Qalqontumshuq, Bo‘shilon – Ancistrodon halys Pall.
Chinqiroq ilonlar oilasining bir
urug„i bo„lib, Farg„ona atrofida zaharli
ilonlarning faqatgina shu bitta turi
uchraydi. Uzunligi 75 sm gacha. orqa
tomoni
och
yoki
to„q kulrang,
ko„ndalang qora dog„lari tanadan
dumining ustigacha davom etadi.
Tananing ikki tomonida bo„yiga
cho„zilgan xolchalardan iborat yo„li bor. Qorin tomoni oq yoki qoramtir rangga
ega. Bizdagi yashab turgan boshqa ilonlardan farqi, boshi biroz yapaloqlashgan
bo„yindan alohida ajrab turadi. Tumshug„ining ikki tomonida burun teshigi bilan
ko„zi oralig„ida chuqurcha bor. Farg„ona vodiysi atroflaridagi tog„lar va tog„
etaklarida, qabristonlarda sichqon va kalamush uyasi atrofida uchratish mumkin.
Kun botib, qorong„u tushishi bilan ovqat axtarib aktiv faoliyatga o„tadi. Bu zaharli
ilon kaltakesak, mayda kemiruvchilar, qushlar va hasharotlar bilan ovqatlanadi. U
serg„azab, johil ilonlardan emas, odam sharpasini eshitsa, ohista berkinadi, faqat
payti kelganda zaharli tishlari bilan tishlab zaharlashga intiladi. Bu ilon tishlagan
joyda va u joy atrofida shish paydo bo„ladi, sezilarli og„riq bo„lib, 5-10 kunda o„tib
ketadi. Agar ot, qo„y, mollarni o„tlab yurganida tumshuqlarini chaqib olsa, halok
etadi. Bahorda uyqudan turib, tezda urchishga harakat qiladi. Urg„ochisi sentyabr
oyida 15-20 sm gacha tirik bola tug„adi.
16
QUSHLAR SINFI
Qushlar sinfi umurtqali hayvonlarni yuqori darajada rivojlangan guruhi
bo„lib, xilma xil ekologik sharoitlarni egallagan. Bosh miya yaxshi
rivojlanganligidan qushlarning xulq-atvorlari ancha murakkablashgan. Farg„ona
shahrida o„troq va kelib-ketuvchi qushlarning 80 ga yaqin turi hisobga olingan.
Qushlar insonlarga estetik zavq berish bilan birga, daraxt, butalar va
o„tsimon o„simliklar zararkunandalarini qirish bilan katta foyda keltiradi.
Farg„ona shahrida yashovchi qushlarning biologiyasi va ekologik
xususiyatlari bilan qisqacha tanishib o„tamiz.
Dostları ilə paylaş: |