Sariq ilon – Ophisaurus apus Pall.
Tangachali kaltakesaklar turkumining urchuqsimonlar oilasiga kiradi.
Gavdasi uzun ilonsimon, oldingi oyog„i yo„q, orqa oyog„ining rudiment holdagi
qoldig„i bor. Gavdasi 40-45 sm, dumi gavdaga nisbatan ikki marta uzun bo„lishi,
ko„zlarida harakatchan qovoqlari, gavdasining ikki yonida og„iz oldidan boshlanib
orqa oyog„ining rudimentigacha
davom etadigan teri burmasi
bo„lishi bilan ilonlardan farq
qiladi.
Soy, ariq va buloq bo„ylarida
yashashni
yaxshi
ko„radi.
Madaniy
landshaftlarda
ham
uchraydi, mevazor va uzumzor
bog„lar, tashlandiq dalalardagi
sug„orish kanallari qirg„oqlarida,
eski
qabristonlarda
uchratish
mumkin. Sariq ilon yumshoq tanli shoqilonlar, qirq oyoq, chigirtka va mayda
kemiruvchilar bilan ovqatlanadi. Sariq ilonni odam ko„rsa o„ldiradi, yoki ularni har
xil kasallarga dori sifatida tutadi. Lekin sariq ilon tanasidan hech qanday
shifobaxsh modda hozirgacha topilgani yo„q, bu noo„rin uydirma gaplar xolos.
Sariq ilon hasharotlar bilan ovqatlanib, faqat foyda keltiradi, uni himoya qilish
haqida tushuntirish ishlari olib borish kerak.
Dostları ilə paylaş: |