Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


§ 4. Germaniyada advokatura



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə72/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   138
Адвакатлар дарслик

§ 4. Germaniyada advokatura
Germaniyada advokatura adolatli sudlov tizimidagi mustaqil tashkilot sanaladi, advokatlar - amalda erkin tadbirkorlardir, ular o‘z idoralariga egalar, xizmatchilarni yollaydilar. Ular boshqa biznesmenlardan o‘z kasbiy faoliyatlarini reklama qilish huquqiga ega emasliklari, shuningdek “hunarmandlik solig‘i”ni to‘lamasliklari bilan ajralib turadilar.
Germaniyada advokatura huquqiy maqomini mustahkamlovchi asosiy normativ hujjat 1959 yildagi Advokatura to‘g‘risidagi federal qoida sanaladi. U kichik o‘zgarishlar bilan bugungi kunda ham amalda bo‘lib kelmoqda54
. Germaniyada advokatlikka nomzodlarga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat.
Advokatlik faoliyatiga faqat Sudyalar to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra sudyalik majburiyatini bajarishga layoqatlik sanaluvchi shaxs qo‘yiladi. Bu esa advokatlik lavozimiga nomzod yuridik fakultetda sakkiz semestrli yuridik fanlar kursini tinglashi va davlat imtihonlarini topshirishi lozim. Shundan keyin bitiruvchi sud tizimidagi barcha muassasalar (sud, prokuratura, notariat, advokatura)da stajyor- xizmatchi bo‘lib 2-3 yil davomida amaliyotni o‘taydi. Bu davrda u ish haqini yerlar boshqaruv organlari fondidan oladi. Amaliyot yakunlangach, u yana bitta davlat imtihonini topshirishi lozim bo‘ladi va faqat shundan keyin kim bo‘lishni tanlaydi: sudyami, advokatmi yoki firmaning yuridik masalalar bo‘yicha konsultantimi.
Mazkur talablarga javob beruvchi shaxs ariza bilan GFRning o‘zi doimiy yashovchi ma'muriy-hududiy birligi - yer adliya boshqaruviga murojaat qiladi. Qaror qabul qilish jarayonida adliya boshqaruvi ushbu shaxs faoliyat yuritishni rejalashtirgan hudud advokatlar palatasi boshqaruvining fikrini inobatga oladi.
Qonunda iltimosnoma bilan murojaat qilgan shaxsga advokatlik amaliyoti bilan shug‘ullanishni ruxsat berishga rad javobi berilishi holatlari ko‘zda tutilgan. Bunday vaziyatlar quyidagilar bo‘lishi mumkin: agar nomzod sud qaroriga ko‘ra davlat apparatida lavozim egallash huquqidan mahrum bo‘lgan bo‘lsa; agar u advokaturadan sud qaroriga asosan o‘chirilgan bo‘lsa va bu qaror chiqarilgandan sakkiz yil o‘tmagan bo‘lsa; agar nomzod sud qaroriga asosan, konstitiutsiyaviy huquqlarni buzganligi sababli sudya lavozimidan chetlashtirilgani yoki intizomiy tartibda adolatli sudlov organlarida xizmat qilishdan ishdan chetlashtirilgan bo‘lsa; advokatlik faoliyati bilan shug‘ullana olmaydigan biror qilmishga qo‘l urgan bo‘lsa; agar nomzod jismoniy yoki aqliy yetishmovchiligi oqibatida tegishli tarzda advokatlik funksiyasini bajarish holatida bo‘lmasa; agar u advokatlik kasbiga mos kelmaydigan faoliyat bilan shug‘ullansa.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin