Oq qanotli qizilishton – Dendrocopos leucopterus Salvad.
Qizilishtonlar turkumiga kiradi.
Chug„urchuqlardan kichikroq, qanoti
ola va dumining osti to„q qizil rangda.
Shuning uchun qizilishton nomini
olgan. Ko„kragi va oldingi tomoni
oqish, boshini usti qora, peshonasi oq.
Ensasida qizg„ich hoshiyasi bor,
chakkasi
qora-qo„ng„ir
bo„ladi.
O„zbekistonda keng tarqalgan bo„lib,
o„rmon va to„qayzorlarda, qishloq va
shahar bog„larida uchraydi. Bular
o„rmon qushlari bo„lib, tuzilishi
daraxtlarda yashashga va hasharotlar
bilan ovqatlanishga moslashgan. Daraxtlarning po„stloq va yog„och qismini teshish
uchun ularning boshlari katta, tumshuqlari to„g„ri, o„tkir, qalin shox qatlam bilan
qoplangan. Bu qushlar daraxtlarni hasharotlar va zamburug„lar bilan zararlangan
hamda chirigan yerlarini topib teshadilar. Daraxt kovaklari va po„stloqlari
orasidagi hasharotlarni tutish uchun tillari uzun, ilmoqchali, yelim modda bilan
qoplangan. Daraxtlarda o„rmalab yurish uchun oyoqlari qisqa, barmoqlari uzun,
tirnoqlari o„tkir va ikkinchi barmog„i orqa tomonga qaragan bo„ladi. Dum patlari
baquvvat, daraxtda o„rmalab yurganda unga tayanadi.
Ko„payish oylaridan boshqa vaqtlarda yakka yuradi.
Daraxtlarning ostidan o„rmalab to uchigacha ko„tarilib boradi. Tumshug„i
bilan daraxtni urib bo‟sh yerini topib, har xil hasharot va ularning lichinkalarini
olib ovqatlanadi. Mart oylaridan boshlab erkaklari tumshug„ini daraxtga qattiq urib
"childirma" chala boshlaydi, bu sayrash o„rniga o„tadi. Daraxtlarni chirigan
joylaridan kavlab uyalar yasaydi. Urg„ochilari 5-8 ta tuxum qo„yadi. Tuxumdan
jish bola chiqadi, ularni boqib uchirma qiladi. Bu qushlar daraxtlarni
zararkunandasi bo„lmish qo„ng„iz va ularning lichinkalarini yeb katta foyda
keltiradi.
Dostları ilə paylaş: |