Dam olish daqiqasi.
“Kapalak” qo‘shig‘i magnitofondan qo‘yib eshittiriladi. Bolalar tinglab, raqsga tushishadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Topshiriq musobaqa usulida doskada bajariladi.
Guruh o‘quvchilari kim?, nima qiladi?, nechta?, qanday? savollariga javob yozib nomni, belgini, harakatni bildirgan so‘zlar tagiga ikki, to‘lqinli, to‘g‘ri chiziqlar chizadilar.
“Nihol”
O‘qitadi, o‘qiydi, oq, sakkiz, qalam, o‘ynaydi.
“Ko‘chat”
Yozayapti, shifokor, daftar, ming, qizil, arralayapti.
“Yaproqchalar”
Ishlaydi, katta, olti, yozadi, bemor, o‘qituvchi.
“Mevalar”
Yuradi, oladi, sigir, besh, qora, to‘qqiz.
O‘quvchilar yozgan so‘zlarini o‘qiydilar va nechta so‘z yozganligiga qarab baholanadilar. Topshiriq tekshirildi va g‘olib guruh rag‘batlantiriladi.
Guruhlar gaplarni turlarga ajratish bo‘yicha bellashadilar.
Dehqon ter to‘kib mehnat qiladi.
Yo‘lda kimlarni uchratdingiz?
Laylo buvisining yoniga keldi.
Gulnora nima qilmoqchisan?
Yoz fasli juda ajoyib!
Ikki bola qayoqqa ketayapti?
Uyimizga mehmonlar kelishadi.
Eh, muzdek suvda cho‘milish qanday rohat!
Darsni yakunlash.
Guruhlarning olgan ballari hisoblanib, g‘olib guruh aniqlanadi. Darsga faol qatnashgan o‘quvchilar alohida “Rag‘bat” kartochkalari bilan taqdirlanadi.
Uyga vazifa.
Harakatni, belgini bildirgan so‘zlarni topib yozish.
MATEMATIKA III SINF
Yil davomida o‘tilgan mavzular yuzasidan umumlashtiruvchi dars ishlanmasi
Darsning mavzusi: yil davomida o‘tilganlarni takrorlash va mustahkamlash.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: yil davomida o‘tilgan mavzular: uzunlik, vaqt, massa birliklari, 1000 ichida qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish mavzularini takrorlash va umumlashtirish.
Tarbiyaviy maqsad: turmushda uchraydigan turli miqdoriy munosabarlar bilan bog‘liq holda bajariladigan ishlarda o‘lchov birliklari, nisbatlari o‘rtasidagi boglanishlarni to‘g‘ri ko‘ra bilishga o‘rgatish.
Dostları ilə paylaş: |