Naqshdor o‘rmalovchi chipor ilon – Elaphe dione Pall.
Suvilonsimonlar oilasining naqshdor ilonlar urug„i vakili, zaharsiz ilonlardan.
Yelka tomoni kulrang yoki kulrang-qo„ng„ir rangda bo„lib, tanasi bo„ylab to„rt
qator qo„ng„ir yo„llari bor, undan ikkitasi dumigacha davom etadi, ko„ndalang qora
chiziqli hollari bo„ladi. Bo„ynining ustida o„ziga xos naqshlari bor.
O„zbekistonning hamma joyida uchraydi. Tog„ etaklari, to„qay va dalalar, suv
qirg„oqlari, cho„l va sahrolarda
yashaydi. Suvda chaqqon suzib
baliq ham ovlaydi. Bu ilon,
asosan, mayda kemiruvchilar,
ba‟zan qushlar bilan ovqatlanadi.
Iyulda 5 dan 16 tagacha tuxum
qo„yadi. Tuxumi 5 sm gacha bo„ladi. Naqshdor o„rmalovchi chipor ilonni Farg„ona
shahrida istirohat bog„i maysalari orasida, eski daraxtlarning chirigan tomirlari
tagida, soy yoqalarida uchratish mumkin. Jahldor, uni bezovta qilsa, tishlashga
harakat qiladi. Mayda kemiruvchilarni qirish bilan foyda keltiradi.
Dostları ilə paylaş: |