M avzu: Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik! Dars maqsadi: Ta’limiy


O’qituvchi:Aziz o’quvchilar yurtimizda nechta viloyat bor? O’quvchilar



Yüklə 2 Mb.
səhifə4/4
tarix22.10.2023
ölçüsü2 Mb.
#159750
1   2   3   4
@Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik

O’qituvchi:Aziz o’quvchilar yurtimizda nechta viloyat bor?
O’quvchilar:12 ta
Viloyatlar harfvordi” metodidan foydalanib viloyatlar topiladi.Shu o’rinda xarita bilan ham ishlanadi.Topilgan viloyatlar xaritadan ko’rsatiladi va ular haqida,muqaddas qadamjolari haqida ma’lumot beriladi.

A

S

A

R

O

A

N

J

O

N

N

A

K

O

N

T

D

I

Z

CH

A

M

A

X

A

E

R

M

I

N

V

A

B

U

M

A

N

G

U

A

O

R

Q

A

N

D

T

A

R

G

I

Y

X

A

Y

O

O

N

A

N

J

I

Z

Z

R

K

SH

F

A

O

S

I

R

D

A

E

N

T

R

G’

O’qituvchi:Vatanni sev,ardoqla,bolam,
Buyuk ne’mat erur Istiqlol.
Elni sevgan inson mukarram,
Yurt deganda kulgay baxt,iqbol!
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
O’qituvchi:Aziz bolajonlar ta’til davomida o’z xohishingiz va istagingiz asosida prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus asosida turli to’garaklarga ishtirok etdingiz.Bugungi darsimizni mustahkamlash maqsadida 5 ta tashabbus asosida ish olib boramiz.Buning uchun 5 ta guruhga bo’linib olishimiz kerak.
Guruhga bo’linish:”Baxtli tasodif” metodi
Rag’bat sifatida 5 xil rangdagi doirachalar berib chiqiladi va rang asosida 5 ta guruhga bo’linadi.


1-guruh 1-tashabbusga ta’rif beradi.
1 -tashabbus:Yoshlarning musiqa,rassomlik,adabiyot,teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish,iste’dodini yuzaga chiqarish.
Aktyor” metodi
Bunda o’quvchilar sahna ko’rinishi namoyish etadi.
Vatan-muqaddas
Muallif:Qadim zamonda bosqinchilar asir qilib olib ketganlar orasida bir odam bor ekan.U “Vatanim!Vatanim!”deya kuyina berib ko’zlari ko’rmay qolibdi.
Podsho:Olib borib tashlang qayerga bo’lsa ham!Bizga bunday ishga yaroqsizning keragi yo’q!
Muallif:Uni qo’shni yurtga eltishadi.
Mulozimlar:Mana shu yerda yur erking qo’lingda.
Sobiq asir:Bu mening Vatanim emas,bu mening Vatanim emas…….
Muallif:Boshqa joyga eltib tashlashadi.
Sobiq asir:Bu mening Vatanim emas,bu mening Vatanim emas…….
Muallif:Yana boshqa joyga eltib tashlashadi.
Sobiq asir:Bu mening Vatanim emas,bu mening Vatanim emas…….
Muallif:Oxiri uni o’z yurti-Turonzaminga eltishga majbur bo’lishibdi.
Sobiq asir:Mana bu o’z yurtim!O’z uyim-o’lan to’shagim!Tuprog’ingdan aylanay,aziz diyorim!(yig’laydi)
Mulozimlar:Axir,ko’zlaring ko’rmaydi-ku.Qanday bilding o’z vataning ekanini?
Sobiq asir:Bir zamonlar to’kilgan kindik qonimning isi kelyapti.Shundan bildim!
Muallif:Darhaqiqat,aziz ona-vatanimiz-oltin beshigimiz dunyodagi boshqa hamma mamlakatlardan serquyoshligi,zaminning naqadar unumdorligi,yer osti,yer usti boyliklarining behisobligi bilan ajralib turadi.
1-guruh a’zolari: Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!
O’qituvchi:Bizda hamma mehribon:ko’kdagi quyoshimiz,ona zaminimiz,musaffo suvli daryolarimiz,mayin shabadalar yo’llovchi qorli tog’larimiz.Mehribon ona-yu momojonlarimiz allada aziz,to’rvada mayiz qilib erkalaydilar.Zafaryor karvonimizning sarboni-yurtboshimiz esa:Biz hech kimdan kam emasmiz,uyushsak,kam bo’lmaymiz!-demoqdalar.Toki bizdan kelgusi avlodlarga ozod va obod vatan qolsin!
2 -guruh 2-tashabbusga ta’rif beradi.
2-tashabbus:Yoshlarni jismoniy chiniqtirish,ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish.
Sport va sportchi” metodi
Bunda har bir o’quvchi sport yoki sportchi nomini aytishi kerak bo’ladi.Sport turlaridan lavhalar namoyish etiladi.
3 -guruh 3-tashabbusga ta’rif beradi.
3-tashabbus:Aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish.
SMS xabar” metodi
Bunda har bir qatorga kompyuter qo’yiladi va kompyuter asosida “SMS xabar” interaktiv o’yinini o’ynashadi.To’g’ri javob bergan o’quvchilarga rag’bat berib boriladi.
4 -guruh 4-tashabbusga ta’rif beradi.
4-tashabbus:Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish,ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etish.
Shu o’rinda internet xabarlari beriladi.
Hokimning ma’naviy tuhfasi. Qashqadaryoda kitobga haykal qo‘yildi

Ikki yonli kundalik” metodi.Bunda o’quvchilar maqolning davomini topishi kerak bo’ladi.Shu o’rinda kitobxonlik,bo’sh vaqtni mazmunli o’tkazish haqida ma’lumot beriladi.












Maqollar ma’nosi ochiladi va o’quvchilar rag’batlantiriladi.


5 -guruh 5-tashabbusga ta’rif beradi.
5-tashabbus:Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash
Men kim” metodi.Bunda o’quvchilarga rasm beriladi,o’quvchilar unga ta’rif berishadi va olib borgan ishlarini aytadilar.


V.Darsni yakunlash va baholash
O’qituvchi:Sizga aytar So’zimiz ko’p va mo’l.Hamma gap ana shu ezgu So’zni topib aytishda.
Q o’ng’roq:Bu So’z-Sizlarning qalbingizga yetib borib,ma’naviyat bo’ronlarini uyg’otishini,milliy qadriyatlarni,urf-odatlarimizni yanada mustahkamlashga,ona vatanimiz tinchligini asrab-avaylashga xizmat qilishini istaymiz.
O’qituvchi:Bu So’z-ruhingizga,ongingizga yuksak,ildizi mustahkam ilm gulxanlarini yoqishni juda-juda xohlaymiz.
Qo’ng’roq:Bu So’z-Sizning komil inson bo’lib kamolga yetishish jarayonida yo’lchi yulduz bo’lishini Ollohdan so’raymiz.
O’qituvchi:Bu So’z…Aziz o’quvchilar,Sizga aytar so’zimiz serob.Bu so’zlarni eshitishda,o’qib o’rganishda va bu so’zlarga amal qilishda sizlarga eng avvalo sabr-toqat tilaymiz.
O’quvchilar rag’batlari sanaladi va g’olib o’quvchilar kitoblar bilan taqdirlanadi.
VI.Uyga vazifa: Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik! mavzusida rasm va ijodiy ish tayyorlash.

Telegramm kanal:https://t.me/ozbekistonpedagogi




Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin