Ushbu hujjatda bayon etilgan advokatlik etikasi qoidalari keyingi paragraflarda batafsil ko‘rib chiqiladi. § 2. Advokat va ishonch bildiruvchi Avdokat va ishonch bildiruvchi o‘rtasidagi to‘g‘ri o‘zaro munosabatlarning shakllanishi ko‘pgina mojaroli vaziyatlarning oldini olish ikonini beradi. Bu esa, advokat har doim va har narsada ishchan, mas'uliyatli bo‘lsagina, ishonch bildiruvchining qayg‘urishlari va ehtiyojlariga samimiy e'tibor bersagina mumkin bo‘ladi. faqat advokatga qonun va kasbiy etika kodeksida buyurilgan talablarga qat'iy rioya etish buning uchun yetarli emas. Ishonch bilidiruvchini uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun nimalar qilingani, qilingan ishlar natijasi bilan muntazam, yetarlicha tez-tez xabardor qilib borish kerak. Advokat ishonch bildiruvchida qanday masalalar yuzaga kelganligini, uni nima xavotirga solayotganligini aniqlashi, tegishli tushuntirish, masalahat va konsultatsiyalar berishi lozim. Advokat ishonch bildiruvchida biror-bir qo‘shimcha, aniqlik, hujjatlar va boshqa, advokatga muqaddam noma'lum bo‘lgan dilallar paydo bo‘lganligi haqidagi axborotni o‘z vaqtida olishi kerak. Bu samarali himoya tizimini yaratish imkonini beradi. Muayyan davriylikda tuziladigan, ish turi, ular haqi to‘langanligi va da'volar mavjud emasligi (mavjudligi) ko‘rsatilgan va ishonch bildiruvchi hamda advokat tomonidan imzolangan ishni topshirish-qabul qilish dalolatnomalari ham nizoli vaziyatlarning oldini oladi. Advokat ishonch bildiruvchidan hujjatlar nusxasini olib, asl nusxasni ishonch bildiruvchining o‘zida qoldirishi maqsadga muvofiq. Advokat ishonch bildiruvchiga u bilan tuzilayotgan kelishuvning har bir bandini, axborot almashinuvi tartibi va harakatlarni kelishib amalga oshirishni, ishonch bildiruvchining huquqlari va majburiyatlari, shuningdek uning g‘ayrihuquqiy harakatlar uchun jamvobgarligini tushuntirib berishi muhim. Advokatning o‘z aloqalariga havola qilishi yoki shama qilish, muammoni ishonch bildiruvchi foydasiga hal etishga va'da berishigi, tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Amaliyot ko‘rsatadiki, ikkala tomon uchun oldinda turgan harakatlar rejasini batafsil muhokama qilish va kelishib olish nihoyatda foydalidir. Bunda ishonch bildiruvchidan ushbu rejaning yozma tasig‘ini olish ortiqchalik qilmaydi. Advokat himoyasi ostidagi shaxs bilan te-tez shaxsiy uchrashib turish advokatga ishonch uyg‘otishini, o‘zaro moyillik tug‘dirishini bilishi lozim. Ishonch bildiruvchi advokat uning muammolari bilan chin dildan qiziqayotganligi va haqiqatan uning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasi maqsadlarida barcha kerakli ishlarni qilayotganiga amin bo‘lishi kerak.