3
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
FARG„ONA DAVLAT UNIVERSITETI
M.R.Shermatov
FARG‘ONANING UMURTQALI
HAYVONLARI
Oliy o‘quv yurtlari biologiya, biologiya o‘qitish metodikasi, ekologiya
yo‘nalishlari talabalari, magistraturaning zoologiya mutaxassisligi
magistrantlari uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanma
(To‘ldirilgan ikkinchi nashri)
Taqrizchilar:
G’.Homidov - biologiya fanlari doktori
M.Nazarov - biologiya fanlari nomzodi
Farg‘ona davlat universiteti Kengashi tomonidan
chop etishga tavsiya etilgan (2018 yil 30 noyabr, 4- sonli yig’ilish
bayonnomasi).
Farg„ona-2019
M.H.Ahmedov,
4
SO‘Z BOSHI
Farg„onaning o„simlik va hayvonot olami o„ziga xos va xilma xildir.
Farg„ona faunasida umurtqali hayvonlar alohida o„rin egallaydi. Ko„pchilik
umurtqali hayvonlar, ayniqsa, qushlar har xil zararkunandalarni qirib, bog„ va
ekinzorlarga katta foyda keltiradi. Ayrim qushlar va baliqlar ov ahamiyatiga ham
ega.
Umurtqali hayvonlarning ayrimlari (ayniqsa, kalamushlar, uy sichqonlari)
xo„jalikka katta zarar yetkazadi, turli yuqumli kasalliklarni tarqatadi.
Ta‟kidlanganlarning barchasi har bir hudud faunasini batafsil o„rganish zarurligini
taqozo etadi.
Hayvonlarni o„rganishda, eng avvalo, ular qaysi sinf va guruhga mansubligini
bilish nihoyatda zarur. Bo„lajak biolog va ekolog mutaxassislar birinchi navbatda
o„zi yashayotgan joyning o„simlik va hayvonot dunyosini bilishi va farqlay olishi
kerak. Bu o„rinda mazkur qo„llanma yordam berishi shubhasiz. Chunki unda
Farg„onada uchrovchi umurtqali hayvonlarni 48 turga (jumladan, baliqlarning 5,
suvda va quruqda yashovchilarning 2, sudralib yuruvchilarning 8, qushlarning 26
va sut emizuvchilarning 7 turi) mansub vakillarining tuzilishi va hayoti haqidagi
ma‟lumotlar muxtasar bayon etilgan. Har bir hayvonning o„zbekcha, lotincha va
ruscha nomlari berilgan, qo„llanma oxirida bu nomlar ro„yxat tarzida keltirilgan.
Ushbu ro„yxat talabalar tomonidan to„liq yod olinishi maqsadga muvofiq.
Oliy o„quv yurtlari dasturiga muvofiq hayvonlarni turlar bo„yicha amaliy
o„rganishga kam vaqt ajratilgan. Ushbu qo„llanma yordamida talabalar dala
amaliyotlari davomida va mustaqil tarzda Farg„onada uchrovchi umurtqali
hayvonlarni o„rganishlari mumkin.
Ushbu qo„llanmadan talabalardan tashqari, o„rta maktablarning biologiya fani
o„qituvchilari, o„rmon va qishloq xo„jaligi xodimlari va hayvonlar hayoti bilan
qiziquvchi har qanday kasb egalari foydalanishlari mumkin.