O’qituvchi:Aziz bolajonlar O’zbekiston serquyosh o’lka,o’z bilimingiz bilan buni yana bir bor isbotladingiz.O’quvchilar rag’batlantiriladi.
Q o’ng’iroq:Dars payti ruchka,qalam
Kerak bo’lar juda ham.
Shay tursa doim darslik,
“5”dan to’lar kundalik.
O’qituvchi: Aziz bolajonlar ta’tilda sizga ona diyorimizni madh etuvchi she’rlar yodlash topshirig’i berilgandi. Qani kimlar topshiriqni bajarib keldi?
O’quvchilar Akrom Malikning “Vatan madhi” she’rini yod aytadi.
1-o’quvchi:Osmonlarni dovot qilsam,
Quyosh nurin qanot qilsam.
Butun umr bayot qilsam,
Vatan madhi tugarmikan?
2-o’quvchi:Bu olamning dostoniga,
Somon yo’lin karvoniga,
Koinotning maydoniga
Vatan so’zi sig’armikan?
3-o’quvchi:Gul bargiga singib ketsam,
Tong jomiga baytlar bitsam,
So’z bisotim ming yil tutsam,
Dil murodga yetarmikan?
4-o’quvchi:Yuragimni siyoh qilsam,
Tilagimni giyoh qilsam,
So’lmaydigan bir bog’ qilsam,
Vatan xursand bo’larmikan?
III.Yangi mavzu bayoni
O’qituvchi:O’qing,uqing,olingiz ta’lim,
Siznikidir kelajak,iqbol.
Mustaqillik bayram muborak,
Aytingizlar,mustaqillik ne demak?
1-o’quvchi:Mustaqillik-yurt obodligi bilan birga ko’ngil obodligin ham hadya etdi.
2-o’quvchi:Mustaqillik-Vatanning bebaho ozodligi bilan birga qalb ozodligini berdi.
3-o’quvchi:Mustaqillik-o’zimizni,o’zligimizni anglash baxtini berdi.
4-o’quvchi:Mustaqillik-ayniqsa,bolalar va yoshlarga ozod va obod Vatanning fidoyi farzandlari bo’lishdek sharafli vazifani yukladi.
O’qituvchi:Balli ziyrak bolalar,
Epchil,chaqqon lolalar.
Qabul etdim javobingiz,
Kutar sizni sovg’angiz.
O ’quvchilar har bir to’g’ri javobi uchun rag’batlantiriladi.
Qo’ng’iroq:Aziz bolajonlar sizlar uchun mustaqilligimizning 29 yilligiga atab videorolik tayyorlab kelganman.Marhamat miriqib tomosha qiling va bilimingizni oshiring.
Videolavha namoyish etiladi.
O’quvchilar Xadicha O’ralovaning “O’zbekistonim” she’rini aytishadi.
1-o’quvchi:Boshimga soyabon o’zingsan mening,
Sajdagohim,jannatmakonim mening.
Muqaddas,yagonam,durdonam mening,
Olam ichra tanho,O’zbekistonim!
2-o’quvchi:Shuhrat-u,shavkat-u shonimsan mening,
G’ururim,orim nomusimsan mening.
Tayanchim,iqbolim,orzuyim mening,
Olam ichra tanho,O’zbekistonim!
3-o’quvchi:Obod,hur,mustaqil vatanim mening,
Gullarga burkangan chamanim mening.
Azizim,ulug’im,onamsan mening,
Olam ichra tanho,O’zbekistonim!
Dostları ilə paylaş: |