Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Farg’ona filiali
“Kompyuter injineringi”
Fakulteti
“C++ dasturlash 2”
fanidan
LOYIHA ISHI
Bajardi: 615-21 Abdujalilov Javlonbek
Tekshirdi:
MAVZU: Kasalxona mijozlar qabuli xisobini yuritish
KIRISH.
I. NAZARIY QISM
1.1 C++ dasturlash tilining tarixi.
1.2. C++ daasturlash tili va obyektga yo’naltirilgan dasturlash.
II. LOYIHA QISM.
2.1. C++ Builder dasturini o’rnatish.
III. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
ILOVA.
KIRISH
Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.
Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda "saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi" turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mexmonxona xisob-kitoblari tizimlari misol bo’ladi.
Yaratuvchi (ijodiy) axborot taxnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o'z ichiga oladigan tizimlardan iborat.
Axborot texnologiyalarining xozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha soxalarini axborotlashtirish zarurligini ko’rsatmoqda.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-taxnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatidafoydalanish tushuniladi.
Ma'lumki, axborot texnologiyalarining inson faoliyati hamma jabxalarga kirib borish jarayoni borgan sari rivojlanib, chuqurlashib bormoqda. Bu turli-tuman hisoblash texnikasidan foydalanuvchilar soni ham ko’payib bormoqdaki, bunda ikki qarama-qarshi tendentsiyani rivojlanishi kuzatilmoqda. Bir tomondan, axborot texnologiyalari borgan sari murakkablashmoqda va ularni qo’llash uchun, va ularni keyingi rivojlanishi uchun juda chuqur bilimlar talab qilinadi. Boshqa tomonda, foydalanuvchilarning kompyuterlar bilan muloqati soddalashmoqda. Kompyuterlar va axborot tizimlari borgan sari “do’stona” bo’lib bormoqda, va hatto ular informatika va hisoblash texnikasi sohasida mutahassis bo’lmagan odamlar uchun ham tushunarli bo’lib bormoqda. Bu narsa, eng avvalo foydalanuvchilar va ularning dasturlari, hisoblash texnikasi bilan maxsus (tizimli) dasturiy ta'minot – operatsion tizim orqali muloqat qilganliklari uchungina yuzaga keldi.
Axborotlashtirishni rivojlantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to’liqroq qondirish, jahon axborot resurslaridan barhamand bo’lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish aloqa va axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirishni asosiy vazifalari hisoblanadi. Axborotlar inqilobi chegara nimaligini bilmaydi. Yangi axborot texnologiyalari darhol butun er kurrasi bo’ylab tasvir, matn va nutqni etkazib berishga imkon beradi. Internet muassasalar keng ma’lumotlar bazalarini ommaviy kutubxonalar, maktablar, shahar hokimiyatlari bilan bog’lashga imkon beradi.
Jamiyatimizning turli sohalari rivojlanayotgan bugungi kunda axborotlarning davlatlararo, sohalararo va tashkilotlararo almashinuvi masalasi yangi-yangi texnika va texnologiyalar qo’llash zaruratini tug’dirmoqda. Respublikamiz mustaqilligi va uning jahon hamjamiyatidagi obro’yi ortib borayotganligi, axborotlarning nafaqat davlatimiz ichida, balki dunyodagi boshqa davlatlar bilan almashinuvi masalasini qo’ymoqda. Bu axborotlar respublikamizning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini yuksaltirishga qaratilgan. Hozirda zamaonaviy axborot texnologiyalaridan turli sohalarda foydalanishga katta e’tibor berilayotganligi, shuningdek, turli axborot resurslaridan foydalanish, ochiq tarmoq tizimlariga ulanish va undan foydalanish kundalik extiyojga aylanib bormoqda. Bunday tizimlarda ochiqlikning oshirilishi, o’z navbatida axborot almashinuvini boshqarish va nazorat qilish qilish uchun maxsus choralarni ko’rishni talab qiladi. Bu loyiha ishi dorixona sotuvlarining buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishda yordamchi dastur sifatida ishlab chiqildi.
NAZARIY QISM
Dostları ilə paylaş: |