Advokatlar hay'ati butun Rossiya Federatsiyasida, shuningdek, agar xorijiy davlat qonunlarida bu ko‘zda tutilgan bo‘lsa, xorijiy davlat hududida filiallar tuzish huquqiga ega. Advokatlik byurosi advokatlik tuzilmalarining bir shakli bo‘lib, “Rossiya Federatsiyasi advokatura va advokatlik faoliyati to‘g‘risida”gi (23- m.) va “notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Federal qonunlari bilan batafsil tartibga solinadi. Advokatlik byurosi yuridik shaxs bo‘lib, uning tarkibiga kamida ikkita muassis (ishtirokchi) kirishi mumkin. E'tiborlisi, advokatlar hay'ati muassislari (ishtirokchilari)ga bo‘lgani kabi, bunday yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari)ga alohida talablar qo‘yiladi: ular advokatlar, ya'ni qonunda belgilangan tartibda advokatlik maqomini olgan yuristlar bo‘lishi kerak. Advokatlik byurosi ishtirokchilarining maksimal soni qonunda ko‘zda tutilmagan. Advokatlik byurosining o‘ziga xosligiga ularning ishtirokchilari o‘zaro oddiy yozma shaklda sheriklik shartnomasini tuzishlari va u bo‘yicha advokat- sheriklar barcha sheriklar nomidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun o‘z sa'y- harakatlarini birlashtirishni zimmalariga oladilar. Bu shartnomadavlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilmaydi, chunki maxfiy axborotga ega bo‘ladi. Advokatlar hay'atida bo‘lgani kabi, advokatlik byurosi tuzilmasi, vakolati, shakllantirish tartibi va boshqaruv organlari vakolatlari muddati, u tomonidan qarorlar qabul qilinishi va hay'at nomidan chiqish uning ta'sis hujjatlarida belgilanadi. Yuridik konsultatsiya va uning faoliyatining huquqiy tartibi “Rossiya Federatsiyasi advokatura va advokatlik faoliyati to‘g‘risida”gi Federal qonuni 24 - m. da belgilangan. Yuridik konsultatsiya u o‘z faoliyatini amalga oshiradigan Rossiya Federatsiyasi sub'ekti advokatlik palatasi tomonidan, Federatsiyaning mazkur sub'ekti davlat hokimiyati organi taqdimi bilan ta'sis etiladi. Yuridik konsultatsiyani tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni advokatlik apalatasining kengashi, uning kollegial ijroiya organi sifatida qabul qiladi. Yuridik konsultatsiya Rossiya Federatsiyasi sub'ektining butun hududida qonunchilikda ko‘zda tutilgan holatlarda fuqarolarga bepul yuridik yordamdan foydalanishni ta'minlash maqsadlarida tashkil etiladi.