Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Bundan tashqari, o‘zaro ishonch yuridik yordam ko‘rsatilishining to‘liqligi va yuqori sifatli bo‘lishini ta'minlashga yordam beradi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə54/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138
Адвакатлар дарслик

Bundan tashqari, o‘zaro ishonch yuridik yordam ko‘rsatilishining to‘liqligi va yuqori sifatli bo‘lishini ta'minlashga yordam beradi.
§ 3. Advokatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat
Advokatura o‘z missiyasini bajarish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun u yaxlit bo‘lmog‘i lozim. Ajoyib advokat D.P.Vatmanning quyidagi so‘zlari advokatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning umumiy mohiyatini yaqqol ochib beradi: “Hamkasbiga, uning shaxsiyatiga, mehnat va ijtimoiy obro‘siga hurmat, advokatura nomining va sha'nining qadri haqida qayg‘urishni o‘zining axloqiy majburiyati deb hisoblovchi har bir advokat uchun bosh qoida bo‘lishi kerak. Bu - advokatlik etikasining alifbosidir, zero a'zolari o‘zaro munosabatda o‘zaro hurmat, xushmuomalalilik va qat'iy boadablik ko‘rsatmaydigan, suddagi kurash jarayonida do‘stona birdamlik tuyg‘ularini unutib qo‘yadigan tashkilot boshqalardan hurmat kuta olmaydi”.42
Qoida ko‘rinishida bu axloqiy talab quyidagi ko‘rinishda ifodalanishi mumkin: advokatning boshqa avdokatlarga nisbatan xatti-harakati hurmat va ochiq ko‘ngillikka asoslanishi lozim.
Ba'zida advokatga oldin boshqa advokatga murojaat qilgan mijoz murojaat qilib qoladi. Axloqiy tasavvurlarga ko‘ra, bunday mijozdan topshiriq olayotgan advokat o‘z hamkasbi bilan bog‘lanishi lozim. Hamkasbini ehtimoliy murakkabliklar, bu yo mijozning individual xususiyatlari yoki ishning ko‘zga darhol tashlanmaydigan huquqiy jihatlari bo‘lsin, - bu advokatning ma'naviy, axloqiy majburiyatidir.
Hyech qanday holatda, hatto mijoz talab qilsa ham, topshiriqni boshqa advokatga bergan advokat bu topshiriqni olgan advokatdan birinchisiga ishni
davom ettirishga to‘sqinlik qilgan ob'ektiv holatlar mavjudligini yashirishga haqi
y°‘q.
Advokatlik etikasi hyech qanday holatlarda kim bilan muomalada bo‘lmasin, o‘z hamkasbining mehnat va shaxsiy sifatlariga nisbatan hurmatsizlik, haqoratlash bo‘luvchi fikrlar bildirmaslik kerakligini talab qiladi. Har qanday boshqa advokatning noxolis tanqidi yoki zarurati bo‘lmagan tanqid, shuningdek o‘zini reklama qilish maqsadidagi maqbul emasligi ochiq-oydindir. Shu bilan birga, agar bir advokat mijoziga o‘z harakatlari bilan zarar yetkazsa, korporativ birdamlik boshqa advokatga aybdordan yuzaga kelgan zararlarni sud orqali undirib olish to‘g‘risidagi ishni o‘ziga olishga to‘sqinlik qilmasligi lozim.
Advokat mijozlar o‘rtasida mavjud yoki endi yuzaga kelgan har qanday xushko‘rmaslik tuyg‘ulari, ayniqsa sud jarayoni vaqtida, advokatning ham boshqa advokatlarga nisbatan, ham mijozlarga nisbatan munosabatlariga ta'sir ko‘rsatmasligi kerakligini doim esda tutishi kerak. Muayyan ish bilan shug‘ullanayotgan advokatlar o‘rtasidagi shaxsiy g‘araz ishning to‘g‘ri ko‘rilishiga to‘sqinlik qilishi, sud qarori esa hissiyotlar ta'siri ostida qabul qilinishi mumkin.
Advokat ikkinchi tomon advokatining barcha xatolaridan, adashishlari, qonunbuzilishlaridan, alalxusus, agar ular ish mazmuniga ta'sir ko‘rsatmasa va mijoz huquqlarini poymol qilmasa, ajratib o‘tirmay foydalanishga urinishdan o‘zini asrashi kerak. Sud jarayoni davomida advokatlar o‘rtasidagi shaxsiy xarakterdagi luqmalar, o‘z hamkasbiga nisbatan uning professional emasligi, kasbiy tajribasi kamligi, o‘zining kasbiy xizmatlari yuksak ekanligini aytib tanqidiy hujum uyushtirish yo‘l qo‘yilmaydigan harakatlarga kiradi. Aksariyat boshqa vaziyatlarda bo‘lgani kabi, bu qoidalarga rioya etilishi ham advokatning o‘zi uchun, ham umuman butun advokatura uchun katta ahamiyatga ega. Agar a'zolari bir-birini hurmat qilmaydigan bo‘lsa, tashkilotni birov hurmat qilishidan umidvor bo‘lmaslik kerak.
Advokat boshqa advokat yuritayotgan ish bo‘yicha boshqa tomon bilan suhbatlashmasligi yoki inzoli masalani muhokama qilishga urinmasligi lozim, o‘sha advokat orqali yoki uning roziligi bilangina bunga ruxsat beriladi. Shuningdek, o‘z hamkasbi bilan kelishib olmagan holda audio yoki videoyozuvni qo‘llashga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Ba'zi holatlarda advokat bunday yozuv amalga oshirilishini talab qilishga haqliligi boshqa masala, lekin uni maxfiy amalga oshirib bo‘lmaydi.
Advokatning hamkasblari va sud oldida proyessual qonun qoidalarini tegishlicha qo‘llamaganligi uchun shaxsiy javobgarligi ham katta amaliy ahamiyatga ega. Bu ham hamkasbining proyessual vaqti tejalishi, ham unga, sudga va nizoda qatnashayotgan tomonlarga nisbatan hurmatdir.
Advokatlik etikasi qoidasi sifatida advokat tomonidan o‘z hamkasbiga uning kasbiy faoliyatida maksimal yordam ko‘rsatish, huquqiy pozitsiyani tanlashda, murakkab huquqiy niszoni, kolliziyani hal etishda masalahat berishni ham e'tirof etish mumkin. Bunda advokat xushmuomalalik tuyg‘usini unutmaslik kerak bo‘ladi.
Ushbu masalalami faqat o‘z hamkasbi bilan muhokama qilish qoidalar doirasidan tashqariga chiqmaydi, lekin bu masalalarni mijoz bilan muhokama qilish, o‘z fikrini bildirishi uchun jalb etilgan masalalaridan tashqari, odobsizlik sanaladi va, binobarin, advokatlik etikasi qoidalariga zid keladi.
§ 4. Advokatlar va sud jarayoni ishtirokchilari
Advokatning sudga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘lishini eng muhim axloqiy qoidalardan deb e'tirof etish lozim. U advokatning ham jinoiy, ham fuqarolik ishlaridagi xatti-harakatiga tegishli bo‘ladi.
Advokatning suddagi xatti-harakatini tartibga soluvchi axloqiy me'yorlar yetarlicha sodda va tabiiydir. Bu qoidalarni qisqacha qilib quyidagicha ifodalash mumkin:
s sudni hurmat qilish, uni aldamaslik, unga bo‘ysunish lozim.; s protsessual raqib dushman jmas, u bilan xushmuomala bo‘lish kerak, haqorat qilmaslik lozim (bu so‘zning jinoiy-huquqiygina emas, maishiy ma'nosida ham), ustidan kulmaslik kerak, uning protsessual huquqlarini hurmat qilish va u bilan hisoblashish lozim; s advokat tomonidan biror tomonni qanday bo‘lmasin aldashga yo‘l qo‘yilmaydi, yolg‘on dalillardan foydalanish taqiqlanadi, guvohlarning “ishlov berilishi”ga ruxsat berilmaydi.
Advokat adolatli sudlov kechishiga ta'sir ko‘rsatishi, ongli ravishda qalbaki hujjatlar taqdim etishi, faktlarni qalbakilashtirish, yolg‘on ko‘rsatma yoki guvohliklar berish (maslahat berish), o‘zi bilib turgan holda qonun yoki normativ hujjatlar yoki sud amaliyoti qoidalarini noto‘g‘ri, noaniq talqin qilishi, ongli ravishda, sudda bo‘lgan va unga taqdim etilgan dalillarda oqilona asos bo‘lmagan biror nasarni bila turib ta'kidlashi, yoki shunchaki sibotlash va (yoki) asoslash lozim bo‘lgan narsani ta'kidlashi mumkin emas va bunday qilish taqiqlanadi.
Guvohlarni ko‘rsatma berishdan qaytarish yoki bunday guvohlarga sudda qatnashmaslikni tavsiya qilish, ongli ravishda guvohga sudga qasddan yolg‘on yoki to‘liq bo‘lmagan ko‘rsatmalar berishga ruxsat berish, zaruriyatsiz, o‘z mavqyeini suiiste'mol qilib, guvohlarga tirg‘alish, ularni noaniq yoki yolg‘on ko‘rsatma berishda ayblash, ularga ularning shaxsiy hayotlariga oid savollar berish, zaruratsiz guvohlarni qanday bo‘lmasin fikrlarini o‘zgartirishga urinish, guvohlar bilan bahs va gap talashishga kirishish mumkin emas.
Shu bilan birga, shunday usullar va harakatlar hamda advokatning zamonaviy psixologiya va psixoanaliz yutuqlarini qo‘llasshga asoslangan ruxsat berilgan va o‘zini oqlaydigan harakatlari o‘rtasidagi qat'iy chegarani aniqlab olish kerak.
Advokat, qonuniy uslublar va usullar bilan ish ko‘rib, axborot manbaini izlab topishi va istalgan potensial guvohdan, bu shaxs oldida o‘zining advokat sifatida axborot olishdan manfaatdorligini ko‘rsatib, axborot olishi va istalgan potensial guvohning ko‘rsatma berish ishtiyoqini so‘ndirmaslik, shuning barobarida, sudga chaqirilganda guvohning sudga kelishdan bo‘yin tovlashga undamaslik choralarini ko‘rishi kerak.
Advokat, sud qarori chiqarilishida hisobga olinishi mumkin bo‘lgan va uning opponenti tomonidan esga olinmagan, ishga aloqador bo‘lgan, boshqa tomon uchun noxush har qanday holatlar haqida sudni xabardor qilishdan asossiz saqlanish huquqiga ega emas. Advokatning bu borada boshqa tomon bilan, jumladan uning manfaatlarini himoya qilayotgan advokat bilan har qanday kelishuv tuzishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bunday xatti-harakat mijoz manfaatlarini sotish, ushbu advokatni o‘zining himoyachisi va suddagi vakili sifatida tanlab, ushbu advokatga bildirgan uning ishonchini suiiste'mol qilish deb baholanadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin