2-bob. DAVLAT HOKIMIYATI, DAVLAT BOSHQARUV
VA XO‘JALIK BOSHQARUV ORGANLARI
TIZIM IN IN G FAOLIYATI
2.1. Vertikal markazsizlashtirish va davlat hokimiyatining mahalliy
organlari salohiyatini mustahkamlash
Markazlashgan rejali iqtisodiyot am alda b o ‘lgan va bozor iqtisodiga o ‘tishga
kirishilgan dastlabki yillarda iqtisodiy va ijtim oiy rivojlanishga doir davlat
qarorlari o ‘ta m arkazlashgan holda qabul qilinardi. Mahalliy hokim likning
qaror qabul qilish jarayoniga ta ’sir o‘tkaza olish imkoniyati cheklangan b o ‘lib,
buning natijasida ular m arkaz qarorlarining passiv ijrochisiga aylanib qolgan
edi. M arkaziy rejalashtirishdan voz kechish davlat qarorlarining sezilarli dara
jada markazsizlashuviga olib keladi. A m m o ularning qaysilari m arkazsizlash-
tirilib, qaysilari markaziy hokimiyat q o ‘Iida qoldiriiishi kerak?
«Ijtimoiy ne\m atlar» haqidagi nazariya bulardan birini tanlashga yordam
beradi. M ahalliy ahamiyatga m olik ijtimoiy n e ’m atlar faqat ushbu hududda-
gi (viloyat, tum an) aholiga asqatadi. Bu holda mahalliy ham jam iyatlar o ‘zlari
uchun zarurroq bo'lgan tovar va xizm atlam ing xususiyati haqida va qanday
qilib uni yaxshiroq ishlab chiqarish yoki taqdim etishni yaxshiroq biladi. Bunday
afzallik ayniqsa jam oat xarakteridagi xizm atlam i
ishlab chiqishda ularning
m ahalliy ehtiyojlarga m os kelishi jihatidan qimmatli.
Biroq katta hududlarga yoki butu n m am lakatga ta ’sir etadigan loyiha-
larda m ahalliy miqyosda qabul qilingan qarorlar yetarlicha muvofiqlashm a-
ganligi tufayli samarasiz b o ‘lib chiqishi m uam m osi bor. Binobarin, bunday
qarorlar m arkazlashgan tarzda qabul qilinishi kerak. M asalan, m am lakatning
turli hududlarini bog‘lovchi avtoyo‘1 qurilishini («davlat
miqyosidagi ijtimoiy
n e ’matlar»ning oddiy misoli) markaziy hukum at idoralariga ishonib topshirish
m a’qul. A niqroq qilib aytsak, bunday jam oat tadbiri uchun «optimal ishlab
chiqarish ko‘lam i»ni aniqlab olish zarur. U ning b a ’zi bosqichlarini tu m an
darajasida, boshqalarini tum anlararo darajada (ijtimoiy va boshqa sohalar bilan
bog'liq) bajargan m a ’qul. Qolgan bosqichlar viloyat yoki bir necha viloyatlar
o ‘rtasida, pirovardida esa davlat miqyosida bajariladi.
U m um an bunday yondashuvda «davlat miqyosidagi ijtimoiy n e’matlar»ni
em as, «m ahalliy miqyosdagi ijtim oiy n e ’m atlar» (sog‘liqni saqlash, t a ’lim ,
qishloq xo'jaligi, y o ‘lovchi tashish transporti va boshqa sohalar)ni m arkaz-
sizlashtirgan m a ’qul.
B oshqacha qilib aytganda, «xo'jalik m uam m olari av-
valo m ahalliy darajada hal qilinishi lozim » degan prinsipga suyanish kerak,
37
ya’ni yuqori darajadagi institutlar quyi darajadagi institutlar bajara olm ay-
digan yoki sam arasiz bajaradigan xizm atni ko'rsatishi lozim.
H a r bir m am lakat o ‘z tarixi, xalqining m entalitetidan kelib chiqadigan
o ‘z m arkazsizlashtirish tajribasiga ega. B a’zi Yevropa davlatlari,
m asalan,
Shveytsariyada m arkazlashgan davlat kichik m ustaqil davlatlar (kantonlar)
birlashishi asosida yuzaga kelgan va shu sabab markazsizlashtirish u yerda
«pastdan yuqoriga» shaklida kechdi. Boshqa davlatlar, m asalan, Fransiya-
da davlat ham isha yuqori markazlashganligiga ko'ra ajralib turgan va m arkaz
sizlashtirish «yuqoridan pastga», ya’ni vakolatlam ing bir qism ini m arkaziy
organlardan hududiy bo'linm alarga (dekontsentratsiya) yoki m ahalliy o 'z -
o 'z in i boshqaruv organlariga berish orqali am alga oshirilgan.
H ozirgi 0 ‘zbekistonda ikki asosiy m ahalliy
boshqaruv shakli b orki,
ko ‘pincha asossiz ravishda ular bir tushuncha, deb qaraladi.
Birinchidan, joylardagi davlat hokimiyati organlari — viloyatlar, Toshkent
shahri, shuningdek, shahar va tum anlardagi vakillik va ijroiya hokim iyati
organlari. Bu organlar joylarda davlat hokim iyatini nam oyon qiladi va o ‘zidan
yuqori darajadagi davlat boshqaruvi organlari ham da ushbu h u du dd a istiqo-
m at qiluvchi aholi oldida javobgar hisoblanadi.
Ikkinchidan, fuqarolarning o ‘z - o ‘zini boshqaruv organlari — davlat
hokim lik tizim iga kirm asdan, fuqarolarning haqiqiy o ‘z - o ‘zini boshqaruv
organlari hisoblangan shaharcha fuqarolar yig‘ini, qishloq, ovul va m ahalla
yig‘ini kengashidir. Bu o ‘z - o ‘zini boshqaruv organlarining boshqaruvchi-
lari tegishli hududda istiqomat qiladigan aholi tom onidan saylanadi va bevosi
ta unga hisob beradi.
U shbu shakllarga muvofiq, m arkazsizlashtirishni ikki yoqlam a jarayon
deyish m um kin: bir to m ondan, davlat boshqaruvi
markaziy organlarining
m um kin bo'lgan funksiyalari joylardagi davlat hokim iyati organlariga beril-
sa, ikkinchi to m o n d an , mahalliy m asalalarni hal qilish fuqarolarning o 'z -
o 'z in i boshqarish organlariga topshiriladi. Bu esa shaharcha, qishloq, ovul
va m ahallalarda istiqom at qiluvchilarning kundalik tashvish va ehtiyojlari
ham d a hududning tarixiy o'ziga xosliklari, m illiy va m a’naviy qadriyatlarini
yanada t o ‘laroq hisobga olish im konini beradi.
Dostları ilə paylaş: