2. Zid ma’noli so’zlarni qatnashtirib gap tuzish. Bunda o’qituvchi antonim tanlab gap tuzish uchun so’z beradi, o’quvchilar berilgan so’zga antonim tanlaydilar va ularni qatnashtirib gaplar tuzadilar.
3. Berilgan gapga antonim topib qo’yish. O’qituvchi “To’g’ri odam
... so’zdan or qilur. Yosh kelsa ishga, ... kelsa oshga. Yaxshi gap -
moy, ... gap - loy. Gapni oz so’zla, ishni ... ko’zla” kabi gaplar beradi, o’quvchilar gap mazmuniga mos antonim topib, gapni o’qiydilar (yoki yozadilar).
O’quvchilar lug’atinn ma’nodosh va zid ma’noli so’zlar bilan boyitish o’z fikrini aniq, ravon va ifodali bayon etishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |