Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


§ 1. Xorijiy mamlakatlar advokatura institutlarining qiyosiy-huquqiy



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə65/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   138
Адвакатлар дарслик

§ 1. Xorijiy mamlakatlar advokatura institutlarining qiyosiy-huquqiy
tahlili ahamiyati
Tarix jamiyat va davlat qurilishining har qanday sohasida xorijiy tajribaning ko‘r-ko‘orna ko‘chirilishi maqsadga muvofiq emasligi va ilojsiz ekanligini ko‘rsatadi. Huquqiy tizim shakllanishining tarixiy shart-sharoitlarini, xalq mentalitetini va asrlar davomida shakllangan an'analarni, huquqiy madaniyatni hisobga olish nihoyatda muhimdir.
Turli davlatlar advokaturalarini o‘rganishda qiyosiy-huquqiy tahlil xususiyatlari quyidagilarda ko‘rinadi:
birinchidan, uning umumilmiy uslublar bilan munosabatini yoritishda,
ikkinchidan, uning yuridik ilm xususiy uslublari tizimidagi o‘rnini belgilashda.
Qiyoslash predmeti quyidagilar bo‘lishi mumkin:
s mavjud bo‘lgan advokaturalar, ya'ni, qiyoslash tarixiy (diaxron) xarakterga ega bo‘lishi mumkin; bunda u diaxron qiyoslash deb ataladi. Diaxron qiyoslashda advokaturaning demokratik jamiyatning eng muhim instituti sifatida rivojlanishining tarixiy qonuniyatlari kuzatiladi;
s turli davlatlarda amaldagi advokaturalar (sinxron qiyoslash) va bunda ularni yaqinlashtiruvchi zamonaviy tendensiyalar namoyon bo‘ladi, ular qiyosiy-huquqiy tahlilning ob'ekti bo‘ladilar.
Advokaturalarning qiyosiy-huquqiy tahlil ob'ektlari turli tuman bo‘ladi. Tadqiqot ob'ektiga qarab, qiyoslash turli darajalarda o‘tkaziladi.
Birinchi (quyi) daraja - bu advokatura to‘g‘risidagi huquqiy me'yorlarni qiyoslash (mikroqiyoslash). Unda asosan qiyoslanadigan me'yorlarni parallel bayon etgan holda yuridik-texnik jihatlar ko‘riladi. Huquqshunos olim o‘zini qiziqtiruvchi advokatura to‘g‘risidagi empirik-huquqiy materialni aniqlaydi va tizimlashtiradi; ushbu darajadagi tadqiqotni doimo va nisbatan oson o‘tkaxish mumkin, bunda qiyoslash ob'ekti turli davlatlarning advokatura to‘g‘risidagi qonunlari bo‘ladi.
Ikkinchi (o‘rta) daraja - advokaturaning huquqiy institutlarini qiyoslash (instutitsional yoki tarmoq qiyosi). Bu darajada ham advokaturani huquqiy tartibga solishni o‘rganish nisbatan oson, biroq advokatura institutlarini tadqiq qilish advokatlarning faoliyati kafolatlari ijtimoiy himoyasini butun huquqiy tizim bilan bog‘liqlikda o‘rganish bilan to‘ldirilishi lozim.
Uchinchi (yuqori) daraja - bu advokatura tizimlari va institutlarini umumiy suratda qiyoslash (makroqiyoslash). Zamonaviyo dunyodagi advokaturalarning ularning yaxlit shaklida ularning shakllanishi va faoliyat yuritishi jarayonini, faoiyatining asosiy tamoyillari va advokat ijtimoiy himoyasi hamda kasbiy obro‘sini huquqiy tartibga solish manbalarini, shuningdek advokatlik amaliyotini inobatga olgan holda qiyoslash anchayin murakkab, biroq qiyoslashning bu darajasi ham nazariy jihatdan o‘zini oqlaydi va zarur, chunki aynan shu yerda advokatura institutlarining qiyosiy-huquqiy tahlilining nisbiy mustaqilligi to‘liqroq namoyon bo‘ladi.
Advokaturani o‘rganishning qiyosiy-huquqiy uslubi anglashning o‘xshash ob'ektlarini bir-biriga taqqoslashni o‘z ichiga oladi. Masalan, advokatlarning an'anaviy va yangi tashkil topgan hay'atlari.
Qiyosiy huquqshunoslikning ahamiyati shundaki, turli davlatlar huquqiy tizimlarini bir nomdagi davlat va huquqiy institutlarni, ularning asosiy tamoyillari va kategoriyalarini taqqoslash yo'li bilan o'rganish orqali tadqiq etilayotgan materialni yanada chuqur va aniq tushunish mumkin.
Masalan, advokatura, huquqiy institut sifatida, har qanday davlatda huquqni qo‘llash nazariyasi va amaliyotini tasdiqlash, qonun bilan kafolatlangan huquq va erkinliklarning huquqiy himoyalanganligini kuchaytirishga ko‘mak berishga yo‘naltirilgandir. Ko‘plab ilmiy-amaliy tadqiqotlaming ob'ekti bo‘lmish advokaturaning yuridik yordam ko‘rsatishdagi rolini kuchaytirish muammosi bugungi kunda faqat advokatning suddagi protsessual maqomiga taqab qo‘yilishi mumkin emas. U yanada ko‘pqirrali va murakkab, demak, har tomonlama muhokama etishga muhtoj.
O‘zbekiston uchun Rossiya va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining boshqa mamlakatlari tajribasi, yetakchi G‘arb davlatlari (Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya va b.) tajribalari kabi qadrlidir.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin