Лойиха (Намуна)


Kurs ishini tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar



Yüklə 273,45 Kb.
səhifə6/10
tarix17.10.2023
ölçüsü273,45 Kb.
#156831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
UBS Iqtisodiyot nazariyasi ishchi dastur Iqtisodiyot yo\'nalishi (3)

Kurs ishini tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
Kurs ishlarining namunaviy mavzulari mazkur dasturda ko`rsatilgan mavzular mazmuni asosida belgilanib, ularni bajarish bo`yicha uslubiy maslahatlar va adabiyotlar ro`yxatini o`z ichiga olgan mustaqil uslubiy qo`llanma sifatida tayyorlanadi. Kurs ishini bajarishda tanlangan mavzuning dolzarbligi, unda yoritiladigan masalalarning davr talabiga mosligiga e`tibor qaratish, kurs ishini bajarish va rasmiylashtirish bo`yicha qo`yilgan talablarga amal qilish, unda yangi qonun va hukumat qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, iqtisodiyotda erishilayotgan yutuqlarni aks ettiruvchi statistik va boshqa ma`lumotlardan keng foydalanish lozim. Kurs ishi mavzulari sonini har bir talaba uchun 4-5 ta miqdorda tayyorlash tavsiya etilib, muayyan sharoitlarni hisobga olgan holda ularning tarkibiga o`zgartirishlar kiritilishi mumkin. Kurs ishi tarkibi kirish, 4 yoki 5 ta savol, xulosa va takliflar hamda ilovalardan iborat bo`lib, umumiy hajmi 20-25 bet bo`lishi tavsiya etiladi. Kurs ishining kengaytirilgan mavzulari ro`yxati va ularni bajarish bo`yicha uslubiy qo`llanmalar alohida ishlab chiqilishi tavsiya etiladi.
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta’limning turli shakllari mavjud bo’lib, unda talaba o’qituvchi rahbarligida fan bo’yicha yangi bilimlarni, o’quv va ko’nikmalarni o’zlashtirish, ijodiy faoliyatni amalga oshira oladi.
Ushbu shakllarga quyidagilar tegishlidir:
– tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;
– maxsus adabiyotlar bo’yicha fan bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
– talabalarning o’quv-ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fan bo’limlari va mavzularini chuqur o’rganish;
– masofaviy ta’lim;
– faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalanilgan o’quv mashg’ulotlari, o’quv qo’llanmalari yordamida fan mavzularini o’rganish.


Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi






Yüklə 273,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin