Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


§ 8. Advokat va sud qarorlarining ijrosi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə90/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   138
Адвакатлар дарслик

§ 8. Advokat va sud qarorlarining ijrosi
Sud tomonidan da'voning qondirilishi to‘g‘risidagi qaroming chiqarilishi uning hayotga avtomatik tatbiq etilishini anglatmaydi. Noqonuniy ishdan haydalgani sababli ishga qayta tiklangan fuqaro qo‘lida sudning ijobiy qaroriga ega bo‘lishi mumkin, biroq agar korxona rahbari sud qarorini bajarishdan bosh tortsa, u amalga oshmay qolaveradi va noqonuniy ishdan bo‘shatilgan fuqaroning poymol qilingan huquq va qonuniy manfaatlari tiklanmay qolaveradi. Sud qarorlarining samaradorligi va amaliy kuchga egaligi yakuniy hisobda uning amaldagi ijrosi bilan aniqlanadi. Shu sababli shartnoma bilan sud qarorining ijrosini ta'minlash zimmasiga yuklatilgan advokatlar sud qarorining ijrosi to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshishiga katta e'tibor berishlari kerak.
Ijro ishi tomonlari undiruvchi va qarzdor sanaladi ular ijro etish jarayonida shaxsan qatnashishlari yoki ish yuritishni vakilga topshirishlari mumkin, u, ishonchnoma asosida ish ko‘rib, o‘zi vakillik qilayotgan shaxs nomidan ijro ishi bilan boshg‘liq barcha harakatlarni amalga oshirishi mumkin: ijro ishi materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish, yeusxalarini ko‘chirg, qo‘shimcha materiallar taqdim qlish, iltimosnoma taqdim qilish, ijro harakatlarini sodir etishda qatnashish, ijro ishi davomida yuzaga keluvchi barcha masalalar bo‘yicha o‘z dalil- isbot va fikr-mulohazalarini bildirish, ijro ishida qatnashuvchi boshqa shaxslar dalil-isbotlari va fikr-mulohazalariga, iltimosnomalariga e'tiroz bildirishi, rad etishlar taqdim etishi mumkin. ishonchnomada maxsus aytib o‘tilgan vakolatlar bo‘lsa, advokat quyidagi harakatlarni amalga oshirish huquqiga ham ega: ijro hujjatini taqdim etish va so‘rab olish; vakolatni boshqa shaxsga topshirish; sud ijrochisi harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish; hukm qilinan mulk (jumladan pullarni) olish.
Ijro ishida advokat vakolatlarining aniq ifodalangan variantlari quyidagichadir:
Ariza bilan sud ijrochisiga murojaat qilish: ijro hujjatini qabul qilish (ijro ishini qo‘zg‘ash) to‘g‘risida; qarzdorning mol-mulkini ro‘yxatga olish va hibsga olish to‘g‘risida; ijro etishning keyinga qoldirish yoki bo‘lib-bo‘lib o‘tkazish to‘g‘risida, shuningdek ijro usulini va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risida (ijro harakatlarini sodir etishga to‘sqinliklar mavjud bo‘lgan holatlarda);

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin