Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Ikkinchi bosqich (1996-2007 yy.)



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə22/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   138
Адвакатлар дарслик

Ikkinchi bosqich (1996-2007 yy.)
Fuqarolarning malakali yuridik yordam olishlari - ularning konstitutsiyaviy huquqidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 116- moddasida belgilab qo‘yilgan professional yuridik yordam olish huquqini ilm olamida adolatli sudlovning asosini tashkil qiluvchi tamoyillardan biri sifatida ko‘rish qabul qilingan. Malakali yordam olish huquqi fuqaro huquqiy maqomining ham uzviy elementi sanaladi, u nafaqat milliy, balki xalqaro huquq bilan ham kafolatlanadi.
Advokatura to‘g‘risidagi qonunchilikning shakllanishi 1996 yilda “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi bilan boshlandi (1996 yil 27 dekabr).
1998 yil dekabrda “Advokatlik faoliyati kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinadi.
Mazkur me'yoriy-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasidagi advokatura institutini tashkil etishning huquqiy asoslarini, advokatlar faoliyatining tamoyillarini, advokatlik tuzilmalarining tashkiliy-huquqiy shakllarini belgilab berdi, advokatning huquqiy maqoimini, ya'ni advokatning huquq va majburiyatini, advokatlarning javobgarligini, ijtimoiy kafolatlarni belgiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual, Jinoiy-protsessual va Xo‘jalik-protsessual kodekslari me'yorlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi qabul qilgan qarorlarga muvofiq, advokatura fuqarolar va yuridik shaxslar, jamiyat va davlat huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish bo‘yicha yetarlicha ahamiyatli institut bo‘lib shakllanganligiga e'tibor qaratish lozim.
Uchinchi bosqich (2008 y.- hozirgi vaqt)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 1 maydagi PF-3993-sonli “O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish to‘g‘risida”gi Farmoni28 bilan mamlakatda advokaturani isloh qilishning yangi bosqichiga qadam qo‘yildi.
Chunonchi, ushbu farmonga muvofiq, sud-huquq tizimini yanada liberallashtirish, fuqarolarning sud ishining istalgan bosqichida professional yuridik yordam olish huquqini mustahkamlovchi konstitutsiya me'yorlarini amalga oshirish, advokaturaning tashkiliy mustaqilligini ta'minlash, uni yuqori malakali kadrlar bilan butlash, advokatlar mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish, advokatlik professiyasi obro‘sini va sha'nini oshirish maqsadida, bir qator tashkiliy-huquqiy choralar qabul qilindi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin