Uy yapaloqqushi – Athene noetua L. Scop.
Yapaloqqushlar yoki tungi yirtqich qushlar
turkumiga
kiradi.
Musicha
kattaligida,
O„zbekistondagi o„troq qushlardan hisoblanadi.
Patlarning rangi qoramtir, qo„ng„ir, kulrang, sarg„ich
ranglarning aralash ko„rinishida. Qoramtir-sarg„ich
hollarda ko„p uchraydi. Qorin tomoni sarg„ish,
qoramtir yo„llari bo„ladi. Quloqli yapaloqqush
nomini olgan. Bu qush o„zi uya qurmaydi. O„z
tuxumini hakka, qarg„a, olahakka kabi qushlarning
eski uyasiga, daraxt kovaklariga qo„yadi. Aprel oyida
3-4 tadan tuxum qo„yadi. Tuxumini urg„ochisi
bosadi, bir oyda bola ochib chiqadi. Erkaklari ovqat
olib keladi, urg„ochilari uni bolalariga berib boqadi.
Yapaloq qushlarning ko„plari tunni faol o„tkazadi.
Qorong„u tushishi bilan qabriston atroflarida,
tashlandiq uylarda, bog„larda ularning o„ziga xos sayrashlarini eshitamiz.
20
Qabristonlar atrofida, haroba - tashlandiq joylardagi sichqon va kalamush kabi
kemiruvchilar ularning asosiy ozig„i bo„lib xizmat qiladi. Shuning uchun bu
qushlar juda foydali hisoblanadi. Ularni himoya qilish uchun xalq orasida
tushuntirish ishlarini olib borish kerak.
Dostları ilə paylaş: |