Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə55/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   138
Адвакатлар дарслик

§ 5. Advokatlik siri
Advokatlik siriga rioya etish Qadimgi Rimdayoq mavjud edi. Chunonchi, ko‘zga ko‘ringan yurist Fransua Eten Mollo «Regles de la profession d’avocat» kitobida ta'kidlaydiki, ishonilgan sirlarni qat'iy saqlash o‘sha paytlarda advokatura faoliyatining asosiy sharti bo‘lgan. “Advokat, - deydi metr Mrollo, - fuqarolarga ularning mulklari, obro‘si va hayotini himoyalash uchun kerak. qonun va davlat uni ushbu oliy mavqyega tayinlaydi. Lekin uni munosib ravishda bajarish uchun, unga avvalo mijozning ishonchi kerak; sir saqlanishiga aminlik bo‘lmagan joyda ishonch bo‘lmaydi”.43
Advokat yuridik yordam ko‘rsatilishi munosabati bilan ishonch bildiruvchi tomonidan unga ma'lum qilingan har qanday ma'lumotlarni ishonch bildiruvchining roziligisiz e'lon qilish huquqiga ega emas. Advokatning bu eng muhim majburiyatialohida e'tiborni talab qiladi. Advokat advokatga murojaat qilinganlikning o‘zidan, shuningdek advokat tomonidan o‘z mijozlariga yuridik yordam ko‘rsatilishi bilan bog‘liq boshqa barcha ma'lumotlarni qamrab oluvchi advokatlik siriga qat'iy rioya qilishi kerak. shu munosabat bilan advokat unga yuridik yordam so‘rab murojaat qilinishi yoki bu yordam ko‘rsatilishi tufayli unga ma'lum bo‘lgan holatlar to‘g‘risida guvoh sifatida chaqirilishi va so‘roq qilinishi mumkin emas.
Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun 6- moddasiga ko’ra, advokatning telefondagi va boshqa muzokaralarini tinglash, yuridik yordam ko‘rsatiladigan xonani tekshiruvdan o‘tkazish, advokatlik siri saqlanishini xavfs ostiga qo‘yuvchi boshqa turdagi tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish, agar tegishli prokurorning sankziyasi bo‘lmasa, taqiqlanadi. Ish bo‘yicha advokat dosesi sanalmaydigan materiallar va hujjatlar faqat sud qaroriga muvofiq tekshirish va ko‘zdan kechirish, olib qo‘yish va tortib olinishi mumkin.
Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun 10- moddasidagi advokatning guvoh sifatida chaqirilishi va so‘roq qilinishi mumkin emasligining ko‘rsatib o‘tilganligi davlat tomonidan belgilangan advokatlik faoliyati kafolati va advokatlik sinning ta'minlanishiga bevosita aloqadordir. Mazkur qioidada advokatning advokatlik sirini ta'minlash bo‘yicha kasbiy huquqi emas, balki davlatning advokatlik faoliyati mustaqilligining davlat kafolatini ta'minlash bo‘yia davlatning majburiyati bayon etilgan.
Advokat (himoyachi)ning protsessual funksiyasi bilan o‘sha ishning o‘z bo‘yicha guvohlik ko‘rsatmasi berish majburiyatini birga olib borish ilojsizligidan kelib chiqadi. Ushbu me'yor JPK talablari bilan bog‘liq, unga ko‘ra quyidagilar guvoh sifatida so‘roqqa chaqirilishi mumkin emas: gumonlanuvchi, ayblanuvchining himoyachisi - jinoiy ish yuritilishida qatnashganligi tufayli unga ma'lum bo‘lgan holatlar to‘g‘risida; advokat - yuridik yordam ko‘rsatishi munosabati bilan unga ma'lum bo‘lgan holatlar to‘g‘risida. Bu me'yorlarning amalga oshirilishi ishonch bildiruvchining advokatga u tomonidan o‘zining kasbiy funksiyalari bajarilishi munosabati bilan ishonib topshirilgan ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlashga yo‘naltirilgan.
Advokat himoyani amalga oshirishi tufayli ham, boshqa yuridik yordam ko‘rsatilishi davomida ham unga aytilgan ma'lumotlarni fosh etishga haqli emas. E'tibor qaratish kerakki, ba'zi holatlar advokatga unga muayyan shaxs yordam so‘rab murojaat qilganidayoq, yuridik yordam so‘rab murojaat qilinmasidan oldinoq ma'lum bo‘ladi. Bunday holatlar ham advokatlik siriga kiradi.
Advokatni unga kasbiy faoliyati munosabati bilan ma'lum bo‘lgan yoki ishonib bildirilgan holatlar va ma'lumotlar to‘g‘risida guvohlik berish majburiyatidan ozod etilishi har bir fuqaroning shaxsiy hayoti va oilaviy sirining daxlsizligi, o‘z obro‘si, sha'nini himoya qilish huquqini ta'minlashga xizmat qiladi va shaxs tomonidan o‘z himoyasi uchun faqat advokatga sir sifatida ishonib bildirilgan axborot ushbu shaxsning irodasiga qarshi boshqa maqsadlarda, jumladan uning o‘ziga qarshi guvohlik sifatida ishlatilmasligining kafolati bo‘ladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin