Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


§ 10. Sud nutqida dalillar kelitirish asoslari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə62/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   138
Адвакатлар дарслик

§ 10. Sud nutqida dalillar kelitirish asoslari
Suddagi himoya nutqidagi dalillar keltirish ikkita konstruktiv asosga ega.
Birinchidan, sud nutqi - bu sudyalarga pusixologik ta'sir ko‘rsatish omilidir.
Ikkinchidan, sud nutqi - bu sudga himoyasi ostidagi shaxs sodir etgan qilmishga o‘z munosabatini, sudda o‘rganilayotgan dalillarga munosabatini, nega ularning ba'zisini u rad etadi, boshqasini ishonchli deb hisoblaydi va uchinchi xillarini - shubhali, boshqalarga zid deb hisoblashini asoslab beruvchi o‘z mantiqiy, huquqiy, amaliy holatlarini bayon etuvchi professional yuristning chiqishidir.
Advokatning himoya nutqida mazkur xususiyatlar ratsional va emotsional asoslarning tuzilma va ma'no jihatdan o‘zaro aralashuvini yaratadi. O‘z nutqi bilan advokat auditoriyani haqiqat sari boshlagandek bo‘ladi. Sud notiqligi ustasi A.F.Koni so‘zlariga ko‘ra, nutqda isbotlash va ishontirish zarur. Bunday sifatlar esa faqat mantiqiy va protsessual, hissiy va huquqiy ta'sirni mohirona uyg‘unlashtirganda hosil bo‘ladi.
Ba'zi advokatlar asosan tinglovchilarga hissiy ta'sir ko‘rsatish bilan, ko‘p faktlar, dalillar keltirmay maqsadga erishadilar. Biroq, bu faqat oddiy tinglovchilar yoki, masalan, xalq maslahatchilari holatida ish beradi. Professional sudyalarga esa ko‘proq mantiq, faktlar, yuridik dalillar ta'sir ko‘rsatadi.
Sud notiqligi nazariyotchisi P.S,Poroxovshikov qayd etganidek, sud nutqi avvalo g‘ayrioddiy mukammallikdagi aniqlik ajratib turishi kerak. Tinglovchilar qiynalmay tushunishlari lozim. Notiq ularning tasavvurlarini hisobga olishi mumkin, lekin ularning aqllari va tafakkurlariga tayanish to‘g‘ri emas. Shu sababli: sudya sizni tushunadigan qilib emas, tushunmay iloji yo‘q qilib gapiring. Bunday mukammallikka erishishda ikkita tashqi shart (nutqning tozaligi va aniqligi) va ikkita ichki shart (sohani bilish va tilni bilish) yotadi. Nutqni tuzishda u bayon etishning aniqligi va tozaligiga, so‘z boyligiga, ravonlik, sodda va kuchli so‘zlar ishlatilishiga, jarangdorlikka va sud nutqinig boshqa xususiyatlariga e'tibor beradi.
Bunda sudni samarali ishontirish uchun u majozdan, istioralardan va qiyoslashdan, tazoddan, boshqa nutq san'atlaridan foydalanishni maslahat beradi. Faqat fikr-mulohazalardan iborat nutq odatlanmagan insonlar xotiirasida qolmaydi; maslahatchilar maslahat xonasiga kirgunlaricha uni unutib yuboradilar. Agar ularda ta'sirchan manzaralar bo‘lsa, unutish iloji bo‘lmaydi47.
Notiqlik qonunlari asosida qurilgan yaxshi himoya nutqi xalq maslahatchilari ishtirokidagi jinoiy ishlar ko‘rilishida alohida ahamiyatga ega. Psixolog V.A. Pishalnikova, maslahatchilar sudi fenomenini uzoq yillar o‘rganib, yozadi: “... o‘z intellektual kuchi bo‘yicha teng ishonchli ikkita muqobil qaror oldida turgan maslahatchilar o‘zida adolat va ma'naviyatni aks ettirgan qaror tomonini oladilar”.48
Har qanday auditoriyani bir qator omillar bilan asoslanuvchi va yo‘naltiriluvchi auditoriya sifatida qabul qilish kerak. Advokatning vazifasi - tinglovchilarga o‘z mavqyeini isbotlash orqali ta'sir ko‘rsatishdir, zero faqat dalillar ularni asoslantiradi va ularni himoya uchun zarur aqliy xulosalar qilishga undaydi. Advokatlik amaliyoti ko‘rsatishicha, xalq maslahatchilari qarorini muayyan ish (yoki uning bir qismini) ijtimoiy-tarixiy o‘zanga yoki madaniy yo‘nalishga burish orqali boshqarish mumkin. advokat tinglovchilarga har qanday jinoyat, ish bo‘yicha adolatli qaror izlanishi nafaqat barcha insonlarga, balki jamiyat asoslariga, ularning hayotiga taalluqli ekanligini isbotlashi lozim. Auditoriya buni qanchalik tushunib yetsa, ko‘rilayotgan dalillar tizimiga nisbatan shunchalik mas'uliyat bilan yanada boshlaydi. Aks holda, ishni adolatli hal etish uchun chuqur motivatsiyalar paydo bo‘lmaydi.
Aynan mana shu sababli tadqiqotchi Yu.F.Lubshev zaruriy holatlar sifatida sud surishtiruvchida qilmishning “kriminologik” holatlarini aniqshni, sudlanuvchining avvalgi hayotini, ob'ektiv vaziyatni tahlil qilishni, tashqi ta'sirlar ahamiyatini, atrofdagilarning noto‘g‘ri harakatlarini, jinoyatni sodir etishga undagan sabab va sharoitlarni o‘rganishni tavsiya etadi49.
Jamlangan holda, yuqorida keltirilgan himoya nutqining uchchala tuzilmasi aql bilan emas, “hissiyot bilan egallash” usulida o‘z ifodasini topadi. Biroq sudga ta'sir qiluvchi hissiyotlar - bular intellekt hissiyotlari, ular sog‘lom aqlga asoslanadi. “Ritorika” muallifi Arastuga murojaat qilaylik. Nima ko‘proq ishontiradi? Faylasufning fikriga ko‘ra, bu: nutqda ishonchlilik, notiq - ishonsa bo‘ladigan inson, uning nutqi ta'sirida ma'lum kayfiyat uyg‘onadi, unga xayrixoh bo‘ladilar va shu sababli dalillari to‘g‘ri bo‘lib tuyuladi50.
XIX-XX asr boshlarida yashagan mashhur rus yuristi L.ye. Vladimirov ham shunga e'tibor qaratgan. “...Himoyachining ishi - to‘g‘ri, ko‘rilayotgan ish doirasida, jinoyatning ijtimoiy tomonini tushuntirishdir, toki himoya ostidagi shaxsning shaxsiy aybdorligi chegarasini aniqlash, shaxsiy iroda ifodasi sifatida jinoiy yustitsiya kurashadigan aybdorlik darajaisni aniqlashdan iborat"51.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin