Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi guvohnoma olgan shaxsga odatda odatiy sud yurituvining muayyan sudidagina ish yuritishga ruxsat beriladi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə73/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   138
Адвакатлар дарслик

Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi guvohnoma olgan shaxsga odatda odatiy sud yurituvining muayyan sudidagina ish yuritishga ruxsat beriladi.
Yer oliy sudi vakolati doirasidagi okrugda ishlashga ruxsat berilgan barcha advokatlar advokatlar palatasini tashkil etadilar. Federal sudda ishlashga ruxsat berilgan advokatlar maxsus palatani tashkil etadilar. Har bir mahalliy palataga boshqaruv rahbarlik qiladi, uning tarkibiga yettita a'zo kiradi. 35 yoshga to‘lgan va advokaturalarda 5 yillik uzluksiz mehnat stajiga ega bo‘lgan saylangan advokat boshqaruv a'zosi bo‘la oladi. Palata boshqaruvi a'zolari to‘rt yilga saylanadi, bunda har ikki yilda uning tarkibining yarmi yangilanadi. Federal sud qoshidagi Advokatlar palatasi mahalliy palatalar tarkibiga o‘xshash tarkibga ega, farqi shundaki, u o‘z advokatlar palatasi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni boshqaruvga emas, balki adliya federal vaziriga topshiradi. Federal va mahalliy palatalar faoliyati ustidan davlat nazorati asosan qonunlar va palata nizomiga rioya etilishini tekshirish, shuningdek muayyan palataga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini tekshirish bilan kifoyalanadi.
Agar advokatga yuridik yordam so‘rab murojaat qilsalar, u esa xizmat ko‘rsatishdan bosh tortsa, u rad etish sababini tushuntirishi lozim. Asoslanmagan rad etish tufayli mijozga yetkazilgan zarar qonun asoslarida qoplanadi. Advokatning tayinlanishi fuqarolik-protsessual kodeks, mehnat nizolaridagi sudlar to‘g‘risidagi qonun yoki vaqtinchalik to‘lanmaydigan himoya to‘g‘risidagi qoidalar asosida amalga oshsa, u ishdagi tomon vakilligini o‘z zimmasiga olishga majbur. Jinoiy ishlardagi himoya ham mana shunday majburiy xarakterga ega.
Advokatlardan intizomiy undiruv sha'n sudlari tomonidan amalga oshiriladi, ular har bir advokatlar palatasida tuziladi. Aybdor advokatlarga nisbatan sha'n sudlari quyidagi ta'sir intizomiy choralarini qo‘llashi mumkin: ogohlantirish, hayfsan, 50 ming marka miqdorigacha jarima, bir yildan besh yilgacha muddat davomida adolatli sudlovning muayyan sohalarida manfaatlar vakili yoki himoyachi bo‘lib ishlashni taqiqlash, advokaturadan chetlashtirish. Sha'n sudida ish ko‘rilishi odatda yopiq majlisda o‘tkaziladi.
Advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatilgani uchun gonorar miqdori bevosita tomonlar o‘rtasidagi kelishuv bilan, federal advokatlar tariflari nizomi doirasida belgilanadi. Muayyan mukofot miqdori, odatda, bahsli mol-mulk qiymatidan yoki tuzilgan kelishuvlar summasidan hisoblab chiqariladi. Bu ham sud ishlariga, ham boshqa turdagi xizmatlar (konsultatsiyalar, shartnomalarni rasmiylashtirish va sh.k.)ga tegishlidir.
Advokatlik xizmatlari uchun quyidagi mukofot turlari belgilangan: sud jarayonlarini yuritish (ishni ko‘rishda qatnashish uchun; dalillar izlash uchun; jarayon davomida sulh bitimini tuzish uchun); suddan tashqari ishlarda qatnashganlik uchun: ishga oid (masalan, savdo) amaliyotlarini rasmiylashtirish uchun; opponent (amaliy sherik) bilan o‘tkazilgan muzokaralar uchun; erishilgan

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin