Yuridik konsultatsiya notijorat tashkiloti sanaladi. Biroq, advokatlar hay'ati va advokatlik byurosidan farqli o‘laroq, u muassasa shaklida tashkil etiladi
Yuridik konsultatsiya notijorat tashkiloti sanaladi. Biroq, advokatlar hay'ati va advokatlik byurosidan farqli o‘laroq, u muassasa shaklida tashkil etiladi. Belarus Respublikasida “advokatlar advokatlik faoliyatini yuridik konsultatsiya yoki advokatlik byurosi shaklida yoxud individual tarzda amalga oshirish huquqiga egalar”. Individual advokatlik byurosi va birlashgan advokatlik byurosi kabi shakllar Moldova qonunchiligida ko‘zda tutilgan. Birlashgan advokatlik byurosi ikki yoki undan ko‘p advokatlar (byuro muassislari) tomonidan ta'sis etiladi. Advokatlar o‘z kasbiy faoliyatini mustaqil amalga oshiradilar. Birlashgan advokatlik byurosi yuridik shaxs sanaladi. Individual advokatlik byurosida bitta advokat faoliyat yuritadi (byuro muassisi). Qozog‘iston Respublikasi Qonuni advokat o‘z faoliyatini yuridik konsultatsiya orqali amalga oshirish yoki mustaqil ravishda yoxud boshqa advokatlar bilan birga advokatlik idorasini ta'sis etish, shuningdek individual ravishda yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazmay amalga oshirish huquqiga egaligini ko‘zda tutadi. Qirg‘iz Respublikasida advokat “advokatlik faoliyatini advokatlik muassasalari orqali yoki individual tadbirkorlik faoliyati sifatida amalga oshirish mumkin”. Advokatlik muassasalari yuridik shaxslar sanaladi. Advokatlik muassasasi - bu asosiy faoliyat turi yuridik yordam ko‘rsatish bo‘lgan tashkilotdir. Advokatlik muassasalari istalgan turdagi mulk va tashkiliy-huquqiy shakl asosida tuzilishi mumkin. advokatlik muassasasi muassisi istalgan yuridik va jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. advokatlik muassasasiga unda hyech bo‘lmasa bitta advokat ishlagan holatda advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi. Advokatlik muassasasi boshlig‘i faqat advokat bo‘la oladi. Barcha Respublikalarda advokatlar mehnat haqi mijozlardan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun kelib tushadigan mablag‘lar hisobidan to‘lanadi va Rossiyadan farqli ravishda, qonundagi alohida moddalar bilan tartibga solinadi. RFda advokatlik xizmatlari haqi miqdori tomonlar ixtiyoriga qarab, yuridik yordam ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi kelishuv bilan bielgilanadi, surishtiruv organlari, dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan tayinlanib jinoiy sud ishida himoyachi sifatida qatnashgan advokatning mehnati federal byudjet mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. Bepul yuridik yordam ko‘rsatilganda advokatlar “Rossiya Federatsiyasida bepul yuridik yordam to‘g‘risida”gi 2011 y. 21 noryabrdagi Federal qonunga va “Rossiya Federatsiyasi advokatura va advokatlik faoliyati to‘g‘risida”gi 2002 yil 31 maydagi Federal qonunga asoslanadilar. Ularda yuridik yordamning ushbu turini ko‘rsatish tartibi va shart-sharoiti batafsil tartibga solinadi. Tojikistonda gonorar miqdori tomonlar kelishuvi bilan belgilanadi. Kelishuv mavjud bo‘lmagan taqdirda gonorar miqdori advokatlar hay'ati rayosati tomonidan Tojikiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan yo‘riqnomaga muvofiq aniqlanadi. Qiziqarlisi shuki, “advokatlik muassasasida advokat mehnat haqi advokat va advokatlik muassasasi o‘rtasidagi mehnat kelishuvi asosida, Qirg‘iz Respublikasi Mehnat kodeksi asosida aniqlanadi. Agar advokatning o‘zi advokatlik muassasasi muassisi bo‘lsa yoki individual tadbirkorlik faoliyatini yuritsa, advokat mehnat haqi ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun to‘lov sanaladi”. Qozog‘iston Respublikasi Qonunida alohida modda shaxslarni yuridik yordam haqini to‘lashdan ozod qilishga bag‘ishlangan, “ushbu moddada ko‘zda tutilgan vaziyatlarda advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam uchun haq to‘lash, tegishlicha, advokatlar hay'ati, advokatlik idorasi hisobidan amalga oshiriladi”. Shunga o‘xshash qoidalar Turkmaniston Qonunining 7- m.da ko‘rsatilgan. “Fuqaroda mablag‘lar bo‘lmagan taqdirda, u davlat hisobidan yuridik yordam va himoya bilan ta'minlanadi. Bepul yuridik yordam va himoya ko‘rsatilishi tartibi va shartlari Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi” Boshqa Qonunlarda bu shaxsning to‘lovga layoqatsizligi va xarajatlarning davlat hisobidan qoplanishi to‘g‘risidagi umumiy ibora sifatida keladi.