Turkiston fotmanchig‘i, turkiston xorom kaltakesagi – Gymnodactylus
fedstchenkoi Strauch.
Boshqa fotmanchig„lar kabi oyoqlari ajoyib tuzilgan (changalbarmoqlar ham
deyiladi). Ular devor, daraxt, jar kabi tik yerlarda, hatto oyna betida ham yura oladi
(ko„plarining
barmoqlari
ostida
yopishqoq so„rg„ichlar bor). Shuning
uchun
bularni
changalbarmoqli
kaltakesak deb aytiladi. Ulardagi tana
umurtqalarining amfitsel tuzilganligi
hozirgi kaltakesaklar ichida eng sodda
tuzilganligini
ko„rsatadi. Ko„zlarida
qovoqlar rivojlanmagan. Turkiston fotmanchig„i shahrimizda odam turadigan eski
va yangi binolarda ko„plab uchraydi. Qishlash joylari, mavsumiy faolligi, yil
aktivligi bo„z fotmanchigiga o„xshaydi. Fotmanchiqlar oilasiga kiradigan
kaltakesaklar haqida har xil afsona va uydirmalar to„qilgan. Bu kaltakesak
turlaridan O„zbekistonda odam juda jirkanadi, undan qochishga harakat qiladi.
13
Kaltakesak siydigi tegsa, odam pes bo„lib qolar emish deyishadi. Bunday gaplarni
noto„g„riligi fanda isbotlangan. Bular ham kechki hasharotlar bilan ovqatlanishi
bilan faqat foyda keltiradi xolos.
Dostları ilə paylaş: |