Loy Mavzu: “Asalari” Maqsad: Ta’limiy maqasad:Bolalarga asalari, uning tuzilishi, oziqlanishi va yashash sharoiti haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy maqsad: Asalarilarga ozor bermaslik, tegmaslik va mashg’ulot jarayonida do’stlariga halaqit bermasdan ozoda ishlashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: Ongi, xotirasi, diqqatini rivojlantirish. Nutqini o’stirish. Lug’atlarini yangi so’zlar bilan boyitish. Mayda qo’l muskullari motorikasini rivojlantirish.
Kerakli jihozlar:Mavzuga oid rasmlar, TV, ko’rgazmalar, plastelin, salfetka, kinder idishi, munchoqlar.
Mashg’ulotning borishi: Tashkiliy qism: Salomlashish ,bolalar diqqatlarini jalb qilish.
-Bolalar hozir o’lkamizda qaysi fasl?
-Tabiatda qanday o’zgarishlar ro’y beradi?.
-Bugun haftaning nechanchi kuni ,nomi nima?.
-Bugun ob-havo qanday?.
-Hozir kunning qaysi qismi?.
-Barakalla
Asosiy qism: Bolalar diqqatini ekranga qaratish.
-Bolajonlar bugun sizlar bilan asalarilar mavzusida suhbatlashib, ularni yasaymiz. Asalarilar gullar orasida yashaydi. Ular gul shirasi bilan oziqlanadi. Ranglariga ahamiyat berdingizmi? Sariq rangda va qora chiziqlardan iborat. Kelinglar endi birgalikda asalari shaklini yasaymiz.
1. Ko’rgazma va AKT dan foydalanib, asalari rasmini ko’rsatish.
2. Kinder idishiga munchoq solinadi.
3. Qora plastelindan foydalanib, aslari chizig’i yopishtiriladi.
4. Asalari ko’zlari avval oq, so’ng qora ranglarda dumaloq shakllarga keltirib yopishtiriladi.
5. Asalari qanotchalari oq rangdan foydalanib, shakli keltirilib yopishtiriladi.
6. Oxirida asalari shohchalari yopishtiriladi.
Jismoniy daqiqa: O’ng qo’limda besh barmoq, Chap qo’limda besh barmoq. Ikkalasi o’n barmoq, Bir umrga do’st inoq.
Yakuniy qism: Savol-javob o’tkazib, bolalar bilimlarini mustahkamlash.
Barcha bolalarni rag’batlantirish.