Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


§11. Nutqning maqsadga yo ‘nalganligi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə63/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   138
Адвакатлар дарслик

§11. Nutqning maqsadga yo ‘nalganligi
Advokatning himoya nutqi yetarlicha mustaqil xarakterga ega bo‘ladi. Unda advokat ishning barcha holatlarini sudlanuvchi himoyasi nuqtai nazaridan batafsil tahlil qilishi, uning foydasiga so‘laydigan barcha ma'lumotlarni keltirishi lozim bo‘ladi. Guruhga doir ishda qatnashayotganida himoyachi o‘z nutqini, takrorlar bo‘lmasligi uchun, kim nimani aytishini belgilab olish uchun, hamkasblari nutqlari bilan muvofiqlashtirishi kerak.
Biroq, himoya nutqini qurishda biror-bir standart mumkin emasligi, himoya nutqi javob berishi kerak bo‘lgan hyech qanday umumiy talablar yo‘q, degani emas. Uning mazmuni va tuzilmasi erkin bo‘lishi mumkin emas. Ular ishda advokatga yuklatilgan vazifalarga va u chiqish qilayotgan ishning muayyan xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Ishning aniq holatlaridan kelib chiqib, advokat:

  1. sudlanuvchi harakatlarida jinoyat tarkibi yo‘qligi, jinoyat hodisasining o‘zi bo‘lmaganligi yoki unga sudlanuvchining aloqasi yo‘qligi tufayli uning aybsiz ekanligini isbotlab, ayblovga butunlay e'tiroz bildirishi;

  2. ayblovning ba'zi qismlariga e'tiroz bildirishi;

  3. e'lon qilingan ayblovni yumshoqroq jazoni nazarda tutuvchi JK moddasiga o‘zgartirish kerakligini isbotlab, tasnifning to‘g‘riligiga e'tiroz bildirishi;

  4. sudlanuvchi aybini yumshatuvchi holatlarni keltirib, uning aybdorligi va javobgarligining pastroq darajada ekanligini asoslashi;

  5. sudlanuvchining jinoiy javobgarlik yuzaga kelmaydigan shuursizligini isbotlashi mumkin. bularning barida himoyachi faktlarni keltirishi, u yoki bu qoidalarni ta'kidlashi va dalillar shubhali ekanligi haqida gapiribgina qolmasligi lozim. Bularning barchasini advokat aniq dalillar bilan mustahkamlashi, ishning aniq holatlarini keltirishi kerak.

Advokat nutqi faqat u to‘liqligicha va to‘g‘ri shaklda sudya tomonidan qabul qilinsa va nutqning mazmuni sudyalami keltirilgan fikr-mulohazalarning haqiqat ekanligiga ishontirsagina o‘z maqsadiga erishadi.
Himoyachining nutqi aniq bo‘lishi kerak. Noaniq, yuzaki, ishga taalluqli bo‘lmagan fikr yuritishlar nutqni og‘irlashtiradi, sudyalar tomonidan qiziqish uyg‘otmaydi, sudyalarda haqiqiy ishonch shakllanishi uchun foydali bo‘lmaydi, shu sababli uni ishonchlilikdan mahrum etadi. Nutqda ishning aniq holatlari, aniq dalillar to‘g‘risida gapirish, aniq xulosalar chiqarish kerak va h.k.
Sudga to‘g‘ri hukm chiqarishga yordam berish - himoya nutqining yakuniy maqsadi mana shunday. Himoyachi o‘z nutqiga kirishadigan vaqtga kelib, o‘zi intilayotgan va sudga taqdim etmoqchi bo‘lgan yakuniy xulosa unga to‘liq ochiq- oydin bo‘lishi kerak. Himoyachi uning nuqtai nazari sudning nuqtai nazariga aylanishiga intilishi kerak. Binobarin, u sudga faqat ishning prinsipial, yuridik asosga ega, ish materiallariga qat'iy muvofiq bo‘lgan yechimin taklif etishi mumkin.
Nutqning mazmuni sud, sud bilan birga esa himoyachi ham sud surishtiruvi davomida o‘rgangan ishlar bilan belgilanishi lozim. Sud surishtiruvi davomida himoyachi sudyalar tomonidan so‘roq qilinayotganlarga beralgan savollarni diqqat - e'tibor bilan kuzatib borishi kerak. Himoyachi sudyalarning alohida luqmalari, so‘zlarini nazardan qoldirmasligi kerak. U ish voqyealari haqida sudyalarning fikrlari qanday ekanligini bilishi va o‘z fikr-mulohazalarining mantiqiy asoslanishi bilan yo ular fikrlarini qo‘llab-quvvatlashi yoki ularni rad etishi lozim.
Mana shundan himoyachining vazifasi kelib chiqadi: sudyalar qanday fikrda ekanliklarini bilmay, bu fikrni tushunib yetish. Tushungach, qarshiliklar eshitmay, ularni o‘z dalillari bilan mustahkamlash yoki o‘zgartirish. Himoyachi o‘zi unga hyech narsa demayotgan insonni ishontirishi kerak. Himoyachi sudya undan biror bir shubhasiga e'tiroz kutayotganligini biladi; unchalik aniq bo‘lmagan, unchalik shakllanmagan fikrga tasdiq kutayotganligini biladi. Lekin sudya undan aniq nima kutayotganligini bilmaydi.
Voyaga yetmaganlar jinoyatlari bo‘yicha ishda qatnashganda, advokat sud tomonidan chiqarilgan hukm bosh maqsadga - voyaga yetmagan huquqbuzarning to‘g‘rilanishiga va qayta tarbiya etilishiga va yangi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan bo‘lishiga intilishi lozim. Guruhga oid ishlarda qatnashganda, ba'zi himoyachilar guruh ishtirokchilarining jinoyat sodir etishdagi ishtiroki darajasini qiyoslash orqali va taklif etilayotgan jazo chorasiga muvofiqligini o‘rganish orqali sudlanuvchilarning har biriga nisbatan jazo choralari to‘g‘riligini tanqidiy tahlil qilmaydilar.
Himoyachining jazo chorasi to‘g‘risidagi taklifi aniq bo‘lishi kerak, lekin bu har doim ham u muayyan jazo chorasini aytishi lozim degani emas, chunki bu nomaqbul oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu masalani hal etishda himoyachi ham muqobillikning ilojsiz ekanligini yodda saqlashi lozim bo‘ladi.
Himoya nutqining xulosasi qanday bo‘lmasin - oqlov haqida xulosami, tasnifning o‘zgartirilishi haqidami, afv qilish to‘g‘risidami - u aniq, ikkilanishlardan va ichki va nutq mazmunidan kelib chiqadigan ziddiyatlardan xoli
bo‘lishi lozim. Xulosa qanday bo‘lmasin, u butun nutqning zaruriy va yagona sintezi bo‘lishi kerak. Nutqini bir emas, ikkita xulosa bilan yakunlaydigan, qolaversa ulaming biri boshqasiga zid keladigan advokat mavqyei noto‘g‘ri sanaladi.
NAZORAT SAVOLLARI:

  1. Advokat faoliyatining axloqiy xususiyatlari. Advokatning kasbiy etikasi qoidalari.

  2. Advokatlik siri, uni to‘g‘ri tartibga solish va ahamiyati.

  3. Manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi. Advokatning manfaatlar to‘qnashuvi vaziyatidagi o‘zini tutish axloqiy qoidasi.

  4. Advokatning suddagi xatti-harakati axloqiy qoidalari

  1. vaziyat.

Qonun va advokatlik etikasi nuqtai nazaridan ba'zi advokatlarning quyidagi mazmundagi qoidasini qanday baholaysiz: “Agar qonun sizga qarshi bo‘lsa - faktlarga tayaning. Agar faktlar sizga qarshi bo‘lsa - qonunga tayaning. Agar qonun va faktlar sizga qarshi bo‘lsa - boshqa advokatlarni jon berib koying”.
Advokat ushbu qoidaga amal qilganida yoki qilmaganida insonni himoya qilish samarali bo‘ladimi?
Bu qoidada qanday manfaatlar va kategoriyalar to‘qnash keladi, unda axloqiy va huquqiy kategoriyalar almashinuvi yo‘qmi?

  1. vaziyat.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin