Лойиха (Намуна)


II. O’QUV FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 273,45 Kb.
səhifə3/10
tarix17.10.2023
ölçüsü273,45 Kb.
#156831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
UBS Iqtisodiyot nazariyasi ishchi dastur Iqtisodiyot yo\'nalishi (3)

II. O’QUV FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Fanni o`qitishdan maqsad – talabalarga jahon miqyosida to’plangan va bir tizimga keltirilgan iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari, kategoriyalari, qonunlarini, tamoyillarini, ularning amal qilish xususiyatlari va mexanizmlarini hamda ularni amalda tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni taraqqiyotning turli bosqichlarida va turli mamlakatlarda tarkib topib shakllangan nazariy bilimlar, iqtisodiy mushohada qilish usullari bilan qurollantirish; iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo’lgan uslubiy yondashuvlarni egallashiga ko’maklashish; ular ongiga iqtisodiy taraqqiyotda erishilgan yutuqlar asosida milliy mafkuraning asosiy qoidalarini singdirish; iqtisodiyotni modernizatsiyalash, erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish asosida hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning dolzarb muammolarini ochib berish; iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar to’g’risidagi amaliy ko’nikmalarni hosil qilish vazifalarini bajaradi.


Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, malaka va ko’nikmalarshga qo’yiladigan talablar:
Talaba:
- ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari, bosqichlari, o’zgarish sabablari va oqibatlari; hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining xususiyatlari; iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;
- iqtisodiyot nazariyasi asoslarini; milliy iqtisodiyotning amal qilishi va rivojlanishi qonuniyatlarini; makroiqtisodiy darajadagi vaziyatlarni; iqtisodiy jarayonlarning amal qilish xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- talaba iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usullarini bilgan holda samarali qo`llash; iqtisodiy qonunlarni, ilmiy tushunchalarning (kategoriyalarni) amal qilish xususiyatlarini, mexanizmlarini bilgan holda iqtisodiy muammolar bo`yicha echimlar qabul qilish ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak.

Yüklə 273,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin