Turkiston oq laylagi – Ciconia ciconia asiatica Sev.
Turkiston oq laylagi uzunoyoqsimonlar turkumining laylaklar oilasi vakili
hisoblanadi. Yirik qushlardan, bo„yni uzun, oyog„i va tumshug„i ham uzun va qizil
rangda, qanotining birinchi darajali patlari qora, qolganlari esa oq rangda.
Oq laylaklar Shimoliy Afrika, Yevropa, Turkiya, Iroq, Eron va Kavkazda
keng tarqalgan. O„rta Osiyoda ancha keng tarqalgan qushlardan sanaladi.
O„zbekistonda Sirdaryo bilan tutashgan hududlarda ko„p
uchraydi. O„zbekistondan qishlash uchun Pokiston va
Hindistonga boradi. Qishi issiq kelgan yillarda
O„zbekistonda qishlab ham qoladi.
Laylak ancha ozayib borayotgan qushlardan
hisoblanadi.
Shuning
uchun
«O„zbekiston Qizil
kitobi»ga kiritilgan.
Fevral-mart oylarida qishlash joylaridan qaytib
kelib, xo„rozlari o„z uyalarini ta‟mirlay boshlaydi,
so„ngra makiyonlari qo„shiladi. Laylaklar monogam
qushlar hisoblanadi. Uyalarini mahallalar atrofidagi
katta daraxtlarga, elektr tarmog„i ustunlariga, minora va
tomlarga quradi. Bu jamoa qushlari, ba‟zida bitta katta daraxtda o„nlab uyalar
qurishi ham mumkin. Ko„pincha, uchta tuxum qo„yadi, tuxum bosishda xo„rozi va
makiyoni qatnashadi. Uyada jo„ja ochuvchi qushlarga kiradi. Bolalariga
navbatlashib ovqat tashiydi, bittasi doim qo„riqlaydi. Iyun-iyul oylarida bolalari
uyalaridan uchirma bo„lib chiqadi. Avgust oyidan
boshlab barcha laylaklar daydi hayot kechira
boshlaydi. Ular har xil madaniy landshaftlar, daryo,
ko„llar, kanallar atroflaridan baqalar, sudralib
yuruvchilar, hasharot va shu kabilarni tutib yeydi.
Odamlar laylaklarni muqaddas qushlar qatoriga
kiritadi. Ularning ayrim fazilatlari haqida matbuot va
jurnallarda
ko„plab yozilgan. Farg„ona shahri
markazida laylaklarning keyingi yillarda uchratish
qiyin bo„lib qoldi. Bunga shahardagi shovqinlar sabab bo„lsa kerak. Shahar
chekkasidagi yuqori vol‟tli elektr tarmoqlari ustunlarida uchratish mumkin.
|