50-yilarda Dikkensning ta’lim sohasi va kambag'allarga yordam berish tizimidagi islohotlar bilan bog'liq ijtimoiy qarashlari shakllandi. Do‘stlariga yozgan maktublarida u kambag‘allar uchun yak- shanba maktablari ochishga erishmoqchiligi haqida yozdi, ularni ochilishini o‘zi nazorat qildi va Bulver-Litton bilan birgalikda yosh yozuvchilarga yordam berdi.
Bu davrda u o‘zining eng yaxshi, o‘ziga xos trilogiyani tashkil qilgan - “Sovuq uy”, “Mudhish zamonlar”, “Mitti Dorrit” ijtimoiy romanlarini chop ettirdi. Dikkens tirikligidayoq shuhrat cho‘qqisiga ko‘tarildi. Yozuvchi Engus Uilson u haqida: “Dikkensning abadiy merosi - romanlarining hayotbaxsh va betakror dunyosi bo‘lib, u Dostoevskiy va Dode, Gissing va Shou, Prust va Kafka kabi bir-biriga o‘xshamas yozuvchilarga ilhom baxsh etgan”, - degan edi.
Charlz Dikkensning qahramonlari na fabulasi va na muallifning niyat maqsadlariga bo‘ysunmagan holda, o‘zlarining mustaqil hayoti bilan yashaydi. Ular tarixan ham aniq — ularda davming milliy va o ‘ziga xos xususiyatlari aks etgan. Shu bilan birga ular mangu yosh, mangu yangi, umuminsoniy, barcha tomondan birdek qabul qilingan.