Sassiq popushak – Upupa epops L.
Ko„kqarg„alar turkumining popushaklar oilasiga kiradi. Sassiqpopushak tashqi
ko„rinish jihatidan boshqa qushlardan sezilarli ajralib turadi. Musicha kattaligida,
boshida popushagi bo„lib, vaqti-vaqti bilan yelpig„ichsimon yozib turadi. Patlari
qo„ng„ir yoki sarg„ich qora va oq rangda
bo„lib, o„ziga xos chipor tovlanma ko„rinishga
ega. Popushagi sariq, uchi qoramtir, tumshug„i
uzun, yoysimon qayrilgan. Sassiqpopushak
O„rta Osiyoning hamma joylarida uchraydi.
Odam yashaydigan joylarga yaqin yerlarda
hayot kechiradi. Kuz oylarida (sentyabr-
oktyabr) O„zbekistondan qishlash uchun issiq
mamlakatlarga uchib ketadi, kelib ketuvchi
qushlarga kiradi. Ba‟zi havo issiq kelgan
21
yillar qishlab ham qoladi. Bahor oylarida qaytib keladi. O„ziga xos tovush chiqarib
sayray boshlaydi. Uyalarini yaxshi himoyalangan daraxt kovaklariga, eski uylar,
toshlarning orasiga xas-cho„plardan, har xil matolardan quradi. 3 tadan 10 taga
qadar tuxum qo„yadi, 16-18 kun tuxumini erkagi va urg„ochisi navbatlashib
bosadi. Bolalarini uyasida 22-24 kun davomida urg„ochisi va erkagi boqadi.
Dostları ilə paylaş: |