Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Advokatlik amaliyotida bu nutq tuzilishining muayyan standarti ishlab chiqilgan, u quyidagi tarkiyuiy qismlardan iborat: kirish



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə61/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   138
Адвакатлар дарслик

Advokatlik amaliyotida bu nutq tuzilishining muayyan standarti ishlab chiqilgan, u quyidagi tarkiyuiy qismlardan iborat: kirish;
ishning amaliy holatlari tahlili;
himoya qilinayotgan shaxsga nisbatan e'lon qilingan ayblov yuridik tasnifi tahlili (sodir etilgan qilmishni huquqiy baholash); himoya ostidagi shaxs shaxsiyati tavsifi; xulosa.
Bunda “sodir etilgan qilmishni huquqiy baholash’” bo‘limiga advkatning ish bo‘yicha mavqyeining bayoni kiritiladi, u ishning yuridik talqini va amaldagi talqinini ochib berishdan iborat bo‘ladi. Ishning yuridik talqini deganda quyidagilar tushuniladi: advokat jinoyat tarkibining qaysi elementlariga e'tiroz bildirishi lozim bo‘ladi. U himoyasi ostidagi shaxs harakatlariga yuridik tasnifning o‘z talqinini taklif etadi. Tegishli yuridik talqinni tanlashda himoyachi unda ayblanuvchi foydasiga daillar maksimal darajada taqdim etilishiga va shu bilan bir vaqtda sudlanuvchining aybdor deb topilishi oqibatini minimumga keltirilishiga intiladi.
Yuridik va amaliy talqinni uyg‘unlashtirish advokatga ish bo‘yicha o‘zining mavqyeini sud e'tiboriga samarali yetkazish imkonini beradi. Ishonchli amaliy talqin mantiqiy, sodda, voqyeiy, yuridik talqinga muvofiq bo‘lishi kerak.
Nutqning kirish qismi keyinchalik materialning bayoni rivojlanishi uchun o‘zakni tashkil etadi. Bir holatda u ishning ijtimoiy-siyosiy ahamiyatini baholashdan boshlanishi mumkin, boshqa holatda - o‘ziga xos jihatlarga ishora qilishdan, uchinchi holatda - himoyachining mavqyeini asoslashning umumiy jihatlarini bayon etishdan, to‘rtinchi holatda - prokurorga ish bo‘yicha uning mavqyei yuzasidan raddiya bildirishdan, beshinchi holatda - sudlanuvchi shaxsi tavsifi yoki xususiyatlaridan boshlanishi mumkin. har qanday holatda nutqning bu qismi katta bo‘lmasligi kerak.
Ish holatlarini va sudda ko‘rilgan dalillarni baholash bo‘yicha himoyaning mavqyeini bayon etish eng mas'uliyatli qism sanaladi. Qoidaga ko‘ra, bunday baholashda ularni tanqidiy tahlil etish mavjud bo‘ladi, qonunga, ayblov mavqyeiga qarshi topilgan raddiyalar va olingan oqlovchi dalillar asosidagi o‘z fikr- mulohazalari bildiriladi.
Nutqning boshqa mazmuniy qismlari katta murakkablik tug‘dirmaydi va ularni muayyan material bilan to‘ldirish sud tergovi davomida olingan, ish bo‘yicha dalillar bazasini tashkil qiluvchi ma'lumotlarga bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin