M avzu: raqobat



Yüklə 12,13 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü12,13 Kb.
#39047
CV


M AVZU: RAQOBAT

Aytaylik, siz “Kafolat-servis” ustaxonasining xo‘jayinisiz. Shaharchada sizning korxonangizdan tashqari yana avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi “Avtoservis” va “Avto-Usta” xususiy ustaxonalari ham faoliyat ko‘rsatadi. O‘rtangizda doimo raqobat bo‘lib, har bir korxona ko‘proq mijozlarni o‘ziga jalb qilishga harakat qiladi va mijozlarga turli xil qulayliklarni taklif etadi. Quyida keltirilgan vaziyatlarda siz o‘z mavqeyingizni saqlab qolish uchun qanday yo‘l tutgan bo‘lar edingiz? Qaroringizni asoslang. 1- vaziyat. “Avtoservis” kichik ustaxonasi mijozlarni o‘ziga jalb qilish uchun avtomobillarga xizmat ko‘rsatish haqini 10% ga tushirdi (bu holat iqtisodiyotda narxlar vositasida raqobatlashish deb ataladi). 2- vaziyat. “Avto-Usta” korxonasi mahalliy radio va televideniye orqali o‘z reklama va e’lonlarini bera boshladi. 3- vaziyat. Yaqinda shaharchada “GM-O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi yangi texnik xizma t ko ‘rsa tish shoxobchasini ochdi. Shoxobchada o‘rnatilgan yangi dastgohlar mehnat unumdorligini va ta’mirlash sifatini oshirdi, mijozlarga 6 oylik kafolatlangan xizmat ko‘rsatish joriy qilindi. FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR Resurslarning ye tishmasligi oqiba tida bozor ish tirokchilarining manfaatlari o‘zaro to‘qnashadi va ular orasida o‘zaro kurash — raqobat vujudga keladi. Ma’lumki, har bir sotuvchi ko‘proq tovar sotib, ko‘proq foyda olishdan manfaatdor bo‘ladi. Ularning bu manfaatlari bozorda to ‘qnashadi va so tuvchilar o ‘r tasida raqoba t yuzaga keladi. Ishlab chiqaruvchilar xom ashyo va boshqa resurslarni imkoni boricha arzon http:eduportal.uz 117 Raqobat — bozor ishtirokchilari manfaatlarining to‘qnashuvida



n yuzaga keladigan o‘zaro kurash. sotib olishdan manfaatdor. Ularning xaridor sifatidagi bu manfaatlari resurslar bozorida o‘zaro to‘qnashadi. Natijada, ishlab chiqaruvchilar orasida kurash— raqobat paydo bo‘ladi. Raqobat iqtisodiy faoliyatni saqlab qolish maqsadida sotuvchi va ishlab chiqaruvchilarning bor imkoniyatlarini ishga solishga, xaridorlarni jalb qilish uchun turli reklamalardan foydalanishga undaydi. Raqobat muhitining vujudga kelishi uchun quyidagi shart-sharoitlar bo‘lishi kerak: — bozorda ishlab chiqaruvchi firmalar va xaridorlarning ko‘p bo‘lishi; — firmalar muayyan bir xil tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lishi; — tovarning bozor narxiga hech qaysi firmaning ta ’sir o ‘ tkaza olmaydigan bo‘lishi; — boshqa raqobatchi firmalarning bozorga kirishi uchun hech qanaqa to‘siqlarning bo‘lmasligi. Bozordagi raqobat ma’lum qonun va qoidalar orqali tartibga solib turiladi. Ushbu maqsadda davlat maxsus qonunlar qabul qiladi, qoidalar joriy qiladi. O‘rnatilgan qonun va qoidalar asosida olib borilayotgan raqobat — sog‘lom raqobat, o‘rnatilgan qonun va qoidalarga zid olib borilayotgan raqobat esa g‘irrom raqobat deb yuritiladi. Bozorda raqobatchi o‘z raqibini yengish uchun turli usullardan foydalanadi. Narx vositasidagi raqobat raqobatchilikning eng asosiy turidir. Bunda bitta firma o‘z mahsulotiga ikkinchi firmaga nisbatan pastroq narx belgilash bilan shu mahsulotga ega boshqa firmalardan ko‘ra ko‘proq mahsulot sotishga intiladi. Narx vositasisiz raqobatda esa firma mahsulot sifatini yaxshilash, chiroyliroq qadoqlash, kuchliroq reklama qilish va shu kabi narx bilan bog‘liq bo‘lmagan vositalar orqali bozorning boshqa qatnashchilari bilan raqobatlashadi. Narx vositasida raqobatlashish — tovar narxini tushirish yoki oshirish yordamida raqo batchilarga ta’sir ko‘r sa tish. Narx vositasisiz raqobatlashish — tovar narxini o‘zgartirmasdan uning sifatini yaxshilash, reklamani kuchaytirish kabi omillar orqali raqobatchilarga ta’sir ko‘rsatish. Biror tovarning sotuvchilari xaridorlarni o‘zlariga jalb etish va ko‘proq foyda olish maqsadida o‘zaro raqobat qilishadi. Bunday raqobat, ayniqsa, tovarning taklifi miqdori unga bo‘lgan talab miqdoridan ortiq bo‘lganda http:eduportal.uz 118 Bu haqda o‘ylab ko‘ring! 1997- yilda AQSH adliya vazirligi qoshidagi antimono poliya qo‘- mitasi mash hur Mic ro soft firma sini erkin ra qobat qoi dalarini buzganlikda ayblab sudga ber di. Firma dunyoning ko‘plab mamlakatlarida qo ‘llanilgan Window s-95 ope ra t sion si s tema siga o ‘zining yangi kompyuter dasturlarini mahkam bog‘lab qo‘ydi. Vaho lanki, boshqa firma larning dasturlari ham ulardan sifat jihatdan qolishmas edi. Bu bilan Microsoft fir masi ra qo batning qaysi ta mo yi lini buz gan, deb o‘ylay siz? yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Bozorda mazkur tovardan keragidan ortiq hajmda taklif etiladi. Tovarlar peshtaxtalarda sotilmay turib qoladi. Bu hola tda so tuvchila r tova rla rning na r xini tu shi ri sh , reklamani kuchaytirish, tovar sifati, dizayni va mijozlarga savdo xizmati ko‘rsatishni yaxshilash kabi yo‘llar bilan o‘zaro raqobat qilishadi. Sotuvchilar o‘zaro raqobatlashganlarida tovar narxi tushadi. Bunday raqobatdan xaridorlar va umuman olganda, barcha iste’molchilar manfaatdor bo‘lishadi. Xaridorlar ham muayyan tovarni sotib olish uchun o‘zaro raqobat qilishadi. Bunday raqobat, ayniqsa, tovarning taklifi miqdori unga bo‘lgan talab miqdoridan kam bo‘lganda yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Bozorda tovarning kam miqdorda taklif etilishi tovar taqchilligini yuzaga keltiradi. Tovarni sotib olish uchun xaridorlar navbat kutib qoladilar. Navbatlarning paydo bo‘lishi esa xaridorlarning o‘zaro raqobatidan dalolat beradi. Bunday raqobat ta’sirida narxlar oshadi, tovar sifati tushadi, xizmat ko‘rsatish esa yomonlashadi. “Kim oshdi” savdosi — sotuvchi yoki maxsus vositachi firma tomonidan uyushtiriladigan savdo tadbiridir. “Kim oshdi” savdosida nima, qayerda, qachon, qanday boshlang‘ich narxda sotilishi xaridorlarga oldindan e’lon qilinadi. Tovarni sotib olish niyatida bo‘lgan xaridorlar auksionga qatnashish badalini to‘laganlaridan so‘ng, e’lon qilingan kuni belgilangan joyda ular ishtirokida auksion boshlanadi. Auksionchi har bir lotni, ya’ni auksionda qo‘yilgan tovar, uning miqdori va boshlang‘ich bahosini e’lon qiladi. Shundan so‘ng, xaridorlar ularga oldindan berilgan raqamlarni ko‘tarib, tovarni yuqoriroq bahoda sotib olish niyatlari borligini ovoz chiqarib aytishadi. Auksionchi har bir bahoni ovoz chiqarib uch marta aytib sanay boshlaydi. Bu paytda kimdir yana ham yuqoriroq bahoni http:eduportal.uz 119 Topshiriq O‘zingiz bilgan bozorda sotuvchilar o‘rtasidagi raqobatni kuzating va kuzatuvlaringiz natijasini sinfdoshlaringiz bilan

muhokama qiling..

Toshkent viloyati

Angren shahar XTBga qarashli

32-umumiy o’rta ta’lim maktabi

o’qituvchisi Ermatova M.Mning

8-sinf uchun

IQTISODIY BILIM ASOSLARI FANIDAN

OCHIQ DARS ISHLANMASI

MAVZU:RAQOBAT




Yüklə 12,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin