Qonun, aniq iboralarda bo‘lmasa ham, advokatning manfaatlar to‘qnashuviga olib boruvchi harakatlarni sodir etishini taqiqlaydi, degan xulosaga kelish mumkin
Qonun, aniq iboralarda bo‘lmasa ham, advokatning manfaatlar to‘qnashuviga olib boruvchi harakatlarni sodir etishini taqiqlaydi, degan xulosaga kelish mumkin. Manfaatlar to‘qnashuvi muammosi yuzasidan savol tug‘iladi: advokat topshiriqdan qanday holatlarda voz kechishi kerak? s agar advokat shu vaqtda muayyan ish bo‘yicha manfaatlari murojaat qilgan shaxsning manfaatlariga zid bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxsning manfaatlarini ilgari surayotgan bo‘lsa; s advokat odin shunday shaxsning manfaatlarini ilgari surgan bo‘lsa- yu, unga yordam so‘rab murojaat qilingan paytda ushbu mojaroda qatnashishni to‘xtatgan bo‘lsa, topshiriqni qabul qilish mumkin emas; s ishonch bildiruvchidan olingan axborot advokat tomonidan, advokat ishonch bildiruvchiga vakillik qilgan ishga o‘xshash boshqa ishda bo‘lsa-da, unga qarshi ishlatilishi mumkin bo‘lgan sharoitda ham bunday shaxsning topshirig‘ini qabul qilish taqiqlanadi. s manfaatlari bevosita ishonch bildiruvchining emas, balki uning affillashgan tuzilmalari manfaatlariga zid bo‘lgan shaxsga ham advokat vakillik qilmasligi shart. Advokatning bunday tuzilmalarga qarshi faoliyati bevosita ishonch bildiruvchining faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi (masalan, ishon bildiruvchi ushbu tuzilmalar aksiyalaridan dividendlar ololmasligi) mumkin; s manfaatlari advokatning hozirgi yoki sobiq mijozi manfaatlariga zid keluvchi shaxsdan topshiriq olishga advokatning haqqi yo‘q. Gap shundaki, u yoki bu mojaroda ishonch bildiruvchi boshqa, rasman ishonch bildiruvchi bilan bog‘liq bo‘lmagan (ishonch bildiruvchi va kompaniya bir-birining kapitalida ishtirok etmaydi), lekin u bilan yagona maqsadga intiluvchi tashkilot bilan birgalikda qatnashadi. Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga soluvchi umumiy tamoyil sifatida quyidagi taklifni keltirish mumkin. Agar o‘zining hozirgi yoki sobiq ishonch bildiruvchisi yoki uning affillangan shaxslari bilan munosabatlari tufayli (uning oldidagi o‘z majburiyatlarini va Qonunga muvofiq majburiyatlarini buzmagan holda) advokat boshqa shaxsning manfaatlarini samarali va halol ilgari surishga qodir bo‘lmasa, u ushbu shaxs topshirig‘ini bajarishdan voz kechishi kerak. Manfaatlar to‘qnashuvining noxush vaziyatlariga yo‘liqmaslik uchun jiddiy advokatlik firmalarida yangi mijozdan topshiriq olishdan oldin manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligini tekshirish taomili o‘tkaziladi. Advokatlar firma advokatlari murojaat qilgan shaxs manfaatlariga manfaatlari zid keluvchi biror shaxs tomonida u yoki bu bahsda qatnashmaganligini aniqlashga harakat qiladilar.