Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


§ 9. Advokatning himoya nutqi tuzilishi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə60/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   138
Адвакатлар дарслик

§ 9. Advokatning himoya nutqi tuzilishi
Ma'lumki, advokatning sud jarayonidagi ishtirokining yakuniy akti uning muhokamalarda sud nutqi bilan qatnashishi sanaladi. Advokatning sud jarayonidagi nutqiga ayblanuvchini himoya qilish ishida katta ahamiyat beriladi. Har qanday huquqiy jamiyatda advokatning mumtoz timsoli avvalo uning nutqi bilan bog‘lanadi.
Advokatning himoya nutqi” ta'rifi ikkita tushunchadan iborat: umumqabul qilingan “nutq” tushunchasi va huquqiy “himoya” tushunchasi.
Nutq - so‘zlash qobiliyati; so‘zlashuv, suhbat; ommaviy chiqish. Bizning holatimizda oxirgi tushuncha - nutqning ommaviy akt ko‘rinishi sifatida ifodalash to‘g‘ri keladi.46
Shu tariqa, jinoiy ishdagi avdokatning suddagi nutqi - ayblanuvchi himoyachisining (jabrlanuvchining, fuqarolik da'vogarining, fuqarolik javobgarining vakili bo‘lishi ham mumkin) sud majlisida so‘zlangan va sudga qaratilgan, himoyachining u himoya qilayotgan fuqaro foydasi uchun ularga psixologik va yuridik ta'sir ko‘rsatish maqsadidagi ommaviy chiqishidir.
An'anaga ko‘ra, advokatning jinoiy ishda himoyalash uchun suddagi nutqi faqat birinchi instansiya sudining, xususan uning “sud muhokamasi” deb ataluvchi bosqichining atributi, deb hisoblash qabul qilingan. Biroq amalda unday emas.
Yuqorida keltirilgan tavsifdan kelib chiqib, sud nutqi, aniqrog‘i ish bo‘yicha tinglov jarayonidagi sud nutqlari bilan ko‘p marta chiqishi mumkin. xususan, bu quyidagi vaqtlardagi nutqlar bo‘lishi mumkin: iltimosnoma bildirish;
ishni ko‘rish tartibi to‘g‘risidagi mavqyeni bayon etish;
jinoiy ish tomonlari taqdim qilgan iltimosnoma bo‘yicha fikr bildirish;
qonunda ko‘zda tutilgan boshqa vaziyatlarda.
Shuningdek, apellyasiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlari mazmuni, ikkinchi va nazorat instansiyalari sud organlaridagi boshqa, jumladan ishdagi boshqa tomon mavqyeiga qarshi raddiyalar bilan chiqishlar sud nutqi shaklida ifodalanishi mumkin. odatda bu nutqlar sudga birinchi instansiya sudida ish ko‘rilishidagi muhokamalarda so‘zlangan nutqlardan kam ta'sir ko‘rsatmaydi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin