyati. Milliy valyuta barkarorligini oshirish vazifalarini hal etish borasidagi dasturlar.

2

5

Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi

Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning rivojlanishi. Bozor iqtisodiyotining sub’ektlari. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari. Bozor tizimining o’z-o’zini tartibga soluvchi mexanizmi. Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti, ularning umumiy tomonlari va farqlari.
Bozor iqtisodiyotining afzalliklari. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Iqtisodiy sub’ektlar harakatining ta’minlanishi. Bozor iqtisodiyotining boshqa ijobiy jihatlari. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari va salbiy jihatlari.
Bozorning mazmuni va asosiy belgilari. Bozor mexanizmi. Bozorning ob’ektlari va sub’ektlari. Bozorning vazifalari. Bozorning turkumlanishi. Bozor infratuzilmasi.

1

6

Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning O’zbekistondagi xususiyatlari

Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish -barcha mamlakatlarga xos umumiy jarayon. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari.
O’tish davri iqtisodiyotining asosiy belgilari. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning milliy modellari. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichlari.
Iqtisodiy islohotlarning mazmuni. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish kontseptsiyasi va strategiyasi hamda asosiy yo’nalishlari. Iqtisodiy islohotlarning bosqichlari va ularning vazifalari.

1

7

Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati

Talab tushunchasi. Individual talab va bozor talabi. Talab qonuni. Talab egri chizigi. Talab miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Engel qonuni. Engel egri chizig’i.
Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklif egri chizig’i. Taklif miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi omillar. Talab va taklif miqdorlarining mos kelishi. Qisqa va uzoq davrlarda talabning o’zgarishi. Bozor muvozanati.
Iste’molchi xatti-harakati nazariyasi. Iste’molchining afzal ko’rishi. Naflilik funktsiyasi. So’nggi qo’shilgan naflilik. Befarqlik egri chizig’i. Byudjet chizig’i. Narx va daromadlar o’zgarishining iste’molchi tanloviga ta’siri.

2

8

Raqobat va monopoliya

Raqobat vujudga kelishi to’g’risidagi turli nazariyalari. Raqobatning mohiyati va ob’ektiv asoslari. Raqobat mazmuniga turli tomondan yondashuv. Raqobatning vazifalari. Raqobatning turlari: tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobat. Raqobat shakllari. Raqobatlashish usullari.
Monopoliyaning mohiyati va uning vujudga kelishi sabablari. Monopoliyalarning turlari.
O’zbekistonda raqobat muhitini shakllantirish borasidagi chora-tadbirlar. Mamlakatimizda raqobat muhitini kuchaytirishning zarurligi va yo’nalishlari. Monopoliyaga qarshi qonunchilikning shakllanishi.

1

9

Narxning mohiyati va shakllanish xususiyatlari

Narxning mazmuni va uning ob’ektiv asoslari. Narxning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning vazifalari.
Narx turlari: ulgurji va chakana narxlar. Nufuzli, demping va dotatsiyalangan narxlar. Shartnomaviy, erkin va tartibga solinuvchi narxlar. Hududiy, milliy va jahon bozori narxlari. Narx diapazoni. Narx pariteti.
Narx tashkil topishining bozor mexanizmi. Mukammal raqobat sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari.
Narx siyosati va uning O’zbekistonda amalga oshirilish xususiyatlari. Narxlarni erkinlashtirish yo’llari va bosqichlari.

1

2-SEMESTR

10

Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi. Korxona (firma) xarajatlari va foydasi

Tadbirkorlik faoliyati nazariyasining rivojlanish bosqichlari. Tadbirkorlik faoliyatining mazmuni va rivojlanish shart-sharoitlari.
Tadbirkorlik faoliyatining shakllari: davlat, jamoa, xususiy, aralash va boshqa shakllari.
O’zbekistonda kichik va oilaviy biznes hamda xususiy tadbirkorlikning yanada erkinlashtirilishi, rag’batlantirilishi va davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi.
Tadbirkorlik kapitalining mohiyati. Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyatning namoyon bo’lishi.
Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital, ularning farqli belgilari.
Asosiy va aylanma kapitaldan foydalanish samaradorligi va uning ko’rsatkichlari. Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligini oshirish yo’llari.
Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari. Korxona ishlab chiqarish xarajatlari. Ishlab chiqarish xarajatlarining mazmuni, tarkibi va turlari.
Qisqa va uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish xarajatlari. Korxona (firma) ning pul tushumlari va foydasi. Xarajatlar va daromadlar egri chizig’i. Zarar ko’rmaslik nuqtasi.

2

11

Ish haqi va mehnat munosabatlari

Ish haqi to’g’risida turlicha nazariyalar. Ish haqining iqtisodiy mazmuni. Nominal va real ish haqi. Real ish haqining darajasi va o’zgarishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar.
Mehnat munosabatlari. Mehnat shartnomalari. Kasaba uyushmalarining tadbirkorlar va davlat bilan o’zaro munosabatlari.
Davlatning ish haqi siyosati. Respublikada mehnatni rag’batlantirish, ish haqini ko’paytirish va aholi daromadlari o’sishini ta’minlashga qaratilgan siyosatni amalga oshirilishi.

1

12

Agrar munosabatlar va agrobiznes

Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari. Yerning resurs sifatidagi o’ziga xos xususiyatlari. Yerning tabiiy va iqtisodiy unumdorligi. Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlari. Yer - mulkchilik va xo’jalik yuritish ob’ekti. Yerga egalik va yerdan foydalanish huquqi.
Er rentasi mazmuniga bo’lgan turli xil yondashuvlar va yer rentasining tarixiy shakllari. Yer rentasining mazmuni va turlari: differentsial renta, absolyut renta, monopol renta, undirma sanoat va qurilish uchastkalaridan olinadigan renta. Ijara haqi. Yerning narxi va uni belgilovchi omillar.
Agrosanoat integratsiyasi. Agrobiznes va uning turlari. Dehqon va fermer xo’jaliklari. Agrofirma, agrosanoat kombinati.
O’zbekistonda agrar islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari. O’zbekistonda yerga mulkchilik munosabatlari.

1

13

Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki mahsulot va uning harakat shakllari
Yalpi talab va yalpi taklif

Milliy iqtisodiyotning mazmuni va uning tuzilishi. Makroiqtisodiyot. Makroiqtisodiy tahlil va uning vazifalari. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish. Milliy mahsulotning iqtisodiy mazmuni va uning harakat shakllari. Yalpi milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulot.
Milliy hisoblar tizimi.
Yalpi talab tushunchasi va uning tarkibi. Yalpi talab egri chizig’i. Yalpi talab miqdoriga ta’sir etuvchi omillar
Yalpi taklif tushunchasi va uning tarkibi. Yalpi taklif egri chizig’i. Yalpi taklif egri chizig’idagi yotiq, oraliq va tik kesmalar. Yalpi taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar.
Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi. AD-AS modeli.

2

14

Iste’mol, jamg’arma va investitsiyalar

Iste’molning mazmuni va uning turlari. Iste’mol fondi va iste’mol sarflari. Jamg’arma va uning maqsadi. Jamg’arishning mazmuni va uning manbalari. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamg’arish. Jamg’arish normasi.
Investitsiyalarning mazmuni va vazifalari. Investitsiyalarning manbalari va tuzilishi. Investitsiyalarga sarflar darajasini belgilovchi omillar. Yalpi va sof investitsiyalar.
Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi nisbat.

1

15

Iqtisodiy o’sish va milliy boylik

Iqtisodiy o’sish nazariyalari, kontseptsiya va modellari. Iqtisodiy o’sishning keynscha va neokeynscha modellari. Kobb-Duglas modelining mazmuni.
Iqtisodiy o’sishning mazmuni, mezonlari va ko’rsatkichlari. Iqtisodiy o’sish sur’ati.
Iqtisodiy o’sishning omillari.
Milliy boylik va uning tarkibiy qismlari. Moddiy-buyumlashgan, nomoddiy (intellektual) va tabiiy boylik.
Mamlakatiing iqtisodiy salohiyati.

1

3-SEMESTR

16

Milliy iqtisodiyotning muvozanatli va mutanosibli rivojlanishi
Iqtisodiyotning tsiklligi va makroiqtisodiy beqarorlik

Iqtisodiy muvozanat tushunchasi. Umumiqtisodiy va xususiy muvozanatlik.
Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari. Mutanosibliklarning tasniflanishi.
O’zbekistonda iqtisodiyotning tarkibiy o’zgartirish, diversifikatsiyalash modernizatsiyalash asosida mutanosibli rivojlantirilishi.
Iqtisodiy rivojlanishdagi nomutanosibliklar va ularning namoyon bo’lish shakllari. Iqtisodiyotning tsiklli rivojlanishi. Iqtisodiy tsikl fazalari.
Iqtisodiy inqirozning mazmuni, sabablari va turlari. Pul-kredit sohasidagi inqiroz, valyuta inqirozi, birja inqirozi, ekologik inqiroz, tarmoqlar inqirozi, tarkibiy inqiroz, agrar inqiroz.

2

17

Ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik



Ishchi kuchining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni. Ishchi kuchining takror ishlab chiqarilishi. Ishchi kuchining miqdor va sifat jihatdan aniqlanishi. Aholining tabiiy o’sishi. Ishchi kuchi migratsiyasi va uning shakllari.
Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchiga talab va taklif hamda uni aniqlovchi omillar. Ishchi kuchining nafliligi va qiymati. Ishchi kuchi bozorining ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari.
Ishsizlik va uning turlari. Friktsion, tarkibiy va tsiklik ishsizlik. Institutsional, texnologik, hududiy, yashirin, turg’un ishsizlik. Ishsizlikning tabiiy darajasi. Ishsizlik darajasi va uni aniqlash. Ishsizlikning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari. A.Ouken qonuni. Ishsizlik va inflyatsiyaning o’zaro bog’liqligi.

1

18

Moliya tizimi va moliyaviy siyosat

Moliyaning mazmuni va ahamiyati. Moliyaviy munosabatlarning ob’ektlari va sub’ektlari. Moliyaning vazifalari. Moliya tizimi va uning bo’g’inlari. O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining tuzilishi.
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari tarkibi hamda ularning egri chizig’i. Byudjet taqchilligi va davlat qarzlari, ularning iqtisodiyotga ta’siri.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliqlar va uning vazifalari. Soliq solish tamoyillari. Soliq imtiyozlari. Soliqlarning turkumlanishi. Laffer egri chizig’i. Soliq yuki va uning darajasini aniqlash.

1

19

Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli



Pul muomalasi. Pul tizimi va uning tarkibiy qismlari. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlash va unga ta’sir etuvchi omillar. Pul muomalasi qonunlari. Pulning aylanish tezligi. Pul bozorida talab va taklif. Pul taklifi va uning mul’tiplikatori.
Inflyatsiya va uning kelib chiqish sabablari. Inflyatsiya darajasi va sur’ati. Talab va taklif inflyatsiyasi. Inflyatsiya turlari: o’rmalab boruvchi, jadal va giperinflyatsiya. Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. Davlatning inflyatsiyaga qarshi siyosati.
Kreditning mohiyati, vazifalari va turlari. Kredit munosabatlarining ob’ektlari va sub’ektlari. Kredit resurslarining manbalari..
Banklarning iqtisodiy mazmuni. Bank tizimi. Markaziy bank va uning vazifalari. Tijorat banklari va ularning vazifalari. Bank operatsiyalari va bank foydasining hosil bo’lishi. Bank tizimining takomillashtirilishi.

1

20

Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning roli

Iqtisodiyotni tartibga solishning mohiyati va zarurligi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi. Davlatning iqtisodiy o’rni va vazifalari.
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi bevosita va bilvosita usullari. Pul-kredit siyosati. Monetar siyosat. Byudjet siyosati. Davlat iqtisodiy dasturlari. Tashqi iqtisodiy usullari.

1

21

Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati

Aholi daromadlari, ularning turlari va shakllanish manbalari. Nominal va real daromad. Daromadlarning tabaqalanish sabablari va omillari. Turmush darajasi va sifati. Turmush darajasi va qashshoqlikning ko’rsatkichlari. Iste’molchi savatchasi.
Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash. Lorents egri chizig’i. Ditsel va Jini koeffitsientlari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi umumiy omillar.
Daromadlarni davlat tomonidan qayta taqsimlash g’oyasi, maqsadi va dastaklari. Ijtimoiy to’lovlar. Ijtimoiy siyosat. O’zbekiston bozor iqtisodiyoti sharoitida aholini ijtimoiy himoyalashning asosiy yo’nalishlari.

1

22

Jahon xo’jaligi va uning evolyutsiyasi

Jahon xo’jaligining tashkil topishi, bosqichlari va asosiy belgilari. Jahon xo’jaligi sub’ektlari. Jahon mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari. Ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi. Xalqaro mehnat taqsimoti.
Globallashuv jarayonining mohiyati va asosiy yo’nalishlari. Jahon xo’jaligi globallashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari. Turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi. Boy va qashshoq mamlakatlar o’rtasidagi farqning kuchayishi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va shakllari. Kapitalning xalqaro harakati. Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi. Fan-texnika yutuqlarining xalqaro ayirboshlanishi. Jahon infratuzilmasining rivojlanishi.

1

23

Xalqaro iqtisodiy integratsiya va O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi
Jahon bozori. Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari

Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mazmuni. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini taqozo qiluvchi omillar. Jahondagi asosiy integratsion guruhlarning amal qilish xususiyatlari. Ochiq iqtisodiyot va uning o’ziga xos belgilari.
Davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishidagi shart-sharoitlar. Turli mintaqalardagi asosiy integratsion guruhlar. Yevropa Ittifoqi (YI), Erkin savdo to’g’risida Shimoliy Amerika bitimi (NAFTA), Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN), Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDX).
O’zbekistonning jahon iqtisodiyotiga qo’shilishining shart-sharoitlari. Respublikaning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvining global, transkontinental, mintaqalararo, mintaqaviy darajalari. O’zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy yo’nalishlari.
Xalqaro savdo to’g’risidagi turli xil nazariyalar. Mutlaq ustunlik va qiyosiy ustunlik nazariyalari. Xeksher-Olin-Samuel’son modeli. Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi. Ishchi kuchi malakasi modeli. Muqobil xarajatlar modeli. Tovarning hayotiy tsikli nazariyasi.
Xalqaro savdoning mazmuni. Eksport va import, ular o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi. Taqqoslama eksport ixtisoslashuvi koeffitsienti. Eksport kvotasi.
Xalqaro savdoning xususiyatlari. Protektsionizm va erkin savdo siyosatlari. Eksportni rag’batlantirish usullari. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari. Milliy va xalqaro valyuta tizimi. Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari: oltin standart, oltin-devizli va suzib yuruvchi valyuta tizimi. Valyuta kursi va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar. Xarid qilish layoqati pariteti nazariyasi.
Valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi. Xalqaro valyuta fondi. Yevropa valyuta tizimi. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki. Xalqaro moliyaviy korporatsiya. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti. Yevropa tiklanish va tarakqiyoti banki. Osiyo taraqqiyot banki.

2




Yüklə 273,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin