Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Ma'muriy qamoq ko‘rinishida ma'muriy jazo tayinlagan sudyaning qarori ustidan shikoyat yuqori turuvchi sudga shikoyat olingan kunda yuborilishi shart



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə114/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   138
Адвакатлар дарслик

Ma'muriy qamoq ko‘rinishida ma'muriy jazo tayinlagan sudyaning qarori ustidan shikoyat yuqori turuvchi sudga shikoyat olingan kunda yuborilishi shart.
Shikoyat bevosita uni ko‘rib chiqish vakolatiga ega sudga, yuqori turuvchi organga, yuqori turuvchi mansabdor shaxsga taqdim etilishi mumkin.
Agar ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan shikoyat taqdim qilingan sudya, mansabor shaxs shikoyatni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lmasa, shikoyat idoraga mansublik bo‘yicha 3 sutka ichida ko‘rib chiqishga yuboriladi.
Qonunda ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha shikoyat topshirish muddati belgilangan. Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan shikoyat qaror nusxasi berilgan yoki olingan kundan keyin 10 sutka ichida topshirilishi mumkin.
Agar biror sabablarga ko‘ra muddat o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, u shikoyatni taqdim etuvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra, sudya yoki ikoyatni ko‘rib chiqish huquqiga ega mansabdor shaxs tomonidan tiklanishi mumkin. Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan shikoyat muddatini tinglash to‘g‘risidagi iltimosnomani rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan shikoyat u barcha ishga oid materiallar bilan sudga, shikoyatni ko‘rib chiqish vakolatiga ega organga, mansabdor shaxsga kelib tushganidan keyin o‘n kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
Ma'muriy qamoq to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat, agar ma'muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ma'muriy qamoq jazosini o‘tayotgan bo‘lsa, u topshirilgan vaqtdan boshlab bir sutka ichida ko‘rib chiqilishi kerak.
Qonunchilikda belgilanganki, shikoyat bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

  1. qarorni o‘zgartirishsiz, shikoyatni qondirishsiz qoldirish to‘g‘risida;

  2. qarorni o‘zgartirish to‘g‘risida, agar bunda ma'muriy jazo kuchaytirlmasa yoki boshqa shaklda qaror chiqarilgan shaxsning holati yomonlashmasa;

  3. ishning ahamiyatsiz ekanligi yoki avvalda, ish bo‘yicha yurituv qaysi sabablarga ko‘ra to‘xtatilishi yoki umuman boshlanmasligi mumkinligi tushuntirilganda qayd etilgan holatlarda, shuningdek, qaror qabul qilinishiga asos bo‘lgan holatlarning isbotlanmaganligida, qarorni bekor qilish va ish bo‘yicha yurituvni to‘xtatish to‘g‘risida;

  4. qarorni bekor qilish to‘g‘risida va ishni qayta ko‘rib chiqish uchun sudyaga, ishni ko‘rib chiqish vakolatiga ega organga, mansabdor shaxsga qaytarilishi to‘g‘risida, protsessual talablar sezilarli buzilgan taqdirda, agar bu ishni har tomonlama, to‘liq va xolis ko‘rib chiqish imkonini bermasa, shuningdek jabrlanuvchi tomonidan qo‘llanilgan ma'muriy javobgarlik jazosiinng yumshoqligi ustidan shiokyat taqdim etilgan bo‘lsa, ma'muriy jazoni og‘irrog‘i tayinlanishiga olib keluvchi ma'muriy jazo to‘g‘risidagi qonun qo‘llanilishi zaruriyati tug‘ilganda yuborish to‘g‘risida;

  5. agar shikoyat ko‘rib chiqilishida qaror bunga vakolati bo‘lmagan sudya, organ, mansabdor shaxs tomonidan chiqarilganligi aniqlanganda, qarorni bekor qilish va ishni idoraga mansubligiga ko‘ra ko‘rib chiqishga yuborish to‘g‘risida.

NAZORAT SAVOLLARI:


  1. Yüklə 0,7 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin