Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


§ 6. Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida advokatura



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə75/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   138
Адвакатлар дарслик

§ 6. Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida advokatura
Yaponiyada advokatlik lavozimini egallash uchun qat'iy tanlov qoidalari belgilangan. Malakali mutaxassis bo‘lish va advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun Yaponiyada yuridik maktabda tahsil olish kerak, keyin kasb bo‘yicha imtihon topshirish va Oliy sud qoshidagi yuridik treninglar va tadqiqotlar institutida bir yillik stajirovkadan o‘tish kerak bo‘ladi.
Yaponiya advokatlik assotsiatsiyalari ittifoqining rasmiy saytida chop etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 2010 yil 1 yanvar holatiga Yaponiyada advokatlik faoliyatini 28 812 nafar kishi amalga oshiradi, ularning 4663 nafari - ayollardir.58
Faqat kurslarni yakunlagach va yangi imtihonlarni topshirgach advokatlik lavozimiga nomzodlar, agar tegishli tayinlanishga erishsalar, o‘zlari tanlagan faoliyat turi bilan shug‘ullanishlari mumkin bo‘ladi. Advokat, sudya va davlat ayblovchisi kasblarini bazaviy ta'lim va trening birlashtirsa-da, ulami birgalikda yuritishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda advokat - sudya va aksincha bo‘lishi mumkin.
Yapon qonunchiligiga ko‘ra, kasb bo‘yicha imtihon topshirish va advokat bo‘lish uchun Yaponiya fuqarosi bo‘lish shart emas. Biroq sudya yoki prokuror bo‘lish uchun Yaponiya fuqaroligi majburiydir.
Advokat bo‘lgach, nomzod, advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun, Yaponiya advokatlik assotsiatsiyalari ittifoqida ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Bundan tashqari, advokat o‘zi ishlayotgan joydagi mahalliy advokatlar assotsiatsiyasi a'zosi bo‘lishi ham kerak.
Yaponiya advokatlik assotsiatsiyalari ittifoqi muxtor organ bo‘lib, Yaponiyaning 52 ta mahalliy advokatlik assotsiatsiyalaridan, ularning individual a'zolari, yuridik korporatsiyalar va ro‘yxatga olingan xorijiy advokatlardan tashkil topgan.
2002 yil aprel oyidan advokatlarga yuridik amaliyot bilan shug‘ullanish maqsadida korporatsiyalar (yuridik korporatsiyalar) tashkil etishga ruxsat berilgan. Tashkil etilgach, yuridik korporatsiya o‘zining ofisi joylashgan mahalliy okrug advokatlik assotsiatsiyasi a'zosiga va shu vaqtning o‘zida Yaponiya advokatlik assotsiatsiyalari ittifoqi a'zosiga aylanadi.
Barcha advokatlik ofislarining qariyb 70 foizi bitta advokat tomonidan boshqariladi, biroq shaharlarda qo‘shma ofislar soni ortib borishi kuzatiladi, ularda bir nechta advokatlar ishlaydilar. Yaponiyadagi advokatlarning yarmidan ko‘pi hozirda shunday ofislarda faoliyat yuritadilar. Bundan tashqari, 200 va undan ziyod advokatlar ishlaydigan yirik yuridik ofislar soni ortdi.
Janubiy Koreyada advokaturani liberallashtirish jarayoni ijtimoiy o‘zgarishlar sur'atidan ortda qolmoqda. Janubiy Koreya davlat qurilishida, iqtisodiyoti va madaniyatidagi jo‘shqin o‘zgarishlar ushbu mamlakatning konservativ, ana'naviy yopiq advokaturasiga ta'sir qilmay qolmasdi. Lekin barcha koreyalik advokatlar ham malakasini oshirishga, marketing qonunlarini o‘zlashtirishga va shu bilan o‘zining raqobatbardoshligini mustahkamlashga intilmaydi.
Tashkil topganidan buyon Koreya Respublikasi davlatchilik, iqtisodiyot, madaniyat va ta'lim sohalarini rivojlantirishda katta masofani bosib o‘tdi. Janubiy Koreya tarixi 1945 yil yozi oxirida tuzilgan Koreya yarim orolidagi ta'sir doiralarining taqsimlanishi to‘g‘risidagi sovet-amerika kelishuvidan boshlanadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin