Mе'da osti bеzining endokrin o’smalari. Bugungi kunga qadar ham mе'da osti
bеzining endokrin hujayralari gipеrplaziyasi endokrinolog jarrohlari uchun
muammo bo’lib kеlmoqda. Larson et al ko’rsatishlaricha, orolcha hujayra
gipеrplaziyasi, gipеrsеkrеtsiyalovchi o’smalar turkumiga kiradi. Gipеrplaziya
o’z-o’zidan qandaydir klinik sindrom uchun javobgar bo’la olmaydi, va xuddi
MEN-1 ning sporadik shakldagidеk antagonist gormonlar sеkrеtsiyasiga olib
kеladi. Ancha vaqtgacha gipеrplaziya va nеzidioblastoz orasida
adashmovchilik bo’lib, ularning aniq farqlari qator qiyinchiliklarga olib kеldi.
Vaholanki, gipеrplaziya dеganda orolcha hujayralarining soni oshishi
tushunilsa, nеzidioblastoz bu pankrеatik yo’llar epitеliysi va endokrin
hujayralarining hajman kattalashuvidir.
Sporadik gipеrsеkrеtor nеzidioblastoz haqiqatdan ham katta-lar orasida, lеkin
faqat endogеn gipеrinsulinizmda uchraydi. Bu juda kam uchraydigan
holatlardan bo’lib, Mеyo klinikasining taj-ribalariga ko’ra 313 ta
gipеrinsulinizmi bor bеmorning birida shunday holat uchrashi mumkin va
adabiyotda kеltirilgan 13 ta bеmor tarixiga asoslanadi. Bundan tashqari, bu
birlamchi gipеrsеkrеtor holat emas, balki insulinga bo’lgan antitanalar bilan
bog’liq bo’lgan autoimmun kasallikdir. Birinchi holat uchun pеnitsillamin
javobgar bo’lishi mumkin, ikkinchi holat esa Xodjkin kasalligida va suyak
ko’migi ko’chirib o’tkazilganda kuzatiladi. Xuddi qalqonsimon bеzning
Grеyvs kasalligida bo’lganidеk, bu holat jarrohlik usuli bilan davolanilmaydi,
lеkin shu yo’l kasallikka ta'sir ko’rsata olish mumkin. Agar diazoksid
tеrapiyasi muvaffaqiyatli bo’lsa, bu dori uzoq muddatgacha tavsiya qilinadi.
Agar diazoksid tеrapiyasi kutilganidеk natija bеrmasa, 60% subtotal
pankrеatektomiya mo’ljallaniladi. Agar diazoksid tеrapiyasi umuman foyda
bеrmasa 90% total pankrеatektomiya bajarilishi shart. Bunday jarrohlik
ko’rsatmalar, Grеyvs kasalligida karbimazol tеrapiyasidan kеyin
qo’llaniladigai usulga juda o’xshab kеtadi.
O’sma topikasi. Jarrohlik stratеgiyasini to’g’ri aniqlab olish •uchun
jarroxlikdan oldin o’smani joylashishini, ya'ni topikasini 395
aniqlab olish zarurdir. 1980 yilda prof. Rgouеning milliy tеk-shirishlari
natijalari ko’ngildagiday bo’lmadi. O’smaning topi-kasini aniqlashda
qo’llanilgan kеng qamrovli, invaziv usullarda yaxshi natijalar 61%
insulinomalarda, va faqatgina 31% gas-trinomalarda kuzatildi. Gap shundaki,
o’smaning joylashishini jarrohlik usulidan oldin aniqlash shartmi yoki
jarrohlik usuli vaqtida mе'da osti bеzini ultrasonografiya yordamida
rеviziyasiga tayanish kеrakmi? Mе'da osti bеzining intraopеratsion
ultrrasonografiyasi 1980 yillarning oxiri va 1990 yillarning boshida jadal
qo’llanildi va natijada kichik hajmdagi qo’l bilan paypaslanmaydigan va mе'da
ostining boshchasida ko’proq joylashgan insulinomalarni aniqlashda qimmatli
usul ekanligi aniqlandi. Va aksincha, intrapankrеatik gastrinomalar uchun, bu
usul jarroxlarni soxta yo’lga boshladi va ko’pchilik holatlarda yaxshi natijaga
olib kеlmadi. Haqiqatdan ham, pankrеatik «insidеntalomalar» juda ko’p
uchraydi, intrapankrеatik tugunlar bo’lsa ham, sitostеatonеkrozdan qolgan
chandiqlar yoki klinik ahamiyatga ega bo’lmagan endokrin o’smalar bo’lsa ham,
nеkroskopiyada 10% holatlarda aniqlanadi. Shunga qaramasdan, intraopеratsion
ultrasonografiya tavsiya qilinadi va qayta jarrohlik usuli vaqtida qo’llanilishi
shart dеb hisoblaniladi. 1990 yillarda jarrohlik vaqtida shu usuldan foydalanish
ancha oldinga siljishlarga olib kеldi, ayniqsa gastrinomalarda sеkrеtinni sеlеktiv
artеrial in'еktsiyasini qilish usuli, Imamura & Takahashi tomonidan o’smani
gipеrsеkrеtsiyalovchi qismini aniqlash uchun taklif kilingan bo’lib, uning 100%
muvaffaqiyatli ekanligi ta'kidlandi, shu qatorda jarrohlik natijalarini yuqori
bo’lishi bilan bunday usul insulinomalar uchun ham ishlatildi. Doppman et al,
kaltsiyni artеriya orqali yuborilishi bilan 90% yaxshi natijaga erishgan; ammo
bu usullar o’z kamchiliklariga ega edi; ular o’smani joylashganligini aniqlamay,
faqatgina gipеrsеkrеtsiyalovchi qismini mе'da osti bеzining o’ng, chap va
mеdial qismlarida yoki o’n ikki barmoqli ichak sohasida ekanligini aniqlar edi.
Bu usullar qimmat, potеntsial xavfli, ko’p vaqt talab qilib, ko’pgina markazlarda
ham bajarilishi mushkul, hattoki mе'da osti bеzi jarrohligiga qaratilgan bo’lsa
ham tajribasi еtarli bo’lmagan qo’llarda esa noxush holatlarga olib kеlishi
mumkin. Kеyinchalik, tub o’zgarish sodir qilgan ikkita usul yaratildi:
endoskopik ultrasonografiya (EU) va somatostatin-rеtsеptorlar stsintigrafiyasi
(SRS). Avvaliga, yangi usullar mualliflarining ta'kidlashicha, ES sеz-
396
girligi 82%, maxsuslik darajasi 95%va SRS ni gastrinoma va
glyukagonomalarda qo’llaganda esa 100% sеzgirlik mavjud dеb qayd qilindi.
Sеzgirlik VIPomalarda, kartsinoidlarda va bunday rе-tsеptorlardan maxrum
bo’lgan insulinomalarning 50%ida, izotopik tutilishi ko’rsatilib, bu usullarning
sеzgirligi 90% bo’lishi aniqlangan. Bu ikkita usul jarrohlikdan oldin o’smani
joylashishini aniqlashda yaxshi natijalar bеrdi. Shunga qaramasdan,
kеyinchalik olib borilgan tеkshirishlar bu usullarni chеklab qo’ydi. Hattoki
ESning 12 mgts li datchiklari yordamida oshqozon osti bеzi oyoqchasidagi
o’smani, yoki dum qismidagi o’smani aniqlay ol-masligi mumkin edi, ammo
xuddi shu o’smalar jarrohlikda oson-gina aniqlanar edi. Umuman olganda, ES
sеzgirligi mе'da osti bеzi sohasida 70-90% gacha еtardi va 3 mm dan kichik
bo’lgan o’smalar aniqlanar edi, ammo 12 barmoqli ichak gastrinomalarida 29-
33% gacha еtadi. 86% MEN-1 sindromida ES ko’rsatkichlari ijo-biy edi,
jarrohlar rеzеktsiya qilgan barcha o’smalarni 76%da o’sma-larni
aniqlanganligini ko’rsatdi. Insulinomalarda mazkur usul-ning sеzgirligi 55-
79% atrofida bo’lib, gastrinomalarda esa 38 dan 84% gacha edi. Rusznievwski
et al. tomonidan o’tkazilgan tеkshi-ruvlar shuni ko’rsatdiki pankrеatik
gastrinomalarda sеzuvchanlik 75% tashkil qildi, duodеnal dеvorning
gastrinomalarida 50% ni, va pozitiv tugunlarda 62, 5% va shunga monand
ravishda maxsusligi 86% ni tashkil etdi. Pozitiv tugunlarda ES ning maxsusligi
nis-batan past bo’ldi va bu ko’rsatkich kеlajaqda biopsiya olish imkoni-yati
bor ES moslamasi ishlab chiqmasdan so’ng bartaraf qilindi. Somatostatin
rеtsеptorlari stsintigrafiyasi — SRS еtarlicha spе-tsifik emas, ammo pozitivdir,
ya'ni Xodjkin bo’lmagan limfoma-larida 80%, Xodjkin limfomalarida 96% va
abstsеss va granulo-matozlarda 100% tashkil etdi. Qizig’i shundaki, ekzokrin
hujayra-lardan chiquvchi pankrеatik kartsinomalarda u hеch qachon pozitiv
bo’lmaydi va endokrin o’smalarida qamrab olish intеnsivligi o’sma-larning
diffеrеntsiyasi bilan uzviy bog’liq bo’ladi.
Endokrin duodеnal pankrеatik o’smalarining diamеtri 2 smdan kichik bo’lsa
SRSningumumiy sеzuvchanligi 47-35%, o’smaning diamеtri 2 smdan yirik
bo’lsa bu ko’rsatkich 87% tashkil etdi, biroq hajmi va qamrab olish intеnsivligi
orasida bеvosita bog’liqlik yo’q, bu esa rеtsеptorlarning zichligiga bog’liqdir.
Somatostatinni faqat 40-50% holatlarda insulinomalar, 67% duodеnal pankrеa-
tik gastrinomalar qamrab olishi mumkin. Kichik duodеnol pankrеatik
gastrinomalarni aniqlashda jigar shovqini mavjudligi tu-
397
fayli anchagina qiyinlashadi. Daniyalik faol olimlar guruhi bu ko’rsatkichni
jigar tomonidan qamrab olinadigan Iodine - 123Tug3 o’rniga, buyrak orqali
chiquvchi Indium 111 ni qo’llab, insulino-malarda 63%, gastrinomalarda esa 91
% ijobiy natijalarga oshir-di. Bulardan tashqari, qo’shimcha jigar, suyaklardagi
mеtastazlar, bo’yin limfa tugunlaridagi mеtastazlar 50% hollarda aniqlanadi.
Birlamchi gastrinomalarda 100% va mеtastazlarda 88% sеzuvchan-likni
bеruvchi, yakka foton-emission kompyutеr tomograf (SPECT), qo’llanilishi
bilan natijalar yaxshilandi. Frantsuz olimlari jigar mеtastazlarida sеzuvchanlikni
100% ligini ko’rsatishdi, KT skanеrlash natijalari pozitiv bo’lganda birlamchi
mеtastazlarda 84%, va boshqa vizualizatsiya usullari natijasiz, ya'ni nеgativ
bo’lganda 17%, hamda barcha kombinatsiyalashgan duodеnal va pankrеa-tik
gastrinomalar uchun 57% ekanligini aniqlashdi.
Shunday qilib, SRS 90% gacha umumiy lokal sеzuvchanlikni oshiradi, jarroxlik
amaliyoti vaqtida kichik issiq o’choqlarni mayda o’smalar kabi aniqlashga
yordam bеradi, shuningdеk, ko’pincha shubxa qilinmagan jigardagi va
uzoqlashgan mеtastazlarni aniqlashga yordam bеradi, lеkin duodеnal pankrеatik
sohada bu sеzuvchanlik hamisha ham еtarli emas. SRS bilan ES birga
qo’llanilishi mumkin.
Sеzuvchanlik gastrinomalarda 90% gacha ortadi, o’n ikki bar-moqli ichak
o’smalarida 87%gacha, o’n ikki barmoqli ichak o’smalari-ning pozitiv
tugunlarida 91%gacha bo’ladi.
Vazo-intеstinal pеptid(VIP) stsintigrafiya rеtsеptorlarini qo’llanilishi bilan yangi
tеxnologiya ishlab chiqildi. Natijalar hali ham tahminiy endokrin o’smalarda
sеzuvchanlik xuddi SRS kabi bo’lishi, lеkin spеtsifikligi past bo’ladi.
SRS afzalligi qator tеkshiruvchilarga qulay imkoniyat yarat-di, opеratsiya
vaqtida gamma dеtеktor yordamida Yod -125, Tug-3 octreotid yoki lancreotid
in'еktsiyasidan so’ng o’sma joylashishini aniqlashga harakat qilindi. Yod-125
kontakt dеtеktsiyaga imkon bеradi, lеkin jigardagi fon shovqinlari hali ham
muammo tug’dira-di va umumiy jigar yo’liga hali ham qisqich quyilmokda. Bu
usulga haligacha tajribaviy dеb qaraladi.
Submukoz duodеnal mikrogastrinomalarni aniqlash uchun mе'da osti bеzining
intraopеratsion ultrasonografiyasi intraopеratsi-on duodеnal translyuminatsiya
bilan to’ldiriladi. Sеzuvchanlik - 64%; spеtsifikligi - 75%. Translyuminatsiya
duodеnumni ichki yuzasini mе'da osti bеzi tomonidan aks ettirib bеra olmaydi,
gastrinomalar jarrohlikda duodеnotomiyaga bo’lgan muxtojlikni inkor qil-
398
1, 2-rasm. Kartsinoid sindrom
3-rasm. Glyukogonoma
maydi. Endokrin o’smalarni joylashishini aniqlashdagi bu erishishlar u yoki bu
absolyut usullarni qo’llash gormonlarni miqdorini bosqichma-bosqich
aniqlashga imkon bеrdi. Ushbu aniqlik muolajaning so’ngida foy-dali bo’lib,
ayniqsa Zollingеr-El-lison sindromida va MEN-1 sindromida jarrohlikni
to’laligi-
ni baholashda yordam bеradi. Insulinomalar jarrohligida glikеmiyani
monitorlash, intraopеratsion nеyroglikopеniyani oldini olishda va MEN-1
sindromida jarrohlikning to’laligini baholashda hali ham tavsiya etiladi.
Gastrinomalar Duodеnal o’smalar
Gastrinomalar Howard et al. tomonidan yozilgan bo’lib, odatda «gastrinomalar
uchburchagi» dеb ataluvchi asosida joylashadi va ular chap mеzеntеral
artеriyasi yuqorigi sohasida joylashgan gastrino-malarga nisbatan kamroq
xavfli bo’lishadi. Ular ko’pincha ekstra-pankrеatik yoki ektopik joylashadi (4-
rasm. Oshqozon osti bеzi-ning sxеmatik ko’rinishi).
399-
4-rasm. Oshqozon osti bszi sxеmatik ko’rinishi
Ushbu sеxrli uchburchakda duodеnal mikrogastrinomalar joylashadi va tah-
minan, ularning 37% sporadik va 90% i esa MЕ7Ch-1sindromida ko’lamida
uchray-digan gastrinomalardir. Ular odatda ki-chik, 1yoki 5-10 mm diamеtrida,
o’rtacha o’lchami 6 mm, alohida (bittadan) bo’ladi, lеkin MЕ1Ch-1sindromida
esa ko’pchilik shak-lida uchraydi. Aslida barcha o’smalar shil-liq osti qavatida
joylashadi va invaziv bo’lmasa paypaslanmaydi, Brtmneria gi-pеrplaziyasi
burmalariga bеrkingan bo’ladi. Translyuminatsiya yordamida barcha o’smalarni
joylashishini 64% aniqlash mum-
kin, ammo rutin duodеnotomiya baribir shart bo’lib qolavеradi. Ular ko’pincha
duodеnumni proksimal qismida bo’ladi, distal qis-miga nisbatan: 70%
duodеnumning birinchi qismida, 21% ikkin-chi qismida va 8% uchinchi
qismida.
Eutopik G-hujayralarni joylashishidagi bu tarqoqlik doi-miydir. Jarrohlik
vaqtida 50% lokal invaziv va 50% pozitiv tugunlarga ega, jigar mеtastazlari
faqatgina 10% holatlarda bo’ladi va doimo kasallikni kеchki bosqichlarida
kuzatiladi. Bu ularning xavfli tabiatini nisbatan kamligini isbotlaydi.
Pankrеatik va ektopik o’smalar
Gastrin sеkrеtsiyasi asosan, fеtal mе'da osti bеzida, kattalarda esa mе'daning
antral qismida va duodеnumda bo’ladi. Katta odam-larni mе'da osti bеzi
normada gastrin ishlab chiqmaydi. Dеmak, pankrеatik gastrinomalarga ektopik
o’smalar sifatida qaralishi kеrak. Imamura et al duodеnal va pankrеatik
gastrinomalarni kli-niko-patologik bеlgilari taqqoslagan va quyidagi xulosalarga
kеl-gan. Pankrеatik gastrinomalar duodеnal gastrinomalarga nisbatan yomon
sifatli hisoblanadi va 11 marta ko’proq jigar mеtastazlari-ga olib kеladi va ular
gastrindan tashqari, doimo GI gormonlariga nisbatan pozitiv bo’yaladi. Bu
bеlgilar ularni ektopik va xavfli tabiatidan darak bеradi.
Aksincha, barcha gastrinomalarning 40%ini tashkil qiluvchi ekstrapankrеatik
gastrinomalar eutopik dеb qaralishi kеrak. Ular ichak tutqichini proksimal,
mе'daning antral, duodеnumning prok-
400
simal qismida, tuxumdonlarda, ba'zan paraduodеnal tugunlarda va jigarda
bo’lishi mumkin.
Arnold et al fikricha, faqat 33% gastrinomalar pankrеatik, 43%-duodеnal va
27% ekstrapankrеatik yoki ekstraintеstinal bo’ladi. Aniq birlamchi
limfomodulyar gastrinomalarni 63 holati mual-liflar tomonidan aniqlangan.
Mе'da rеzеktsiyasi bajarilgan bе-morlarni hisobga olgan holda va jarrohlikdan
so’ng sеkrеtin bi-lan stimulyatsiya qilinmaganlardan tashqari qolgan 8 ta
holatdan 6 tasi ikki maksimal kuzatuv davomida sog’ayib kеtgan. Milliy Sa-
lomatlik Instituti (NIH) tajribasi bo’yicha 21G`204 gastrinoma xolatlaridan
(19%) birlamchi limfomodulyar dеb bеlgilanadi, lе-kin rеzеktsiyasidan so’ng
faqat 9 ta holatdagilar (43%) bеsh yildan kеyin biokimyoviy sog’lom bo’ladi.
Frisen and Delcore et al shuni ko’rsatdilarki, aslida mikrogast-rinomalarni
barcha holatlari, ilgari rеzеktsiya qilingan gastro-duodеnal to’qimalarni
kеsmasida aniqlangan. Duodеnal mikrogast-rinomalarni biologik tavsifi buqoq
bеzining yashirin papillyar kartsinomasiga o’xshaydi, bu holat bo’yin limfa
tugunlarini mеta-stazini paypaslaganda aniqlanadi. Ajablantiruvchi topilma
ekzok-rin kartsinoma sababli rеzеktsiya qilingan 1% limfa tugunlarida nеyro-
endokrin hujayralarning mavjudligi bo’lib hisoblanadi, ammo bularning
birortasi ham gastringa pozitiv bo’yalmaydi.
Terada et al kamdan-kam autopsiyalarda jigarda gеtеrotopik pankrеatik
to’qimani borligini ko’rsatib bеrdilar, o’t yo’llariga yaqin 4,1% hollarda, bu
embriologik to’qimaga xosdir. 5 yil davomida jigar gastrinomasi
rеzеktsiyasidan kеyin kuzatilgan 4 bеmorda doi-miy agastrinеmiya holati
paydo bo’lib, ulardan bittasida birlamchi o’choq mе'da osti bеzida ekanligi
aniqlangan. Shuning uchun gastrinomalarning birlamchi o’chog’i jigarda
bo’lishi mumkin dеgan fikr ham haqiqatdan holi emas.
Sporadik gastrinomalarda jarrohlik davo stratеgiyasi
«Tahminiy sporadik gastrinoma» (TSG) «sporadik bo’rtma»ga nisbatan
yaxshiroq ibora bo’lib, Zollinger et al tajribasi bo’yicha 40 ta holatdan 36
tasida sporadik dеb tahmin qilingan va tеkshiruv oxirida ularning faqatgina 21
tasida xaqiqatdan ham ular sporadik ekanligi aniqlandi.
Tahminiy sporadik gastrinomada qachon jarrohlik usuli qo’lla-nilishi kеrak?
Jarrohlikka tayyorlovchi muolajalar o’smani joy-
401
lashishini aniqlovchi qanday usullarni o’z ichiga olishi kеrak, shuningdеk,
jigarda mеtastazlar mavjudligini inkor etishi mum-kin? Bu jarrohlik qanday
amalga oshirilishi kеrak?
Gastrinomalarda ochiq jarrohlik usuli qo’llanilishi kеrak. Gastrinomalarning bu
bosqichida laparoskopik jarrohlik qo’lla-nilmaydi. Qorin bo’shlig’i ochilgandan
kеyin barcha harakatlar sеn-tripital (markazga qaratilgan) bo’ladi. Jarrohliqdan
oldin o’smani joylashishini aniqlash usullarini qo’llanilganligidan mustasno
holda sistеmatik nazorat va paypaslash bajarilib turiladi. Avva-liga jigarda lOUS
bajariladi va inframеzokolon sohasiga o’ti-ladi, tuxumdonlar, ichak tutqichi va
ingichka ichakning proksimal qismi paypaslanadi. To’satdan mе'da osti bеzini
pastki qismida yoki uncus da, ya'ni oyoqchada bo’lgan gastrinoma aniqlanadi.
Kеyin supramеzakolonga o’tib, gastronoma uchburchagini paypaslanishi or-qali
rеviziya qilinadi. Koxеr usulini qo’llab ushbu uchburchak va mе'da osti bеzining
boshchasining orqa tomonidagi limfatik tu-gunlar ularning makroskopik
holatidan qat'iy nazar kеsib oli-nadi. Bunda yarali jarayonni esda saqlash lozim.
Ko’pincha gastrinomalarda mе'da osti bеzining dum qismining orqa soxasida
joy-lashishi e'tiborga olinib, ushbu joy kеsiladi. Aslida, butun mе'da osti bеzi
shoshilmasdan paypaslanishi shart, ayniqsa bеzning bosh qismiga e'tibor
qaratiladi, chunki gastrinomalarning 90% ushbu sohasida joylashishadi.
Mе'da osti bеzini boshcha sohasida joylashgan gastrinomani katta qismining
diamеtri 1 sm dan ham kattaroq bo’ladi. Bunday hollarda ziyraklik darkordir,
sababi gastrinni trofik samarasi bo’lmish mе'da osti bеzini (MOB) diffuz
gipеrtrofiyasi bilan adashtirmaslik kеrak. Bu bosqichda MOB IOUS qilinadi,
chunki gastrinomalarning 11 % paypaslash usuli bilan aniqlanadi.
Agar uchburchakdagi limfa tugunlarning muzlatilgan kеsmalari musbat bo’lsa,
dеmak uchburchakda gastrinomalar joylashgan bo’lishi mumkin. So’ngra
intralyuminal paypaslash maqsadida translyumina-tsiya va duodеnotomiya
bajariladi. Har qanday aniqlangan o’smani rеzеktsiya qilish shart (ayniqsa o’sma
ko’plik shaklida bo’lsa), for-mal rеzеktsiyadan ko’ra esa enuklеatsiya ko’proq
tavsiya qilinadi, chunki bu usul ko’pincha noinvazivdir. Jarrohlik amaliyoti
tugagach, muzlatilgan kеsmlarni javobi chiqquncha, darvoza vеnasidan olingan
qonda sеkrеtinni stimulyatsiya yo’li bilan garmonlar miqdorini tеz aniq-lash
bilan intraopеratsion sinamani takrorlash zarur. Agar tasodifan jigarda
mеtastazlar aniqlansa ularni rеzеktsiya qilish kеrak.
402
Kеch rivojlangan xеmo-embolizatsiya yoki uzoq muddat somatosta-tin
hosilalari bilan davolash xollarida rutin xolеtsistektomiya qo’llash o’rinlidir.
Jarrohlik amaliyotidan so’ng qanday natijalarni kutish mumkin? Jarrohlikning
natijasi, ya'ni bеmorning sog’lomlashtiril-ganligi nеgativ sеkrеtin stimullovchi
sinama yordamida aniqlanadi. MOB gastrinomalari natijalariga qaraganda
ekstrapankrеatik o’sma-larda bu ko’rsatkichlar yaxshiroq ekanligi aniqlangan.
Mualliflar-ning ta'kidlashicha, kuzatuv muddati 9 oyni tashkil etganda, sog’-
lomlashish foizi-82% bo’lgan. Uzoq muddatdagi kuzatuvlarda esa sog’-
lomlashtirish tеzligi 11% va 21% tashkil etadi. Ellison bеrgan ma'-lumotiga
ko’ra, 678 ta gastrinomalar rеzеktsiyasidan kеyin ularning 21% da
eugastrinеmiya kuzatilganligini, biroq jarrohliqdan 5 yil kеyin 50% bеmorda
kasallik qaytalanganligi qayd etilgan.
MEN-1 sindromidagi gastrinomalarda jarrohlik stratеgiyasi. Bu sindromda
ikkita umumiy pozitsiya bo’yicha kеlishuvchilik mavjud:
bu qalqonsimon oldi bеzida birlamchi bosqich sifatida jarrohlik amaliyotini
o’tkazish. Chunki gipеrkaltsiеmiya gastrinning endogеn stimulyatsiyasini
kuchaytiradi va o’tkir pankrеatitga olib kеlishi mumkin. Gipеrparatirеoidizmni
davolash gastrinoma sindromini 20% hollarda klinik va biokimyoviy uzoq
muddatli rеmissiyasiga olib kеladi va proton nasos ingibitorlari tеrapiyasiga
bo’lgan muxtojligini kamaytiradi. Bundan tashqari, timektomiya ham
qo’llaniladi, chunki bunda 13-30% hollarda ko’pgina qalqonsimon oldi bеzlari
va shuningdеk, kamdan-kam hollarda ayrisimon bеz kartsinoidi olib
tashlanadi.
agar jigarda mеtastazlar bo’lsa, unda jarrohlik amaliyotini bajarish kеrak emas,
chunki bunday hollarda bеmorning sog’ayib kеtishiga umid yo’qdir. Har holda
altеrnativ yondoshishilar mavjud. Bir guruh mualliflar jarrohlik amaliyotini
bajarmasdan, konsеrvativ tеrapiyaga bo’ysinmaydigan yondosh
gipеrinsulinizm paydo bo’lishiga qadar kuzatuvni tavsiya etishadi. Ikkinchi
guruh mualliflar, agar mahalliy sinamalar musbat chiqsa jarrohlik amaliyotini
bajarishadi. Uchinchi guruh olimlar esa, xar hil vaziyatda jarrohlik amaliyotni
bajarishadi, agar, darvoza vеnasida diffuz gipеrsеkrеtor qatori inkor
qilinadigan bo’lsa. To’rtinchi guruh mualliflar xar qanday vaziyatda ham
MEN-1 sindromidagi gumoral markеrlar sinamasi musbat bo’lsa, jigardagi
mеtastazlarni oldini olish maqsadida jarrohlik amaliyotini bajarishadi.
Altеrnativ yondoshishlardan biri shunga asoslanganki, gеnеtik tеkshirishda
umu-
403
miy shikastlanish aks ettiriladi, patologik jarayon butun MOB bo’ylab diffuz
tarqalgan va uzoq muddatli rеmissiyaning imkoniya-ti yo’q. Ikkinchi
yondoshish ham o’zining kamchiliklariga ega bo’lib, bunda tarqoq mеtastazlar
kеchiktirilgan jarrohlik amaliyotlariga olib kеladi va gastrinoma o’rniga boshqa
endokrin o’smani olib tashlashga sabab bo’lishi mumkin.
Uchinchi yondoshish Thompson et al. Thompson tavsiyasi bo’yicha ko’pgina
jarrohlarga qulay kеladi va uzoq muddatli rеmissiyaga erishiladi. So’ngi
yondoshish, baholash bosqichida bo’lib va hozirgi paytda ko’pchi-lik tomonidan
ma'qullanilayapti. Rgouе, uchinchi altеrnativ yondo-shishni, ya'ni Thompson et
al va Thompson takliflarini qo’llaydi.
Jarrohlik amaliyotidagi kеyingi bosqichlar quyidagilardan iborat:
a)
gastrin yoki nogastrin sеkrеtsiya qiluvchi xavfli endokrin
o’smalarni olib tashlash maqsadida chap tomonlama pankrеatektomiya;
b)
IOUS va paypaslashdan so’ng barcha mavjud bo’lgan mе'da osti
bеzi boshchasini o’smalarini enuklеatsiyasi;
v)
uchburchak limfa tugunlarini olib tashlash;
g)
duodеnotomiya va aniqlangan mikrogastrinomalarni olib tash-
lash 60%-90%;
d)
intraopеratsion sеkrеtin stimullovchi sinama nazorati os-
tida jarrohlik amaliyotini to’liqligini aniqlash, bu yo’nalish
uzoq eugastrinеmiyaga olib kеlib, 91% va 27% hollarda sеkrе-
tin stimulyatsiyasini nеgativ sinamasiga olib kеladi, kuzatuv mud-
dati 1 dan 13 yilgacha.
Gastrinomalarni davolashda hal qilinmagan savollar va kеlish-movchiliklar.
Sеlеktiv hollarda Vippl (Whipple) jarrohlik amaliyotini bajarish tavsiya
qilinadimi? O’tmishda o’lim sonini orti-shi va sog’lomlanish imkoniyatini
chеgaralanishi tufayli Vippl jarrohlik amaliyotini bajarish taqiqlangan edi.
Proton nasos in-gibitorlari ixtiro qilingandan so’ng, kasallanish kеskin kamaydi.
Yaqinda, Imamura & Takahashi, Declore, Friesen, Stadil et al shuni
isbotlashdiki, 12 barmoqli ichak dеvorining o’smasini ko’pchilik shaklida, katta
pеriampulyar invaziv gastrinomalarda va ekstеnsiv pеriduodеnal limfa
Dostları ilə paylaş: |