Cho‘l bilakuzugi, cho‘l ilonquyrug‘i – Ablefarus deserti Str.
Kaltakesaklar kenja turkumining ssinksimonlar oilasi bilakuzuklar urug„iga
kiradi. Cho„l bilakuzugining bo„yi
11-12 sm bo„lib, uning yarmidan
ko„prog„i dumiga to„g„ri keladi.
Gavdasi cho„ziq ilonga o„xshash,
oyoqlari nozik, boshi katta qalqon
tangachalari
bilan
qoplangan,
gavdasi baliqlarnikiga o„xshash silliq tangachalar bilan qoplangan gavdasi yashash
muhitiga qarab, och yoki ko„k kulrang, osti oqimtir ko„rinishga ega. Yelka
tomonida 2-3 ta, Yon tomonida bir qator to„qroq serbar, qoramtir yo„llari bo„ladi.
Ko„zlari ilonga o„xshash tiniq parda bilan
qoplangan, qovoqlari yo„q. Ular O„rta
Osiyoda juda keng tarqalgan. Farg„ona
shahrida uni dam olish bog„larida, hovli va
dala bog„larida, soy va ariqlar, ko„llar
qirg„oqlarida uchratish mumkin. Umuman,
Farg„ona vodiysida eng ko„p tarqalgan
kaltakesaklardan hisoblanadi va tuprog„i
nam yumshoq o„tlar orasida yuradi.
Qishki uyquda 4-5 ta bo„lib, tuproq ostida qishlaydi. Erta bahor qishki
uyqudan uyg„onib, kundalik hayotga o„tadi. Kuning issiq kunlarida soya-salqinda
dam oladi. Urg„ochilari 3-6 dona tuxum qo„yadi. Tuxum po„sti yumshoq -
pergament po„st bilan qoplangan. Inkubatsiya davri 1,5 oydan 2 oygacha. Bu
bilakuzuk har xil hasharotlar, ularning qurtlari, o„rgimchak va shilliqurtlar bilan
ovqatlanib foyda keltiradi.
Dostları ilə paylaş: |