Lot virus zahar faqatgina tirik hujayralarda



Yüklə 58,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix17.04.2022
ölçüsü58,5 Kb.
#55602
  1   2
Viruslar - Vikipediya



Viruslar

Viruslar (lot. virus — zahar) — faqatgina tirik 

hujayralarda

 koʻpayib, oʻsimlik, hayvon va odamda

yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchi 

mikroorganizmlar

. Oʻtmishda "V." termini har xil kasallik

qoʻzgʻatuvchilarga, ayniqsa nomaʼlum agentlarga nisbatan qoʻllanilgan. Fransuz olimi L. Paster

bir qancha kasalliklarning kelib chiqishida bakteriyalarning rolini isbotlab berganidan soʻng V.

tushunchasi "mikrob" soʻzining sinonimi sifatida qoʻllanila boshlandi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi bu

ikki guruh agentlari, yaʼni bakteriyalar bilan V. oʻrtasidagi muhim farq rus olimi D. I. Ivanovskiy

(1892) va keyinchalik boshqalar tamaki mozaikasi hamda juft tuyoqli hayvonlarning oqsil kasali

qoʻzgʻatuvchilari bakterial suzgʻich (filtr)dan oʻtishini isbotlagach, aniqlandi.

V. tabiatda keng tarqalgan, odam, hayvonlar va oʻsimliklarda har xil ogʻir kasalliklarni paydo

qiladi. Ular maxsus tarqatuvchi yoki mexanik yoʻl bilan tarqaladi. Koʻpchilik V. yillab tiriklik

xususiyatini yoʻqotmaydi, qulay sharoitga (tirik hujayraga) tushib qolishi bilan kasallik qoʻzgʻata

boshlaydi. Ayrim V. (mas., gripp V.) tashqi muhitda oʻz xususiyatini yoʻqotadi. V. qoʻzgʻatadigan

kasallikning paydo boʻlishiga koʻpincha faqat bitta virus zarrasi sabab boʻlishi mumkin. Mas.,

bitta poliomiyelit virusi zarrasi (molekulasi)dan bir necha soatda milliardlab V. vujudga keladi.

V.ning koʻpayishi sitoplazmadagi aminokislotalar bilan bogʻliq. Millionlab V. molekulalari yigʻindisi

mikroskop ostida kristallar yoki X-tanachalar shaklida koʻrinadi. Kasallik holatini qoʻzgʻatish

xususiyati, kasallik qoʻzgʻovchi boshqa agentlarga nisbatan juda kichikligi va odatdagi sunʼiy

ozuqali muhitda rivojlanmasligi V.ning oʻziga xos xususiyatidir. Faqat baʼzi bakteriofaglar bundan

mustasno, ularni lab. sharoitida koʻpaytirish mumkinligi isbotlangan. Lab.da oʻrganish imkoniyati

boʻlgan barcha V. har xil fizik usullar bilan birmuncha aniq "oʻlchangan". Ularning diametri 10—300

mkm. Tayoqcha, shar yoki ipsimon shaklda boʻladi. Oʻsimlik va hayvonlarda kasallik

qoʻzgʻatuvchi koʻpgina V. yumaloq shaklda. Bugʻdoy va beda mozaikasi V. tashqi koʻrinishi bilan

bakteriya tayoqchasi yoki oʻqqa oʻxshaydi. V. tuzilishini elektron mikroskop va rentgenda tadqiq

qilish orqali baʼzi nozik tarkibiy qismlari aniqlangan. Ularning hammasida ichki modda, asosan




nuklein kislotadan iborat boʻlib, u oqsil qobiq bilan oʻralgan. Bir necha tur V.ning kimyoviy tarkibi

oʻrganilgan, xolos. Vaksinalar V.ning tuzilishi ham, chamasi oddiy bakteriyalarniki kabi murakkab.

Uning tarkibida nukleoproteinlar, uglevodlar va lipoidlar bor. Nuklein kislotasi dezvksiriboza

shaklida, lipoidlar guruhi esa xolesterol, fosfolipid va neytral moy koʻrinishida uchraydi.

Fitopatogen V. tarkibida ribonuklein kislota (RNK), hayvon va odamlarda kasallik qoʻzgʻatuvchi

V.da esa 

RNK

 yoki 


DNK

 (dezoksiribonuklein kislota) bor. Baʼzi V. tozalangan preparatlar holida

olinib, ularning bir qismi toza haqiqiy kristallar (mas., tamaki nekrozining V.), boshqalari esa suyuq

kristallar (mas., tamaki mozaikasi V.) yoki shakleiz choʻkmalar hosil qiladi. V.ni ajratib olish va

tozalash uchun ultratsentrifugalanadi, turli xil fizikkimyoviy usullardan foydalaniladi.

V.ning tasnifi (klassifikatsiyasi) va ularni ifodalaydigan belgilar hali qabul qilinmagan. Ularga ham

xuddi hayvonlar va oʻsimliklarga beriladigan tur va turkum nomi beriladi, xalq ifodalari, har xil

qisqartmalardan foydalaniladi, kasallanuvchi organizmning turkum nomi bilan atalib, yoniga

raqam qoʻyiladi yoki V. morfologik, kimyoviy xossalari va reproduktiv xususiyatlariga binoan urug

va oilalarga birlashtiriladi. V. urugʻining lotincha nomiga virus soʻzi (mas., Enterovirus), oilasi

nomiga viridae soʻzi (mas., Poxviridae) qoʻshilib yoziladi.

V. organizmga har xil yoʻllar bilan kiradi, mas., V. oʻsimlik hujayralariga chetdan faqat ular

shikastlanganida kirishi mumkin. Gripp V. va b.da hujayra qobigʻini buzish xususiyatiga ega boʻlgan

fermentlari bor. V. organizmga kirgach, infeksiyanint latent yoki yashirin davri boshlanadi.

Koʻpgina V. hujayralarda toʻplanib, hujayra ichida oʻziga xos tarkibiy qismlar hosil qiladi (qarang

Virusli granullyoz). V. bilan zararlangan oʻsimliklar, odatda, butun hayoti davomida infeksiya

oʻchogʻi boʻlib qoladi. V. ekologik, biologikva b. omillar taʼsirida vujudga keladigan kuchli

oʻzgaruvchanlikka ega. V. tabiatda keng tarqalgan boʻlib, ular juda koʻp xoʻjayinga ega. Asosan,

soʻruvchi hasharotlar, kanalar va nematodalar bilan tarqaladi. Baʼzi V. urugʻlar orqali tarqaladi va

deyarli barcha V. kasal oʻsimlik jinssiz koʻpaytirilganda avlodga oʻtadi. V.ning patologik taʼsiri

xilma-xil boʻlib, asosan, ularning koʻpayishidan xoʻjayin organizmida yuz beradigan oqsil va

nuklein almashinuvining buzilishi bilan belgilanadi (qarang Virusli kasalliklar). V.ni 

virusologiya

 fani


oʻrganadi.

Virusologiya

Mikroorganizmlar

OʻzME


. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Yana q.


Adabiyotlar



Yüklə 58,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin