Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə66/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   138
Адвакатлар дарслик

§ 2. MDH mamlakatlari (Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldova, Tojikiston,
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Ozarboyjon, Gruziya)da advokatura

Bir qator MDH mamlakatlari (Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldova, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Ozarboyjon, Gruziya)ning advokatura faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarining qiyosiy-huquqiy tahlili advokaturani tashkil etishning, tartibga solinishi har bir RESPUBLIKAda o‘ziga xos, farqli xarakterga ega qiziqarli jihatlari borligiga dalolat qiladi.
Chunonchi, Rossiya va boshqa MDH mamlakatlari konstitutsiyalari asosan professional yuridik yordam olish huquqini e'lon qiladilar, lekin advokaturaning maqomi konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan Respublikalar ham bor. Masalan, Turmaniston Konstitutsiyasida keladi: “Fuqarolarga va tashkilotlarga yuridik yordamni advokatlar va boshqa shaxslar ko‘rsatadilar (TK 106- m.); Tojikiston Respublikasi Konstitutsiyasida aniq keltiriladiki, “advokatura va yuridik yordam ko‘rsatishning boshqa shakllarining tashkil etilishi va faoliyati tartibi konstitutsiyaviy qonunlar bilan belgilanadi” (92- m.).
Barcha qonunchilik hujjatlari ham “advokatlik faoliyati” tushunchasiga tavsif bermaydi.
RF 2002 yil 31 maydagi “Rossiya Federatsiyasida advokatlik faoliyati va advokatura to‘g‘risida”gi Federal qonuni (2002 yil 1 iyuldan kuchga kirgan) 3-m., 1-q.ga ko‘ra, advokatura deb davlat hokimiyati organlari va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tizimiga kirmaydigan, fuqarolik jamiyatining instituti bo‘lmish advokatlar kasbiy hamjamiyati e'tirof etiladi.
Moldova Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi qonunlarida, masalan, advokaturaning jismoniy va yuridik shaxslarga ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek adolatli sudlovdan foydalanishni ta'minlash maqsadlarida professional asosda malakali yuridik yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatilgan fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi vazifalarining tayinlanishigina belgilanadi.
Armanistonda advokatlik faoliyati qonunda taqiqlanmagan vositalar va usullar bilan yuridik yordam oluvchining manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan “huquqni muhofza qilish faoliyati turi” sifatida belgilangan.
Belorussiyada advokatlik faoliyati - bu “ushbu Qonun bilan ko‘zda tutilgan tartibda advokatlar tomonidan professional asosda jismoniy shaxslar, shu jumladan, individual tadbirkorlar, yuridik shaxslar, shuningdek davlat (keyingi

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin