M. H. Ahmedov, M. R. Shermatov


Suv ilon – Natrix tesseliata Laur



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/55
tarix30.03.2022
ölçüsü1,91 Mb.
#54474
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55
fargonaning umurtqali hajvonlari

Suv ilon – Natrix tesseliata Laur. 

 

Ilonlar kenja turkumining suv ilonsimonlar oilasidan bir turi, zaharsiz. O„rta 

Osiyoda, jumladan, O„zbekistonda ham keng tarqalgan. Urg„ochi ilonlarning bo„yi 

120-130  sm  atrofida.  Erkaklari  kichikroq,  ingichkaroq,  ixcham  ko„rinishga  ega. 

Gavdasining  usti  to„q  qizg„ish,  kulrang  qizg„ish  yoki  qoramtir  bo„lib,  ustida 

shaxmat tartibida joylashgan qora hollari yoki ko„ndalang qora yo„llari bor. Qorin 

tomoni  to„rtburchakli  qora  dog„lar  bilan  koplangan  bo„lib  sariq  yoki  qizil  rangga 

ega.  Bu  ilonlarning  rangi  juda  xilma  xil.  Bular  baozi  vaqtlarda  dalalarda  uchrasa 

ham,  suv  bilan  juda 

bog„langan. 

Yaxshi 

ko„rib 


yashaydigan 

yerlari  daryo,  ko„l, 

ariq, sholipoya, hovuz 

kabi  suv  yoqalaridir. 

Farg„ona  sharoitida  bahorda  Marg„ilonsoy,  Cheksho„ra  arig„i  atroflarida  ko„p 

uchraydi. Yozning issiq kunlari oftob tushmaydigan g„aramlar, kamarlar, kalamush 

uyalarida  kunduzi  berkinib  yotib,  kechasi  faol  hayotga  o„tadi.  Kuzda  sovuq 

tushishi  bilan  suv  qirg„oqlaridagi  kamarlarda,  toshlar  ostida,  kemiruvchilar 

uyasida,  daraxt  to„nkalari  kovaklarida  yakka  yoki  20-30  ta  ilonlardan  iborat 

"to„da"  hosil  qilib  qishlaydi.  Erta  bahorda  qishki  uyqudan  turganda  lanj, 

bo„shashgan bo„lib, ko„p vaqtini havoda isinib yotish bilan o„tkazadi, apreldan faol 



 

15 


hayot  kechirishga  o„tadi.  Baqa,  qurbaqa,  it  baliq  va  baliqlar  bilan  ovqatlanadi. 

Aprel oylarida urchib, urg„ochilari iyun va iyul oylarida diametri 30-45 mm 5-15 

dona  tuxumini  toshlar  osti  yoki  kemiruvchilar  uyasiga  qo„yadi.  Avgust  oyida 

tuxumdan  chiqqan  bolasi  (12-13  sm)  bahor  va  kuzda  boshqa  ilonlar  kabi  terini 

butun tashlash bilan tulaydi. Baliqchilik xo„jaliklarida va qishloq xo„jaligaga foyda 

keltiruvchi bo„lgan baqa va qurbaqalarni qiradi, bu bilan ma‟lum zarar keltiradi. 




Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin