Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


bahsni hal etishning sudgacha (e'tiroz) tartibiga rioya etish to‘g‘risidagi yo‘l-yo‘riq (O‘zbekiston Respublikasi XPK 6- m., 2- q.)



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə95/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   138
Адвакатлар дарслик

bahsni hal etishning sudgacha (e'tiroz) tartibiga rioya etish to‘g‘risidagi yo‘l-yo‘riq (O‘zbekiston Respublikasi XPK 6- m., 2- q.);

  • tomonlarning shartnomaviy biror sudga oidlikning belgilanishi masalasi (O‘zbekiston Respublikasi XPK 32- m.);

  • O‘zbekiston Respublikasi FK 246-m.ga muvofiq, shartnomani ijro etish joyi, chunki da'vogarning O‘zbekiston Respublikasi XPK 28- m., 4- q. ga muvofiq shartnomaning ijro etilishi joyi bo‘yicha tanlashi yuzasidan sudga oidlik shunga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

    Shartnoma shartlarini tuzib chiqishda adqokat quyidagi tamoyildan kelib chiqshi lozim: savodli tuzilgan, yetarli huquqiy sifat talablariga javob beruvchi shartnoma ko‘p hollarda advokat mijozi manfaatlariga salmoqli zarar keltirishi mumkin bo‘lgan mojaroli vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olishi mumkin. bunday shartnoma hatto hal etilishi sudgacha borgan bahsli vaziyat yuzaga kelganda ham, advokat mijozlarining huquqiy himoyasi poydevori bo‘lib ixzmat qiladi. Birinchi navbatda bu shartnoma matnidagi uning asosiy shartlarini aniqlashda ishlatilgan iboralarning aniq va tushunarli bo‘lishiga bog‘liqdir. Shartnoma tomonlarning irodalarini ikki xil talqin qilinishga va ikki xil qo‘llanilishiga yo‘l qo‘ymadigan nuqtai nazardan ifodalashi lozim.
    Advokatning ishidagi murakkab omillardan biri, umuminsoni ma'naviyat va axloq nuqtai nazaridan, tomonlar jaovbgarligining tengligi va teng ahamiyatli ekanligi tamoyiliga rioya etish sanaladi. Biroq, professional mavqye advokatdan o‘z mijozi manfaatlarining ustuvorligini, lekin vijdoniylik va oqillik doirasida, ta'minlashni talab qiladi. Bu borada haddan oshish, muayyan holatlarda, advokat mijozi manfaatlariga zarar keltirishi mumkin. joriy ishlarni bajarishda bir muhim jihatni qayd etish kerak: mijoz bilan ishlashda advokatda muhim va ikkinchi darajali ahamiyatga ega ishlar bo‘lmaydi, ba'zi ishlarga jiddu jahd bilan kirishish, boshqa topshiriqlarni “qo‘l uchida” bajarish mumkin emas. Mijozning har bir topshirig‘i, uning murakkabligidan qat'i nazar, advokat uchun eng muhim ish bo‘lishi lozim. Mijozning har bir topshirig‘ini bajarish advokatdan uning samaradorligini taminlash uchun intellektual va irodaviy resurslarini maksimal ravishda jamlashni talab qiladi.

    Yüklə 0,7 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   138




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin