Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Ishda qatnashayotgan shaxslar ish muhokamasiga oid iltimosnomalar taqdim etish huquqiga egalar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə83/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   138
Адвакатлар дарслик

Ishda qatnashayotgan shaxslar ish muhokamasiga oid iltimosnomalar taqdim etish huquqiga egalar:

  • ishga oid bo‘lmagan taqdim etilgan yozma va ashyoviy dalillarni jarayondan chiqarib tashlash to‘g‘risida iltimosnoma;

  • alohida dalillarni o‘qib eshittirish (ko‘rsatish) to‘g‘risida iltimosnoma;

ishga yozma va ashyoviy dalillar, audio- yoki videoyozuvlami tirkab qo‘yish to‘g‘risida iltimosnoma.
Iltimosnomalar oqilona va asoslangan bo‘lishi, ishonch bildiruvchining ish bo‘yicha talablariga muvofiq kelishi lozim. Ular sud tomonidan ishda qatnashuvchi boqsha shaxslarning fikrlari tinglanganidan keyin hal etiladi.
Ish haqidagi ma'ruzadan keyin sud da'vogar va uning tomonidan qatnashuvchi uchinchi shaxsning, javobgar va uning tomonida qatnashuvchi uchinchi shaxsning tushuntirishlarini tinglaydi. Vakillik shakliga qarab (bir o‘zi yoki ishonch bildiruvchi bilan birga), advokat-vakil ham, yuridik ahamiyatga ega holatlarni ta'kidlab va o‘ziga ishonch bildirgan shaxsning ish bo‘yicha mavqyeini ifodalab, tushuntirish berishi mumkin. bunda ishda qatnashuvchi shaxslar bir- birlariga savollar berishlari mumkin, sudya esa ishda qatnashayotgan shaxslarga ular tushuntirish berayotganida istalgan vaqtda savol berish huquqiga ega (O‘zbekiston Respublikasi FPK 183- m.).
So‘ngra sud dalillarni o‘rganish ketma-ketligini belgilaydi va sudda ish ko‘rilishining keyingi bosqichiga o‘tadi. Dalillar o‘rganilganidan va har tomonlama baholanganidan keyin, ishda qatnashuvchi shaxslardan va ularning vakillaridan qo‘shimcha tushuntirishlar bilan chiqish istagi to‘g‘risida arizalar tushmagan taqdirda, sud taraflarning sudda so‘zga chiqishiga o‘tadi.





O‘z nutqida advokat ishonch bildiruvchi bilan kelishib olingan, ish bo‘yicha huquqiy mavqyeini bayon etishi, sud tomonidan o‘rganilgan dalillarni tahlil etishi va baholashi lozim. U, o‘z fikriga ko‘ra, ishning qaysi holatlarini isbotlangan deb hisoblash mumkinligini, qaysi holatlar o‘z tasdig‘ini topmaganligini ko‘rsatadi. Xulosa sifatida vakil tomonlarning qanday huquqiy munosabatlari to‘g‘risida so‘z borayotganligini va qaysi qonunga tayanish lozimligi haqida fikr bildiradi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin