§ 3. AQShda advokatura AQShda, Angliyada bo‘lgani kabi, yuridik kasb umumiy tushunchasi mavjud. Yuridik kasblar bilan shug‘ullanishga ruxsat olgan amerikalik keng ma'noda yurist deb ataladi, hozirgi kunda yuristlar soni 350 mingdan ortiq. Litsenziyaga ega yurist advokat, sudya, prokuror, yurist-maslahatchi va h.k. bo‘li shi mumkin. \) Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun murakkab uzoq yo‘l bosish kerak. Buni istagan shaxs o‘rta ma'lumot olgach, universitet kollejiga qatnaydi, u yerda uch yoki to‘rt yil o‘qiydi. Keyin uch yil yuridik maktabga boradi, AQShda bunday maktablar 200 atrofida, u yerda amerikalik talaba mutlaqo amaliyotga yo‘naltirilgan bilimlar oladi. Keyingi bosqich yuridik fanlarga boy kurs va sud nazorati ostidagi imtihon bo‘ladi. Oz sonli talabalargina bu imtihondan o‘ta oladilar. Qayd etish lozimki, bugungi kunda shtatlarning yarmida advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun universitet diplomi mavjudligi majburiy talab emas. Da'vogarlar Amerika fuqarolari bo‘lishi va qo‘nimlilik senziga ega bo‘lishlari - ushbu shtatda kamida olti oy yashagan bo‘lishlari kerak. Amerikalik advokatlar xususiy amaliyot bilan ham shug‘ullanadilar, shuningdek “jamiyat”, “korporatsiya”lar shaklidagi ishlab chiqarish birlashmalarini tuzadilar. 500 dan ortiq advokatlarni birlashtirgan advokatlik firmalari mavjud. “Jamoatchilik manfaatlari”ni himoya qiluvchi advokatlik firmalari ham mavjud, ya'ni ular xususiy mijozlarni emas, jamoatchilikning vakillari sanaladi. Masalan, qog‘ozbozchilikka qarshi, atrof-muhitni saqlash uchun, kamsitilishga va h.k.ga qarshi chiqadilar. Barcha shtatlarda, shaharlarda va yirik aholi yashash punktlarida sudlarda ish yuritishga qo‘yilgan va to‘lov evaziga yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar ko‘ngilli asosda o‘z kasbiy birlashmalarini, assotsiatsiyalarini tuzadilar. Ba'zi shtatlarda ular nizomlar (“konstitutsiyalar”) asosida faoliyat yuritadilar, ular assotsiatsiyalar a'zolari tomonidan umumiy yig‘ilashda tasdiqlanadi, boshqa shtatlarda - shtatning maxsus qonunlari yoki sud qoidalari asosida ish yuritadilar. “Integratsiyalangan advokaturalar” mavjud ikkinchi gurnh shtatlarida (ulaming soni yigirma sakkizta) assotsiatsiyalarga a'zolik advokatlik amaliyoti bilan shug‘ullanishning majburiy sharti sanaladi. Assotsiatsiyalar a'zolari o‘zlarining har yilgi yig‘ilishlarida assotsiatsiya prezidentini va ijroiya organini (5-10 a'zo) saylaydilar, u “ijroiya qo‘mitasi”, “boshqaruvchilar kengashi” yoki “vakillar kengashi” sifatida mashhur. Shtatlarning advokatlik assotsiatsiyalari milliy advokatlar tashkilotini tashkil etadi - Amerika advokatlar assotsiatsiyasi, u 1878 yilda ta'sis etilgan bo‘lib, maqsadi - tajriba almashinuvi, yuridik tuzilmalar muammolarini muhokama qilish, qonunchilik islohotlari va b.52 Bu tashkilotlar barcha amerikalik avdokatlarning assotsiatsiyalari bo‘lmasa- da, ular u yoki bu shaklda amaliyot yurituvchi advokatlarning deyarli barcha yirik tashkilotlarini birlashtiradi va o‘z tarkibida 130 mingdan ziyod a'zolarni qamrab oladi. Amerika advokatlar assotsiatsiyasida Oliy boshqaruv organi delegatlar palatasi bo‘lib, u 250 nafar a'zodan iborat. Advokatning yuridik xizmatlari haqini to‘lash shakllangan amaliyotni, shuningdek advokat a'zosi bo‘lmish tashkilot tavsiyalari hisobga olgan holda, tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Umuman olganda, turli xizmat turlari uchun gonorarlarning faqat minimal miqdorini hisoblash uchun 700 ta atrofida maxsus jadvallar mavjud. “Kontingent” to‘lov deb ataladigan to‘lov qiziqish uyg‘otadi, uning tamoyilida ish yutqazilganda, advokat mukofot pulini olmaydi, lekin ishda yutib chiqilganda gonorar 1/3 ulushga teng bo‘lishi yotadi. AQShda ta'minlanmagan aholi qatlamlari uchun bepul yuridik yordam taqdim qilishning turli shakllari mavjud. Xususan, 1964 y.dagi kriminal adolatli sudl ov to‘g‘risidagi qonun bo‘yicha, federal sudlarda moddiy jihatdan kam ta'minlangan sudlanuvchilar uchun “bepul” yoki, yana bir nomi - “jamoatchilik” himoyachisi tayinlanadi. Bu advokatlarning ish haqlari federal byudjet hisobidan to‘lanadi. V J Bu tartib prezident R.Nikson tashabbusi bilan belgilangan, u 1971 yil 5 mayda AQSh Kongressiga advokatlik firmalariga federal byudjetdan mablag‘lar beruvchi va kam ta'minlanganlarga yuridik yordam ko‘rsatishning rivojlanishini boshqa vositalar bilan qo‘llab-quvvatlaydigan mustaqil federal organ tashkil etish taklifini berdi. Bundan tashqari, barcha shtatlar u yoki bu shaklda sudya qarori bilan bepul yuridik yordam ko‘rsatishni nazarda tutadilar. Har yili davlat tomonidan “jamoatchilik himoyachilari”ga haq to‘lash uchun yuzlab million dollar ajratiladi.53 AQShda intizomiy amaliyot boshqa mamlakatlarga qaraganda anchayin liberal ko‘rinadi, bu advokatlar tomonidan kasbiy majburiyatlarining turli xildagi buzilishi keng tarqalgani va ularning o‘z tashkilotlariga kam bog‘langanligi oqibati sanaladi. Chunonchi, qilmishni o‘rganib chiqqach, advokatlar tashkiloti tanbeh berishi, jarima solishi yoki advokatni o‘z tarkibidan chiqarib yuborishi mumkin. Oxirgisi, nisbatan kam qo‘llaniladi va asosan siyosiy sabablarga ko‘ra amalga oshiriladi. A'zolik badali to‘lanmagani uchun a'zolikdan chiqarish ancha keng qo‘llaniladi. “Sudga hurmatsizlik” yoki “noprofessional xatti-harakat” kuzatilganda sudlar tomonidan yanada qat'iy choralar qo‘llaniladi. Bu holatda advokat o‘z vazifasini bajarishdan chetlashtirilibgina qolmay, amaliyotdan mahrum bo‘lishi, jarimaga tortilishi va hatto hibsga olinishi ham mumkin.