Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Advokatlar o‘z ish haqlarining bir qismini advokatlar va ulaming oilalarini ijtimoiy ta'minlashga mo‘ljallangan maxsus jamg‘armaga topshiradilar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə74/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   138
Адвакатлар дарслик

Advokatlar o‘z ish haqlarining bir qismini advokatlar va ulaming oilalarini ijtimoiy ta'minlashga mo‘ljallangan maxsus jamg‘armaga topshiradilar.
§ 5. Buyuk Britaniyada advokatura
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligida advokatlik silsilasi barristerlar, solisitorlar va attorneylarga bo‘linadi.
Angliya milliy advokaturasi 1285 yilda qirol Eduard I qonunchilik akti asosida tashkil etilgan. Sud himoyachilari ikkita katta guruhga bo‘lingan: advokatlar - barristerlar (barristers) va stryapchiylar - attorneylar (attornies) va solisitorlar (sollicitors).55
Barrister (ingl. barrister, bar - sudyalarni sudlanuvchilardan ajratib turuvchi to‘siq), Angliyada advokatlarning oliy unvoni. Barristerlar, faqat qog‘ozlar va hujjatlar taqdim etish vakolatiga ega solisitorlar va attorneylardan farqli o‘laroq, ishlarni yuritadilar va sud oldida nutq so‘zlaydilar.
Barrister unvonini olish uchun oliy yuridik ma'lumotga ega bo‘lish, advokatlik korporatsiyalardan birida uch yillik tayyorlovdan o‘tish va huquqiy fanlar bo‘yicha advokatlik imtihonini topshirish zarur.
Shundan keiyngina nomzod advokatlik korporatsiyasining barrister unvonidagi a'zosi sanaladi va barcha (jumladan oliy) sudlarda chiqish qilish huquqiga ega bo‘ladi. Odatda barrister yuritishga ishlarni faqat solisitor vositachiligi orqali oladi (jinoiy ishlar bundan mustasno, ularni barristerning o‘zi qabul qiladi).
Ingliz advokatlarining barristerlar va solisitorlarga bo‘linishi, advokatura tarixi sohasining ko‘pgina mutaxassislari, jumladan inglizlarning o‘zlarining e'tiroficha, anaxronizm sanaladi, biroq advokatlik kasbidagi vorisiylik va an'analarga sodiqlik, shuningdek, yuqori turuvchi barrister advokatlik unvoniga loyiq bo‘lish kerakligi tartibni avvalgidek qoldiradi.
Advokatlarning ikkita toifasi borligi va bunga bog‘liq ish yuritishning o‘ziga xosligi ish yuritish bo‘yicha xarajatlarni ancha oshiradi. Barristerlar ingliz amaliy elitasi vakillari bo‘lib, mamlakat siyosiy hayotida sezilarli rol o‘ynaydilar. Barristerlar sirasidan odatda Bosh (yetakchi) attorney - Ingliz Tojining vakili bo‘ladigan Buyuk Britaniyadagi eng yuqori advokatlik unvoni sohibi, shuningdek oliy sudlar sudyalari tayinlanadi.
Bosh (yetakchi) attorney (General Attorney) - bu Angliyada Toj yurist- maslahatchisi va advokati, u barristerlar sirasidan tayinlanadi, Jamoatchilik palatasida vazirliklar loyihalarini himoya qilish va yuridik jihatdan izohlash uchun qatnashadi, Toj manfaatlarini barcha sudlarda ilgari suradi. Shotlandiya va Irlandiya uchun maxsus Bosh attorneylar tayinlanadi.
Solisitorlar (ingl., birlikda - solicitor) - Buyuk Britaniyada bu grafliklar va shahar-grafliklarda magistrlik sudlarida mustaqil ish yuritishga va barristerlar - yuqoriroq darajadagi advokatlar uchun materiallar tayyorlashga ixtisoslashgan advokatlar toifasi. Solisitorlar, shuningdek, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, aksiyadorlik jamiyatlarida yurist-maslahatchi funksiyasini ham bajaradilar.
Solisitorlar XIII asrdan beri mavjud. 1825 yilda ular Yuridik jamiyatga birlashganlar (Law Society).56 Solisitorlar huquqiy maqomi 1941 yildagi Solisitorlar to‘g‘risidagi akt bilan belgilangan. Mazkur unvonga nomzod 5 yil Solisitor qo‘l ostida yordamchi sifatida yoki boshqa mas'ul lavozimda (universitet diplomi mavjud bo‘lganda stajirovka 3 yilgacha qisqaradi) ishlab berishi kerak. Solisitorlikka qabul qilish Apellyasiya sudi raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Attorney (ingl. attorney) - anglosakson mamlakatlarida ishonchli vakil yoki bitim tuzilishida yoki suddan tashqari boshqa hujjat tuzilishida boshqa shaxsning uning o‘rniga va uning nomidan harakat qiluvchi vakil. Angliyada 1873 yilga qadar attorneylar deb advokatlarning eng quyi toifasiga ham aytilgan (Fransiyadagi stryapchiylarga to‘g‘ri keladi) Angliyaning Adolatli sudlovni amalga oshirish to‘g‘risidagi akt (1873 yil)ga ko‘ra, sudlarda ish yuritishga ruxsat berilgan barcha shaxslar, barristerlardan tashqari, solisitorlar deb atala boshlagan.57

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin