2. Javadan qayerda foydalaniladi? “Sun” firmasi ma`lumotiga ko`ra, 3 mlrd atrofidagi qurilmalar Javani ishlatadi (eski ma`lumot, hozir undan ko`p).
Mana ulardan ba`zilari:
-Shaxsiy kompyuter dasturlari (Desktop Applications) – acrobat reader, media-pleyer, antiviruslar va h.k.
-Web-dasturlar
-Korxona-tashkilotlar dasturlari (Enterprise Applications) – bank yoki ishlab chiqarishga oid dasturlar
-Mobil dasturlar
-Smart kartalar
-Robotlar
-O`yinlar
-…..
3. Java (JavaScript tili bilan adashtirmang, bir-biriga o’xshash emas) dasturlari odatda bayt kodlarga (bytecode) kompilyatsiya qilinadi(class fayli tarzida) va bu har qanday Java platformasida ishlashini ta’minlaydi. Java platformasi apparat yoki dasturiy muhit bo`lishi mumkin. O`zbekstonda Javada bevosita ishlaydigan apparatlar kam uchraydi. Bizda JVM, ya`ni Java Virtual Machine keng tarqalgan.
4. Asosiy konsepsiyalari: Java quyidagi 5 maqsad uchun qurilgan, u shunday til bo’lishi kerakki:
Oddiy, obyektga mo’ljallangan, taqsimlangan va o’rganishga oson bo’lsin.
Mustahkam va xavsiz bo’lsin
Qaysidir qurilma platformasidan yoki uning arxitekturasidan mustaqil bo’lsin(ya’ni qaysidir platformaga tobe bo’lmasin).
Juda samarali bo’lsin.
Dasturlash tili uchun tarjimon(interpreter) yozish mumkin bo’lsin.
Shuningdek dasturlash tili parallel ishlashni va dinamik tiplashda foydalanishni ta’minlay olsin.
5. Dunyo bo’yicha dasturlash sohasidagi eng yetakchi hisoblangan stackoverflow.com saytini 2013-2015 yillardagi tekshiruvlariga(http://stackoverflow.com/research/developer-survey- 2015#tech-lang) ko’ra server-tomon(server side) dasturlash tillari ichida Java 1-o’rinni bermay kelmoqda. Undan tashqari o’sha saytning eng ko’p beriladigan savollar uchun foydalinadigan teglarida ham Java yetakchi o`rinlarda turibdi.
6. Javada qanaqa dasturlar yoziladi: asosan 4 tipdagi
1) Standalone applications – Linux, Mac yoki Windowsga o`rnatib, kundalik ishladatigan dasturlarimiz: mp3 pleyer, ofis, antivirus kabilar. Ular AWT, Swing yoki JavaFX texnologiyalari orqali tuziladi
2) Web Applications – tarmoq orqali ishlovchi ixtiyoriy dasturlar. Eslatma: web dasturlar ikki qismdan, server tomon hamda klient tomon (brauzer) dan iborat. Javada faqat server tomoni uchun yoziladi. Bunda servlet, jsp, jsf kabi fundamental texnologiyalardan boshlab Spring, Play kabi freymworklar qo`l keladi. Umuman olganda brauzer uchun HTML, CSS hamda Java Scriptdan boshqa tilda yozib bo`lmaydi.
3) Enterprise Applications – bu dasturlar yirik salmoqqa ega bo`lib, odatda katta jabhalarda ishlatiladi. Banklar, tashkilotlar yoki astronomiya ishlarida. Ular yuqori havfsizlik, yuklamani (nagruzka) serverlarga teng taqsimlash (load balancing) yoki klasterlash (clustering – katta tizimdan xuddi yagona obyekt sifatida foydalanish) kabi sifatlarni talab qiladi. Javada bular bor.
4) Mobile Applications – Mobil qurilmalarga mos dasturlarni ham Javada yozish mumkin. Androiddan boshlab, Java ME (JME – Java Micro Edition) gacha. JME ga misol qilib, Nokia telefonlarimiz uchun ishlangan JAR o`yinlarni misol keltirish mumkin.